ERGASH GAPLARNING TASNIFI reja: 1. Ergash gaplarni turlarga ajratishdagi qiyinchiliklar.
2. Ergash gaplarni vazifaviy farqlashdagi tamoyillar.
3. Ergash gaplarning turlari.
4. Xulosa.
Ergash gaplarni tasnif qilish, vazifaviy turlarga ajratish birmuncha murakkabdir. Chunonchi, ayrim ergash gaplar tuzilishi (kesimning morfologik shakllanishi, ergashtiruvchi boglovchilar olishi kabi) jihatidan bir-biriga juda yaqin, xatto, bir xil boladi. Masalan, Mohir musavvirlar devorga shunday rasmlar chiza oladilarki, ular devordan chiqib kelayotganga oxshab korinadi ("K.D"). Quyosh shunday charaqlab ketdiki, maysalarning rangi birpasda ozgardi (A.Q.) gapla-rining har ikkalasida ham: 1) bosh gap birinchi orinda, 2) izohlanishi kerak bolgan soz shunday, 3) kesimlari fe'l bilan ifodalangan, 4) komponentlar -ki boglovchisi bilan birikkan, 5) -ki bosh gaplarning kesimlari tarkibida. Mana shunday oxshashliklarga qaramay, birinchi gap aniqlovchi ergash gapli qoshma gap, ikkinchi gap natija ergash gapli qoshma gaplardir. Yomgir tinganda, dalaga chiqar edik gapi vaziyat nuqtai nazaridan, ham payt ergash gapli qoshma gap (yomgir tingan paytda, dalaga chiqar edik bolib otgan harakat eslanayapti), ham shart ergash gapli qoshma gap (yomgir tinsa, dalaga chiqardik nutq momentidan keyin yuz berishi mumkin bolgan harakat moljallana-yapti). Uni eslasam, ozim ham xijolatdan kichrayib qolgandek bolaman (E.A.) gapi ham shart, ham payt ergash gapli qoshma gapni eslatib turadi. Yoki -sa boglovchisi shart ergash gapni bosh gapga tutashti-ruvchi vosita bolishiga qaramay, Borsam, yoq ekansiz gapida payt ergash gapni bosh gapga tutashtirish uchun xizmat qilgan.
Demak, ergash gap turlarini farqlashda ergashtiruvchi shakllarga asoslanishning ozi yetarli emas. Chunki bitta -ki boglovchisining ozi ega, kesim, aniqovchi, toldiruvchi, shart, natija, sabab, payt ergash gaplarni; -sa boglovchisi esa aniqlovchi, shart, olchov-daraja, chogish-tirish-oxshatish, orin, tosiqsiz ergash gaplarni biriktirishda ishtirok etadi.
Yuqoridagi mulohazalardan qat'i nazar, ergash gaplarning vazifaviy turlarini belgilashda quyidagilarga e'tibor beriladi:
1. Ergash gapli qoshma gap bir butun holda olinib, mazmun va shakl birligi nazarda tutilgan holda tahlil qilinadi.
2. Ergash gapning butunlik tarkibidagi qoshma gap ichidagi aniq vazifasiga e'tibor beriladi. Ergash gap bosh gapga, bosh gap ergash gapga nisbatan belgilanadi. Ergash gapning mavjudligi bosh gap tufaylidir, ergash gap bosh gapning yoki uning biror bolagining mazmunini izohlab, bosh gap orqali ifodalanayotgan fikrni toldiradi. Bunda bosh gap mazmunining qaysi tomoni (masalan, voqelikning yuz berish sababimi, paytimi kabi) yoki bosh gapdagi qaysi bolak (egami, kesimmi kabi) izohlanayotganligi, undagi qaysi belgi-xususiyatlar aniqlashtirilayotganligi, mana shu belgi-xususiyatlarning turlari kabilar-ga e'tibor qaratiladi. Bosh gap mazmunining turli tomondan izohlash zaruriyati ergash gaplarning vazifaviy tomondan turlicha shakllanishiga sabab boladi.
3. Ergash gaplarni tasnif qilishda, asosiy mezon bolmasa ham, ergashtiruvchi shakllarga boglovchilarga, ularning ma'nosiga, qaysi orinda qaysi gap tarkibida qollanganligiga e'tibor beriladi. Masalan, sifatdoshlar ergash gapning kesimi bolib kelganda, kopincha, paytda, zamonda, vaqtda kabi sozlari; avval, keyin, song, burun kabi payt komakchilari qoshilib keladi va ozi qoshilgan komponentning payt ergash gap ekanligini; uchun, chunki, negaki, sababki, shuning uchun, sababli, tufayli shakllari ozi qollangan qoshma gapni sabab ergash gapli qoshma gap ekanligini korsatib turadi. Yoki kesimi -sa ham, -sa-da, qaramay, -gani bilanshakllarida hosil bolgan ergash gaplarning tosiqsiz; agar, garchi sozlari bilan boshlanadigan ergash gaplarning, kopincha, shart (ba'zan tosiqsiz) ergash gap ekanligi sezilib turadi.
