OZGA GAP
reja:
1. Ozga gapning turlari.
2. Kochirma gap.
3. Kochirma gap bilan muallif gapining orinlashish tartibi.
4. Qosh kochirma gap.
5. Ozlashtirma gap va kochirma gapning ozlashtirma shakllari.
6. Kochirma gapni ozlashtirma gapga aylantirish yollari.
7. Ozga gapli sintaktik qurilmalarga doir tahlil namunasi.
Ozga gapli sintaktik qurilmalarda ikki xil gap: muallif gapi va ozga gap boladi. Ozgalar gapini keltiruvchi ifodalovchi shaxs muallif, uning gapi esa muallif gapi deyiladi. Muallif nutqi ichida keltirilgan boshqa shaxslarning fikri ozganing gapi sanaladi. Gapi ifoda qilinayotgan shaxs sozlovchi deyiladi.
Sozlovchi nutqida keltirilgan ozgalar gapi, asosan, ikki xil boladi: 1) kochirma gap, 2) ozlashtirma gap.
Ozgalar gapining mazmun va grammatik jihatdan aynan, ozga-rishsiz mustaqil gap shaklida muallif gapi bilan birga ishlatilishiga kochirma gap deyiladi: "Til robitai vositai olamiyondir, degan edi Avaz Otar ogli gapining "Til robitai vositai olamiyondir" qismi kochirma gap shaklida keltirilgan ozgalar gapidir, degan edi Avaz Otar ogli qismi esa muallif gapi bolib, u kochirma gapning kimga qarashli ekanligini korsatadi. Kochirma gapdagi mazmun tinglovchiga qaratilgan boladi.
Kochirma gap bir soz, bir gap, bir necha gap, butun bir obzasdan iborat bolishi mumkin. Muallif gapi esa kopincha ikki tarkibli birgina sodda gapdan tashkil topadi: Uyingoh qurilishida qatnashganmisan? "Yoq", dedi Samandar. (gazeta) Voyey, payqamabman, qorqib ketdim... Tuf-tuf-tuf... dedi kuylak yoqasini tortib Unsin. (O.) "Gozal qizsiz, pinhon ishqingizda ortanaman, na qilayki, ilojim yoq, tole olgur past" dedi kosib yigit ichidan ortanib. (O.)
Kochirma gapning kesimi fe'l, ot yoki boshqa soz turkumlari bilan ifodalana beradi, biroq muallif gapining kesimi, kopincha, quyidagi fe'llar bilan ifodalanadi:
1. Gapirish, sozlash ma'nosini bildiruvchi dedi, aytdi, gapirdi, sozladi, soradi, murojaat qildi, javob berdi, hazil qildi kabi fe'llar bilan: "Oyi-yey, hech narsaga tushunmaysiz, zamon yangi bolayapti, hurriyat, adolat kelibdi boshimizga, bizdaqa gariblarga kun tugibdi!" xursand gapirdi qiz. (O.) Saida chuqur taajjub bilan javob berdi: –Kolxozda qoldirish-qoldirmaslik masalasini yuqori hal qiladida. (A.Q.) Saidaning haziliga qarshi Kozimbek ham hazil qildi: Bilar ekasiz, bizning boboy ovqatlardan faqat palovni, rah6arlardan faqat ortoq Qodirovni, dorilardan faqat pensillinni tan oladilar, dedi. (A.Q.) Saida hayron bolib soradi: "Byuro qaysi masalada sizning ra'yingizga qarshi ish qildi?" (A.Q.)
2. Sozlash ma'nosi bilan bogliq bolgan turli psixologik holatni ifodalovchi qichqirdi, baqirdi, chaqirdi, oshqirdi, pichirladi, shivirladi, ogohlantirdi, talmovsiradi, tutaqdi, dongilladi kabi fe'llar bilan: "Ozib-tozib ketibsiz", deya shivirladi Ziyoda (Asq.M.) Saida talmovsiradi: "Zulfiqorovning partiyadan chiqarilishiga qarshi emas-misiz?" (A.Q.) Qalandarov Nazarov kolxozidan sozandalar, oyinchi qizlar kelshiini xohlamay dongilladi: "Bularning orniga Tojixonni chaqirsangiz ham bolar edi. U ham oyin biladi. (A.Q.) Saida malol kelgan bir alfozda: "Shu gaplarni yotigi bilan gaplashaylik", –dedi. Qalandarov oshqirdi: "Endimi, yotigi bilan gaplashish endi yodingizga keldimi?" Qalandarov dami ichiga tushib ketdi, bir lahzadan keyin yana tutoqdi: "Jinoyatim bolsa, ayting, men ariza beray bolmasa". (A.Q.)
Kochirma gap oziga xos ohangga ega bolib, bu: 1) kochirma gapning mazmuni, 2) muallif gapiga nisbatan tutgan orni bilan xarakter-lanadi. Masalan, darak, buyruq, soroq, undov gaplar bilan ifodalangan kochirma gaplarning ohangi bir xil emas, yoki muallif gapidan oldin, keyin, uning ortasida kelgan kochirma gaplar ham ohang jihatidan farqlidir.
Agar kochirma gap muallif gapidan oldin kelsa, muallif gapiga nisbatan kuchliroq ohang bilan aytiladi, muallif gapidan oldin pauza boladi; muallif gapidan keyin kelsa, toliqroq pauza, hamda balandroq ohang bilan talaffuz qilinadi: agar muallif gapi kochirma gap ortasida kelsa, past ohangda aytiladi.
Kochirma va muallif gapining orni, uslubiy talablar bilan turlicha boladi:
1) Kochirma gap muallif gapidan oldin kelganda, muallif gapidagi bolaklar inversiyaga uchrab, kesim tarkibi oldin, ega tarkibi keyin keladi: "Hamidullaning gapiga kirib, oqiyolmay qoldim", dedi Tojixon tovushi titrab. (A.Q.)
Dostları ilə paylaş: |