ERGASHGAN (TOBE ALOQALI) QOSHMA GAP
reja:
1. Ergash gapli qoshma gapning ta'rifi.
2. Ergash va bosh gaplarning ta'rifi va ularni farqlash
tamoyillari.
3. Ergash gaplarni bosh gapga biriktiruvchi vositalar.
4. Ergashgan va boglangan qoshma gaplar orasidagi umumiy
farqlar.
5. Ergash gapli qoshma gapga doir tahlil namunasi.
Qoshma gaplar mazmun va grammatik jihatdan doimo teng aloqaga kirisha bermaydi. Ular kop hollarda ana shu aloqaning aksi bolgan tobelanish yoli bilan birikadi. Bunday qoshma gaplarda komponent-larning biri hokim, ikkinchisi tobe bolib, tobe komponent hokim komponentni izohlaydi. Masalan, Dunyoni tark etmagayman, dunyoda sen bor uchun (U.) gapining ikkinchisi birinchisining mazmunini izohla-ganligi, undagi harakatning yuz berish sababini anglatganligi uchun unga tobe hisoblanadi. U shunday ayolki, fahm-farosatda tengi yoq (S.Zun.) gapining ikkinchisi birinchi gapning bir bolagi (shunday)ning mazmu-nini izohlab, toldirib kelganligi uchun unga tobelangan. Yuqoridagi gap komponentlari faqat mazmun ichki tomongina emas, tashqi gram-matik tomondan ham tobelashtiruvchi shakllar (-sa, -ki) olib, ozaro birikkan.
Demak, gaplarning hokim va tobelik munosabatidan tashkil topgan, ergashtiruvchi boglovchilar va tobelashtiruvchi intonatsiya orqali birik-kan gaplar ergash gapli qoshma gap deyiladi.
Ergash gapli qoshma gapni tashkil qilgan gaplar ikki xil boladi. Bular bosh va ergash gaplardir.
Butun mazmuni yoki biror bolagining mazmuni izohlanayotgan, aniqlanayotgan gap hokim yoki bosh gap deyiladi.
Bosh gapga ergashib, uning mazmunini yoki biror bolagining mazmunini izohlab, aniqlashtirib keluvchi gap tobe yoki ergash gap deyiladi.
Bunday qoidalar, ta'rif va tavsiflar bolishiga qaramay, bosh va ergash gaplarni farqlashda ma'lum qiyinchilikka duch kelinadi. Buning ma'lum sabablari bor, albatta: bosh va ergash gaplarning grammatik shakllanishida tub ajratuvchi farqlar ba'zan u qadar kozga tashlanib turmaydi. Masalan, ergashish formalari bosh gap tarkibida ham, ergash gap tarkibida ham boladi. Ergash gaplar kop hollarda birinchi orinda ham, ikkinchi orinda ham kela beradi. Ba'zi bosh gaplarning kesimi shakllanmagan bolib, ergash gapga nisbatan nomustaqil, aksincha, ba'zi ergash gaplarning kesimi shakllangan bolib, bosh gapga nisbatan musta-qil orin egallaydi va b.
Bulardan kat'i nazar, bosh va ergash gaplarni farqlashda:
1) qoshma gap tarkibidagi komponentlarning hokim-tobeligiga, mazmun munosabatiga e'tibor beriladi. Yuqorida aytilganidek, mazmun yoki biror bolagining mazmuni izohlanayotgan gap hokim bosh gap; bosh gapning mazmunini yoki uning biror bolagining mazmunini izoh-lab kelayotgan gap tobe ergash gap hisoblanadi. Boshqacha aytganda, bosh gap, keng ma'noda, belgisi aniqlanayotgan gap aniqlanmish; ergash gap belgi aniqlaydigan gap aniqlovchi komponent. Masalan, Bilib qoyki, seni vatan kutadi (G.G.) gapida birinchi kesimning mazmuni mavhum (Bilib qoyki nimani? – noma'lum), ikkinchi kompo-nent keltirilgach, mana shu mavhumlik aniqlashadi (Bilib kuyki nima-ni? seni vatan kutishini). Shunga kora, ikkinchi gap aniqlovchi kom-ponent ergash gap; birinchi gap aniqlanmish komponent bosh gap.