4. Nisbiy sozlarga e'tibor beriladi. Chunki ular kopincha ergash va bosh gaplar tarkibida bir-biriga moslashib qollaniladi. Birinchi kompo-nent oqilishi bilanoq, nisbiy olmoshlar mavjud sintaktik qurilmalarning ergash gapli qoshma gap ekanligini, qaysi komponent ergash gap, qaysisi bosh gap; ergash gap bolsa, uning qaysi turi ekanligini ma'lum darajada korsatib turadi. Masalan, kim, u, osha nisbiy olmoshlari ega ergash gapli qoshma gapni; qancha, shuncha olchov-daraja; qayerda, shu yerda orin; kimning, uning aniqlovchi ergash gapli qoshma gaplarni korsatadi.
5. Transformatsion usul ham ergash gapning vazifaviy turlarini aniqlashga va ularni farqlashda yordam beradi. Bunda har xil usullar bor:
1) ergash gap kesimining shakli ozgartirilib, undagi ergashtiruvchi shakllar boglovchi vositalar ozining sinonimik variantiga qiyoslab koriladi. Buning togri yoki notogri ekanligini gapning mazmuni boshkaradi. Qiyoslang: Men yaxshilarga ergashib, tuppa-tuzuk kozim ochilib qoldi (O.) Men yaxshilarga ergashganligim uchun (sababli, tufayli, bois) (yoki ergashganligimdan) tuppa tuzuk kozim ochilib qoldi (sabab ergash gapli qoshma gap). Kessondan havo chiqdimi, demak, suv opirib kiradi (Asq.M.). Kessondan havo chiqsa, demak, suv opirib kiradi (shart ergash gapli qoshma gap). Ozi kormasa, bolalari korar yoruglikni, dedi kimdir osoyishta tovush bilan (O.) Ozi kormasa ham, bolalari korar... (tosiqsiz ergash gap). Qol kalta bolgandan keyin, qayoqqa uzatasiz. (O.) Qol kalta bolsa, qayoqqa uzatasiz (shart ergash gapli qoshma gap).
2) qoshma gapning mazmuni, qoshma gapligi saqlangan holda komponentlarining orni almashtirilib, biror sinonimik variantiga solish-tirib koriladi: Omad menga kulib boqdi, chunki men haq edim (G.G.) Men haq bolganim uchun, omad menga kulib boqdi. Demak, tarkibida chunki sozi bolgan komponent sabab ergash gapdir.
Tarkibida nisbiy olmoshlar mavjud bolgan ergash gapli qoshma gaplar transformasiya qilinganda, ergash gaplarning vazifaviy turlari yanada oydinlashadi. Bunda nisbiy olmoshlar bosh gap tarkibida qanday shaklda bolgan, qaysi bolak vazifasini bajargan, qaysi bolakka boglangan bolsa, transformasiya natijasida gaplik shaklidan chiqib, nisbiy sozlar ornida qollangan, ularni almashtirgan (kompensatsiya qilgan) "ergash gap"lar ham shunday holatni saqlaydi. Kimki mehnat-sevar bolsa, u el hurmatiga sazavor boladi Mehnatsevar el hurmatiga sazovor boladi. Kimning niyati pok bolsa, uning yoli ham ochiq boladi Niyati pokning yoli ham ochiq boladi. Nima eksang, oshani orasan –Ekkan narsangni orasan. Qayerda suv bolsa, u yerda hayot bor Suv bor joyda hayot bor kabi va b. Demak, birinchi gap ega, ikkinchi gap aniqlovchi, uchinchi gap toldiruvchi, tortinchi gap orin ergash gapli qoshma gaplar ekan.
Ergash gaplarni quyidagi turlarga ajratamiz: 1) ega ergash gap, 2) kesim ergash gap, 3) toldiruvchi ergash gap, 4) aniqlovchi ergash gap, 5) ravish ergash gap, 6) olchov-daraja ergash gap, 7) chogishtirish va oxshatish ergash gap, 8) sabab ergash gap, 9) maqsad ergash gap, 10) payt ergash gap, 11) orin ergash gap, 12) shart ergash gap, 13) tosiqsiz ergash gap, 14) natija ergash gap.