167
-
qo’shimcha komission xarajatlar va
chegirmalar;
-
asosiy svop to’lovlari bo’yicha hisob-kitoblar chastotasi, davri.
Agar svoptsion svop bitimi bo’yicha o’rniga fiksirlangan to’lovlarni olish huquqini
taqdim etsa “to’lovlarni oluvchining svoptsioni” (svoptsion put), aksincha esa, ya’ni agar
suzuvchi foiz stavkalardagi to’lovlarni olib, fiksirlangan foiz stavkalar bo’yicha
to’lovlarni amalga oshirish huquqini taqdim etsa “to’lovchining svoptsioni” (svoptsion
koll) deb yuritiladi.
Svoplar –
shartnomada belgilangan shartlar bo’yicha kelajakdagi to’lovlarni yoki
turli aktivlarni almashtirish to’g’risidagi ikki tomon o’rtasidagi kelishuv.Odatda,bu kabi
operatsiyalar bank va mijoz o’rtasida o’zlarining qarz
va kredit majburiyatlarini
almashtirish bo’yicha tuziladi.
Svoplar ko’p sonli ishtirokchilar orqali amalga oshiriladi. Bunda banklar odatda
oddiy visitachi yoki moliyaviy institut rolini bajarishadi.
Svoplarning shartlarini
standartlashuvi ularning ikkilamchi bozorini shaklanishiga olib kelgan,
xususan
valyutalar bo’yia svoplar bozori. Biroq, svoplarning ikkilamchi bozori jami bozorning
atigi 5%ni tashkil etadi.
Qimmatli qog’ozlar bo’yicha svoplar investitsiya institutlariga nafaqat o’zlarining
fond aktivlarini optimallashtirish (divertsifikatsiyalash), balki ma’lum
bir emitentning
aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi o’tkaziladigan sanada qimmatli qog’ozlar paketini
vaqtinchalik egallab turish maqsadida ham amalga oshirilishi mumkin.
Svoplarning yuzaga kelishi kompensatsion (qoplangan)
yoki parallel qarzlar
taraqqiyoti bilan bog’liq. XX asrning 60-70 yillarida mazkur operatsiyalarni
standartlashtirish boshlandi. Bu esa, 1981 yilda svop qoidalari bo’yicha standartlashgan
IBM va Jahon banki o’rtasida dastlabki valyuta bitimini tuzilishiga olib keldi. Shundan
bu kabi operatsiyalar rivojlana boshladi.
Dostları ilə paylaş: