Men aytdim: Biz aytdik: Sen aytding: – Siz aytdingiz: Biz kitobni oqiymiz U aytdi: Ular aytdilar: Bularning ozlashtirma shakllari: Men (biz) kitobni oqishimizni aytdim. Sen (siz) kitobni oqishingizni aytding. U (ular) kitobni oqishlarini aytdi. Muallif gapining egasi ot bilan, kochirma gapning egasi olmosh bilan ifodalangan bolsa, bunday gaplarning ozlashtirilgan shaklida muallif gapidagi ega va kesim saqlanadi. Kochirma gapning egasi qaratuvchi aniqlovchiga, kesimi -lik+egalik (-i)affiksini olgan otgan zamon sifatdoshi (-gan) bilan ifodalangan toldiruvchiga qaralmishga aylanadi. Kochirma gapning birinchi shaxsdagi egasi ba'zan batamom qollanmaydi yoki uning ornida ozlik olmoshi qollaniladi:
Men kech qoldim Biz kech qoldik Sen kech qolding Karim aytdi: Siz kech qoldingiz U kech qoldi Ular kech qoldilar Bu gaplarning ozlashtirma shakllari:
Ozining kech qolgan (lig)ini Bizning kech qolgan (lig)imizni Karim Sening kech qolgan (lig)ingni aytdi. Sizning kech qolgan (lig)iigizni Uning kech qolgan (lig)ini Ularning kech qolgan (lig)larini Kochirma gap darak xarakterida bolsa, ozlashtirma gapga aylan-tirishda quyidagicha ozgaradi:
Kochirma gapning kesimi otgan zamon fe'li bilan ifodalangan bolsa, u ottan zamon sifatdosh qoshimchasi+egalik affiksi+tushum kelishigi qoshimchasi (-gan+i+ni), ba'zan -gan affiksdan keyin -lik yasovchisi orqali yasaladi: Kolxozga mehmonlar keldi, dedi Umida (A.Q.) // Umida kolxozga mehmonlar kelgan(lig)ini aytdi. Kochirma gapdagi fe'l kesim edi toliqsiz fe'li bilan shakllangan bolsa, ozlashtirma gapda u qollanmasligi mumkin: Sarvarni korgan edim, dedi Asrorbek. // Asrorbek Sarvarni korgan(lig)ini aytdi. 1. Kochirma gap ozlashtirma gapga aylantirilganda, faqat fe'l kesimgina ozgarmay, egalik qoshimchasini olgan soz va kishilik olmoshi bilan ifodalangan bolaklar ham ozgaradi: Mening ukam Toshkentda oqiydi, dedi Usta. // Usta ukasining Toshkentda oqiyot-ganligini aytdi. Bunda mening sozi qollanmagan, buni qoplash (kompensatsiya) qilish uchun ukam sozi III shaxs egalik affiksini olib, qaratqich kelishigi shaklini oladi: Kecha bizning maktabimizda katta tantana boldi, dedi Baxtiyor. (gazeta) // Baxtiyor kecha maktablarida katta tantana bolgan (lig)ini aytdi. Ozlashtirma shaklda bizning olmoshi qollanilmagan, maktabimiz sozidagi -imiz egalik qoshimchasi (-lari) bilan almashgan.
Kochirma gapning kesimi hozirgi zamon fe'li bilan ifodalanganda, -yotir, -yapti, -moqda affikslari ornida –yotgan+(-lik)+egalik affiksi (-i)+tushum kelishigi (-ni) qoshimchasini olgan soz ishlatiladi: Gozalarimiz barvaqt gullayotir, dedi chol. // Chol gozalarni bar-vaqt gullayotganligini aytdi. Garmsel esmoqda, dedi Zargarov (Asq.M.) // Zargarov garmsel esayotganligini aytdi. Kuy eshitilayapti, dedi u. // U kuy eshitilayotganligini aytdi. (O.)
2. Kochirma gapning kesimi kelasi zamon fe'li bilan ifodalanganda, kochirma gap: a) -sh (-ish)+i+ni; b) -sh (-ish)+i+lik+i+ni; v) -moqchi+ ekan+i+ni; g) -jak(g)+i+ni shakllarida ozlashtirma gapga aylanadi: Men darvozaning oldida kutaman. –dedi Kozimbek. (A.Q.) // Kozimbek darvozaning oldida kutishini aytdi. Togri, yomon odam jazosini tortishi kerak, dedi Saida (A.Q.) // Saida yomon odam jazosini tortishi kerakligini aytdi. Jinoyat qilgan jazo tortadi, dedi qizlardan biri (A.Q.) // Qizlardan biri jinoyat qilgan jazo tortishini (tortishi kerakligini) aytdi. 3. Kochirma gapning kesimi ot yoki ot shaklidagi kesim bolsa, ozlashtirma gapga aylantirilganda, shu ot kesimdan keyin ekan+lig+i+ ni (emas+lig+i+ni) yoki -lig+i+ni shakllari qoshiladi: Xojalik ishlari-dan konglim toq, dedi Saida (A.Q.) // Saida xojalik ishlaridan kongli toqligini (toq ekanligini) aytdi. Bu Nazarovdan chiqqan aql emas, dedi Qalandarov. // Qalandarov bu Nazarovdan chiqqan aql emasligini aytdi. 4. Kochirma gap soroq mazmunini ifodalasa, muallif gapining kesimi qanday fe'l bilan ifodalanishiga qaramay, ozlashtirma gapning kesimi faqat soramoq fe'li orqali beriladi: Nima uchun Usmon idoraga kelmadi, dedi Qalandarov (A.Q.) // Qalandarov Usmonjonning nima uchun idoraga kelmaganligini soradi. Soroq kochirma gap quyidagi yollar bilan ozlashtirma gapga aylantiriladi:
1. Kochirma gapning fe'l kesimi soroq yuklamasini olganda, sifatdoshning bolishli-bolishsiz shaklda takrorlanishi va ularga ekan+ lig+i+ni yoki -lig+i+ni elementlarining qoshilishi orqali: Institutni bitirganmisiz? dedi u. // U institutni bitirgan-bitirmaganligini soradi. 2. Soroq yuklamasini olgan ot kesimli kochirma gaplar ham ozlashtirma gapga aylantirilganda, ot kesim ham bolishli va bolishsiz shaklda takrorlanib, ekan+lig+i+ni yoki -lig+i+ni shakllari bilan shakllanadi: Ota, xizmatdamisiz yo qarindoshlari bolasizmi? soradi Zumrad cholning chiqiq yelkasiga qarab. (O.) // Zumrad xizmatda-xizmatda emasligini, qarindoshlari bolish-bolmasligini otadan soradi. Zumradxon uydamilar? soradi Xushvaqtbibi. (O.) // Xushvaqtbibi Zumradxonning uyda-uyda emasligini soradi. Soroq sozlarining ishtiroki bilan tuzilgan kochirma gaplar ozlash-tirma gapga aylantirilganda, ularning kesimi qaysi soz turkumi bilan ifodalanganligidan qati nazar, -gan+i+ni, -gan+lig+i+ni, ekan+lig+i+ni shakllari bilan almashadi: Ayting, nega toxtatib qoydingiz? Qaydan, kimdan organgansiz bu qoshiqni? dedi Umarali. (O.) // Umarali nega toxtatib qoyganligini, bu qoshiqni, qayerdan, kimdan organganligini soradi. Kesimi bor, yoq sozlari bilan ifodalangan kochirma gaplar quyidagicha ozlashtiriladi:
1) Kochirma gap darak mazmunini bildirsa, osha sozdan keyin ekan+lig+i+ni yoki -lig+i+ni elementlari qoshilib keladi: Dunyoda yaxshi odamlar ham bor, dedi Qalandarov. (A.Q.) // Qalandarov dun-yoda yaxshi odamlar ham borligini aytdi. Qalbingizda iztirob yoq, dedi Saida. (A.Q.) // Saida uning qalbida iztirob yoq (ekan)ligini aytdi. 2) Kochirma gap soroq mazmunini bildirsa, bor, yoq sozlari juftlashib, undan keyin -lig+i+ni yoki ekan+lig+i+ni elementlari qoshi-ladi: Mayli, meni byuroga kirgizmay qoya qoling. Kozlangan oda-mingiz bormi? dedi Qalandarov (A.Q.) // Qalandarov kozlagan odami bor-yoqligini soradi. Ogil-qizlaringiz yoqmi? soradi Zumrad. (O.) // Zumrad ogil-qizlari bor-yoqligini soradi. Buyruq gaplar ozlashtirilganda, uning buyruq maylidagi fe'l kesimi ish oti shakli (-lik)+egalik affiksi (-i)+kerak (lozim, zarur)+(ekan) lig+i+ni shaklini oladi: Kochadagi hazilni idoraga kotarib kirmang, dedi Qalandarov. (A.Q.) // Qalandarov kochadagi hazilni idoraga kotarib kirmaslikni (kirmaslik kerakligini) aytdi. Bunaqa savollar majlisda berilsin, dedi Saida. (A.Q.) // Saida bunaqa savollar majlisda berilishi (kerakligi)ni aytdi. Undalmali buyruq gaplar ozlashtirilganda, undalma kopincha jonalish kelishigida shakllanib, vositali toldiruvchi bolib keladi: Dada, bugun men “kamolotchi”lar safiga otaman, dedi Alibek. // Alibek bugun “kamolotchi”lar safiga otishini dadasiga aytdi. Kopincha kesimi buyruq maylining III shaxs shaklida bolgan kochirma gaplar ozlashtirma gapga aylantiriladi. I shaxsda kelgan buyruq fe'lni ozlashtirma gapga aylantirib bolmaydi, II shaxsning ozlashtirilishi esa kam uchraydigan hodisa.
Tahlil namunasi: Siz artist, mening uyim sahna emas, dedi kotiba (O.Y.)
1) kochirma gapli qurilma.
2) kochirma gap qoshma gap shaklida bolib, birinchi orinda,
muallif gapi sodda yigiq gap bolib, ikkinchi orinda kelgan.
3) muallif gapining kesimi demoq fe'li bilan ifodalangan bolib, egadan oldin qollanilgan.
4) kochirma gap muallif gapidan oldin kelgan.
5) chizmasi: .......... , ________ . Ozlashtirma shakli: Kotiba uning artist, uyining sahna emasligini aytdi. 1. Kochirma gapdagi ozgarishlar: ega vazifasidagi II shaxs kishilik olmoshi (siz) qaratkich kelishigida shakllanib, III shaxs kishilik olmo-shiga (uning) aylangan aniqlovchi vazifasida kelgan; I shaxs kishilik olmoshi bilan ifodalangan aniqlovchi (mening) tushib qolgan, egalik aklidagi soz (uyim ega) qaratqich kelishigida shakllanib, aniqlovchi vazifasiga otgan; kesimi predikativlik affiksi (siz)dan chiqib, -lig+i+ni shaklini olgan; kochirma qoshma gap vositasiz toldiruvchili birikmaga aylangan, gap ortasida kelib, kesimga tobelangan.
2. Muallif gapidagi ozgarishlar: dedi fe'li aytdi fe'li bilan almash-gan, ega birinchi, kesim ikkinchi oringa otgan.