2) bosh va ergash gaplarni aniqlashda ularning tashqi tomoni grammatik shakllanishlari ham e'tiborga olinadi. Masalan, kesimi fe'lning vazifaviy shakllari (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi), shart mayli shakli yoki ularning egalik, kelishik, komakchilar bilan shaklla-nib, bosh gapga boglanadigan qismi ergash gap sanaladi va birinchi orinda keladi (inversiya istisno): Kimki jismoniy tarbiya bilan shugul-lansa, u soglom boladi. Rais kelgach, odamlar toplanadi. –Rais kelib, odamlar toplanadi. Rais kelguncha, odamlar toplandi. Rais kelmay (kelar-kelmas), odamlar toplandi. –Rais kelganda (kelmay turib), odamlar toplandi. –Rais kelgungacha (-ga qadar), odamlar toplandi. –Rais kelgandan keyin (song), odamlar toplandi. –Rais kelishi bilan, odamlar toplandi va hokazo. Yoki -ki elementi bilan shakllangan komponent, kop hollarda bosh gap bolib, birinchi orinda keladi.
Ergash gaplarni bosh gapga biriktirishda ergashtiruvchi boglovchi-lar, fe'l shakllari, yuklamalar, komakchilar, boglovchi sozlar, nisbiy sozlar, ayrim kelishik qoshimchalari, egalik qoshimchalari, ohang va tartib kabi vositalar qollaniladi.
Ozbek tilida ergash gaplarning bosh gapga birikish yoli, asosan, ikki xil: 1) boglovchili ergashish, 2) boglovchisiz ergashish.
Ergashgan qoshma gap komponentlarini biriktirishda, asosan, ergashtiruvchi boglovchilar qatnashadi.
Ergashtiruvchi boglovchilar ergashgan qoshma gap tarkibidagi vazifasiga kora uch guruhga ajraladi: 1) sof boglovchilar, 2) boglovchi yuklamalar, 3) boglovchi sozlar.
Sof boglovchilar hokim va tobe qismlarni bir-biriga boglaydi. Bunday boglovchilarga -ki, chunki, shuning uchun, negaki, sababki, shekilli, guyo kabi sozlarni kiritish mumkin.
Boglovchi yuklamalar esa ham boglovchi, ham yuklama vazifasini bajaradi. Bu yordamchilar gapning mazmunini kuchaytirish yoki gapga qoshimcha ma'no (ottenka) berish uchun qollaniladi. Bular agar, bordi-yu, basharti, mabodo, modomiki, toki sozlaridir.
Boglovchi sozlar oz leksik ma'nosini saqlagan holda qoshma gap qismlarini biriktirishda qollaniladi. Demoq, bolmoq kabi sozlar boglovchi soz bolib keladi.
Ergash va bosh gaplarni tutashtiruvchi vositalar hakida har bir ergash gapli qoshma gap doirasida alohida toxtalamiz.
Ergashgan qoshma gap boglangan qoshma gap bilan gaplik nuqtai nazaridan, umumiylikka ega bolsa ham, ular quyidagicha munosabatga kirisha oladi:
1. Ergashgan qoshma gap komponentlari tobelanish, boglangan qoshma gap komponentlari tenglanish yoli bilan munosabatga kirishadi.
2. Ergashgan qoshma gap komponentlari ergashtiruvchi boglov-chilar, boglangan qoshma gap komponentlari tenglashtiruvchi boglov-chilar bilan birikadi.
3. Ergashgan qoshma gapda tobelantiruvchi, boglangan qoshma gapda tenglashtiruvchi ohang mavjud.
4. Ergashgan qoshma gapda bir gap boshqasini izohlaydi, boglan-gan qoshma gapda bu hol deyarli kuzatilmaydi.
5. Ergashgan qoshma gaplarning komponentlari mazmun va gram-matik jihatdan boglangan qoshma gapga nisbatan birmuncha zich munosabatga kirishgan boladi.
6. Ergashgan qoshma gaplarda bosh gap (aniqlanmish gap) va ergash gap (aniqlovchi gap) tushunchalari boladi. Bosh gapsiz ergash gap, ergash gapsiz bosh gap mavjud emas. Bu holat boglangan qoshma gaplarda kuzatilmaydi.
Tahlil namunasi: Bugun u ozida yoq xursand, chunki dadasi kelgan (S.Zun.)
1) ikkita sodda gapdan tuzilgan.
2) ergashtiruvchi boglovchi (chunki) va tobelantiruvchi ohang orqali birikkan.
3) ergash gapli qoshma gap.
4) bosh gap birinchi orinda, ergash gap ikkinchi orinda, boglovchi ergash gap tarkibida.
5) chizmasi: , chunki
Dostları ilə paylaş: |