QOSHMA GAPLARNING TASNIFI
Qoshma gaplar mazmun va grammatik jihatdan, qism yoki kompo-nentlarning sintaktik aloqaga kirishishi nuqtai nazaridan, uch yirik turga ajraladi. 1) boglangan qoshma gap, 2) ergashgan qoshma gap, 3) boglovchisiz qoshma gap.
BOGLANGAN (TENG ALOQALI) QOSHMA GAP
reja:
1. Boglangan qoshma gapningta'rifi.
2. Biriktiruv boglovchili boglangan qoshma gap.
3. Zidlov boglovchili boglangan qoshma gap.
4. Ayiruv boglovchili boglangan qoshma gap.
5. Inkor boglovchili boglangan qoshma gap.
6. Boglangan qoshma gapga doir tahlil namunasi.
Komponentlarning mazmun va grammatik jihatdan teng aloqasidan tuzilgan, teng boglovchilar va teng intonatsiya (ohang) bilan birikkan qoshma gaplar boglangan qoshma gap deyiladi.
Boglangan qoshma gap komponentlari: 1) teng boglovchilar, 2) teng boglovchi vazifasida qollaniladigan yuklamalar, 3) bolsa, esa yordamchilari, 4) teng intonatsiya orqali tutashadi.
Bu vositalar ozi biriktirgan komponentlarning teng aloqali, teng huquqli ekanligini korsatadi. Novdalarni bezab gunchalar tongda aytdi hayot otini, Va shabada qurgur ilk sahar olib ketdi gulning totini. (H.O.) Zargarov ularning iltimosini rad qilib chiqarib yubordi-yu, kongli xira tortgancha qoldi. (Asq. M.)
Boglangan qoshma gap tarkibidagi sodda gaplarning kesimlari ba'zan bir xil grammatik shaklda, bir xil zamonda shakllangan boladiki, bu, mavjud gap komponentlarining teng aloqali va bu aloqaning birmun-cha erkin ekanligini korsatadi.
Boglangan qoshma gaplar teng boglovchilarning ishtirokiga –qollanilishiga kora tort turga ajratiladi: 1) biriktiruv boglovchili boglangan qoshma gap, 2) zidlov boglovchili boglangan qoshma gap, 3) ayiruv boglovchili boglangan qoshma gap, 4) inkor boglovchili boglangan qoshma gap.
Biriktiruv boglovchili boglangan qoshma gap komponentlarini tutashtirishda va, ham, hamda boglovchilari -u (-yu), -da yuklamalari bolsa, esa yordamchilari ishtirok etadi va bunday qoshma gap komponentlari voqelikning bir vaqtda yoki ketma-ket yuz berganligini ifodalaydi. Misollar: Ruzimatning ranggi ozgardi va kozlarida hamisha oynab turadigan tabassum ifodasi tosatdan yoqoldi. (A.Q.) Boltasi kamariga qadalgan bir chol otlarni yetaklab muz kochadigan joyga olib keldi va xotinlar changak bilan tortib muzlarni chenalarga yuklay boshladilar. (A.Q.) Shu choq eshik ochildi-da, eshonnnig kallasi korindi. (A.Q.) Daryo tomondan gurullab esib turgan shabada yol boyidagi ot-olanlarni egar, tebratar, hamda sargayib borayotgan arpalar undan mavj urar edi. (A.Q.) Shuning uchun dadillik qilib, qattiqroq qadam bosishga qorqadi. Ham bu yer uncha qulay emas. (O.) Ogzimdan chiqmagan sozim qulimdir, aytganim esa xojamdir. ("K.D.")
Zidlov boglovchili boglangan qoshma gap komponentlari ammo, lekin, biroq kabi zidlov boglovchilari va shu boglovchilar vazifasida qollaniladigan -u (-yu) yuklamalari orqali birikadi. Bu turdagi boglan-gan qoshma gap komponentlarining mazmuni bir-biriga zid, qarama-qarshi boladi. Bu zidlik aslda gap komponentlarining ozida mavjud bolib, u, zidlov boglovchisini talab qiladi. Zidlov boglovchilari zid komponentlarni tutashtirishdan tashqari, mavjud zidlikni kuchaytiruvchi vosita hamdir.
Dostları ilə paylaş: |