Moliya injiniringi mahsulotlari (moliyaviy innovatsiyalar). Moliya injiniringi –
bu yangi (innovatsion) moliyaviy vositalar va jarayonlarning loyihasini tuzish, ishlab
chiqish va ularni amalga oshirish, shuningdek moliya sohasidagi muammolarni
echishning yangicha yo’llarini izlab topishdir.
168
O’rta qiymatli yoki osiyo svoptsion (average rate swaptions or asian swaptions) .
Bunday optsion asosidagi tovar(aktivlar)ning bahosi ma’lum muddat davomida o’rta
qiymatda hisoblab boriladi. Natijada, ushbu mahsulot o’z mijozini shartnomadagi bazis
aktivlar narxlarining keskin kunlik o’zgarishlaridan himoyalaydi.
Aktivlar bilan ta’minlangan qimmatli qog’ozlar (asset backed securities) . Hozirgi
kunda aktivlar sekyuritizatsiyasiga asoslangan qimmatli qog’ozlarning ko’plab turlari
mavjud bo’lib, ularning ayrimlarini quyida keltiramiz:
Kredit derivativlari – kredit risklarini oldi-sotdi qilish orqali moliyaviy oqimlar
qayta taqsimotini ta’minlovchi bozor munosabatlari tizimidir. Kredit riskidan
himoyalanish maqsadida turli moliyaviy vositalar orqali oldi-sotdi operatsiyalarini
etakchi moliyaviy markazlarda amalga oshirilishi kredit derivativlari bozorini o’zida
namoyon etadi.
Kredit derivativlari ko’p funktsiyali moliyaviy vosita hisoblanadi. Ular quyidagi
vazifalarni bajarishadi:
-
kredit risklaridan xedjerlash;
-
risklarni deversifikatsiyalash;
-
qarz olish shartlarini yaxshilash;
-
daromadlilik darajasini oshirish;
-
obligatsiyalarni qayta guruhlash;
-
trasaktsion xarajatlarni kamaytirish
Kredit derivativlari o’zining etarlicha murakkabligi bilan 2008 yilda boshlangan
jahon moliyaviy inqirozini chuqurlashishiga hamda jadallashishiga olib kelgan asosiy
sabablardan biri bo’ldi. Fikrimizcha, kredit derivativlar bozorida inqirozni yuzaga
kelishiga asosiy sabab quyidagilardan iborat.
Birinchidan, berilgan kreditlar hajmiga nisbatan kredit derivativlar orqali tuzilgan
bitimlar hajmi bir necha barobar ortiq bo’lgan.
Ikkinchidan, ushbu bozor shaffofligining mavjud emasligi, natijada mavjud risklar
va bunday vositalar hajmini baholash imkonini yo’qligi.
Uchinchidan, kredit derivativlar bilan bog’liq operatsiyalarga juda ko’p sonli
ishtirokchilar jalb etilganligi. Ko’p bosqichli o’zaro bog’liq operatsiyalar chizmasi uning
169
ishtirokchilariga bunday moliyaviy mahsulotni to’liq anglab olish imkonini bermadi va
ularni sotib oluvchilar to’liq reyting agentliklari bahosiga ishonishga majbur bo’ldilar.