2. -r-ar+ekan, -mas+ekan shakllari orqali. Bunda ergash gapning kesimi sifatdoshning -r-ar,-mas shakli+ekan yordamida yasalgan shakl-da kelib, bosh gapga boglanadi va bosh gapdagi olmosh egani izohlaydi: Kimki el-yurt xizmatida bolar ekan, u hech qachon yomonlik kormaydi. ("K.D.") Kimki birovning haqidan tortinmas ekan, u albatta xor boladi. ("K.D.") Kimki dilozor erur, ozi el aro xor erur. (N.)
3. -ki orqali. Bunda -ki bosh gapning kesimi bilan shakllanadi. Bu yerning shunisi yaxshiki, istagancha kasb organish mumkin. (Asq.M.) Javobingizdan shu narsa aniq boldiki, siz til-adabiyot fanini sevar ekansiz. Ikki soatdan keyin ma'lum boldiki, Qalandarov RayONOga jonab ketibdi... (A.Q.)
Bu turdagi ega ergash gaplar ma'lumki, ayonki, ravshanki, korinib turibdiki, anglashiladiki kabi kirish soz, kirish ibora korini-shidagi bir tarkibli (kopincha, egasi qollanilmaydi) gaplarni ham izohlab keladi: Ma'lumki, ota-bobolarimiz yerni ardoqlagan, nonni koziga surib e'zozlagan. (gazeta) Shunisi qiziqki, loboratoriya bir hafta davomida ishlamagan. (Asq.M.) Korinib turibdiki, shaxsiy manfaatni davlat manfaatidan ajrata olmaysiz. (Asq. M.)
4. -mi orqali. Ega ergash gap bosh gapga soroq yuklamasi -mi orqali birikadi. Bosh gap soroq gap tarzida shakllangan bolsa ham, ergash gapdagi voqeani eslatish, yodga tushirish mazmunini bildiradi: Osha esingdami, men uni qayta kurolmadim. ("S.") Esingizda bormi, yozgan xatlarimning birida sizdan hisob surayman degan edim. (A.Q.)
5. -ku orqali. Bu yuklama bilan birikkan qoshma gaplarda bosh gap mazmunan kirish gapga yaqin boladi: Konglingizga kelmasin-ku, odam har xil bolar ekan. (A.Q.)
Ega ergash gaplar bosh gap bilan qaysi grammatik vositalar orqali boglanishiga qarab turlicha orinlashadi. Fe'lning shart mayli (-sa), sifatdoshning toliqsiz fe'l bilan birikishidan hosil bolgan shakllari (-r, ar+ekan, -mas+ekan)orqali birikkanda, ergash gap birinchi, bosh gap ikkinchi orinda keladi. Biriktiruvchi vositalar ergash gap tarkibida boladi. Ergash gap bosh gapga -ki, -mi, -ku boglovchilari orqali birikkanda, bosh gap birinchi, ergash gap ikkinchi orinda keladi. Tutashtiruvchi vositalar bosh gap tarkibida boladi.
Tahlil namunasi: Kimki mehnat mashaqqatlaridan qorqmasa, u toshdan dur, tuproqdan oltin ajratadi (O.)
1) ikkita gapdan tuzilgan.
2) birinchi gap ergash, ikkinchisi bosh gap.
3) birinchi gapda kimki, ikkinchisida u nisbiy olmoshlari qolla-nilgan.
4) birinchi gap ikkinchi gapdagi ega vazifasida kelgan u olmoshini izohlagan ega ergash gap.
5) ega ergash gap bosh gapga -sa boglovchisi orqali birikkan bolib, birinchi orinda bosh gap, ikkinchi orinda, -sa boglovchisi ergash gap tarkibida kelgan.
6) chizmasi: -sa,