Siz bor, men bor qurilmasi ohangning ozgarishi tufayli uyushiq boglovchisiz qoshma gap (Siz bor, men bor va boshqalar bor kabi); sabab ergash gapli qoshma gapga sinonim bolgan boglovchisiz qoshma gap (Siz bor men bor // Siz borligingiz tufayli men bor) kabi shakllarda shakllanishi mumkin.
Punktuatsiya bilan ohang qanchalik yaqin bolmasin, ular oziga xosligi, qimmati jihatidan har xil baholanadi: ohang (gap ohangi) birlamchi, material tushuncha; punktogrammalar (tinish belgilari) hosila; ohangning mahsuli, uni aks ettiruvchi shartli simvollardir. Punktogrammalar ohang ohangga qarab qoyiladi. Matn har bir gapning mazmun va grammatik, intonatsion xususiyatlaridan kelib chiqib oqila-di. Punktogrammalarning togri yoki notogri qoyilganligini gap mazmuni boshqaradi, "Tinish belgilariga rioya qilib oqish" iborasi ham, "Deyarli barcha tinish belgilari "oqiladi" (A.M.Peshkovskiy), deyilgan fikrlar ham tinish belgilari togri qoyilgan normal matnlarga nisbatan aytilgandir.
Ozbek tilida ham punktogrammalarni qollashning oz asoslari va shartlari mavjud. Tinish belgilarining qollanishida: 1) gapning tuzilishi, 2) mazmuni, 3) ohangi asos qilib olinadi. Tinish belgilarining orni va vazifasini belgilashda mana shu uch xil hodisa alohida-alohida emas, balki ularning bir bugunligi nazarda tutiladi. Chunki bular ozaro boglangan bir hodisaning uch tomoni uch xususiyatidir. Nutqning tuzilishi, mazmuni, ohangi ozaro zich boglangan bolib, har qanday gapda shu uch xususiyat mujassamlashgan boladi. Masalan, Opalar, singillar! Bu savollar majlisda berilsin! (A.Q.) gapi: 1) tuzilishi jihatidan sodda, 2) buyruq bilan birga emotsiya, murojaat ifodalangan, unda gap bilan grammatik boglanmagan sozlar (opalar, singillar) bor, 3) kota-riluvchi ohangi ohangga ega.
Punktuatsiya asoslaridan kelib chiqib, tinish belgilari qollashning quyidagi asoslarini korsatamiz:
1. Logik-grammatik asos.Bunga kora, tinish belgilari gap mazmuni, tuzilishi va ohangi nazarda tutilgan holda, shulardan kelib chiqib qollaniladi. Masalan, xabar mazmunini anglatgan gapning oxirida nuqta, soroq mazmunini anglatgan gaplarning oxirida soroq, emotsiya (hayajon) ifodalangan gaplar oxirida undov belgilari koproq nutq mazmuniga asoslanib qoyilgan boladi; kiritma qurilmalarning asosiy gap bilan zich boglanganlari qavs, sayoz, bosh boglanganlari tire bilan ajratilish holatlari koproq nutq tuzilishga asoslanadi: "Dod!" degan ovoz eshitildi. (O.) Qalandarov jonjahdi bilan baqirdi: Yuqol!!! gaplarining birinchisidagi qoshtirnoq nutq tuzilishiga, ikkinchisidagi undov belgilari ohangga asoslanib qoyilgan.
2. Uslubiy asos.Bu prinsipga kora, tinish belgilari nutq uslubining talabidan kelib chiqib qoyiladi.
Til taraqqiyoti, til uslublarining rivojlanishi nutqning ajralmas qismi bolgan punktuatsiyaning taraqqiyotiga, uning qollanish doirasining kengayishi yoki ozgarishiga sabab boladi. Masalan, badiiy asarlarda (dialogik nutqlarda) ixchamlik uchun personajlarning nutqlari tire bilan ajratiladi. Dramatik asarlarda esa nutq egalarining nomi keltirilgan-ligidan, borligidan ularni tire bilan ajratishga extiyoj bolmaydi yoki qoshtirnoq havola (sitata)larda qoyilib, badiiy asarlardagi kochirma gaplarda qollanilmaydi. Nutqning individual uslub shaklida tinish belgilari, kopincha, yozuvchining sub'yektiv maqsadi, emotsional fikr ifodalash, uning ta'sirchanligini oshirish uchun qollaniladi. Masalan, Yoz. Quyosh hamma yoqni qizdiradi. (O.) Yoz! Pishiqchilik, tokinchilik fasli! (U.) gaplarida "yoz" sozi orqali ikki yozuvchi ikki xil maqsadni ifodalash uchun foydalangan. Bu maqsadlar tinish belgilari (nuqta, undov belgisi) orqali ifodalangan. Govur bolib ketdi: Xotin-qizlar zveno, brigadani udda qilolmaydimi! (A.Q.) gapida ritorik soroq bilan fikrning kuchli (emotsional) va davomli ekanligi ifodalangan. Bu maqsadlar undov belgisi va kop nuqta orqali ifodalangan. Lekin bundan har bir yozuvchi tinish belgilaridan oz bilganicha, oz istagicha foydalana beradi, degan xulosa kelib chiqmaydi. Tinish belgilarining individual uslub talabiga kora qollanilishi ham uslubiy tamoyilning umumiy me'yoriga boysinadi.
3. Farqlovchi (differensial) asos.Bu tamoyilga kora tinish belgi-lari yozuv texnikasi (shakli)ni farqlash uchun qollanadi. Boshqacha aytganda, tinish belgilarining yozuv shakllariga bogliq holda odatda-gidan farqli ishlatilishi farqlovchi tamoyil asosida yuz beradi. Ilmiy uslubda, jumla ichida sozlarni qisqartirishda iqtibos sitatalarning manbaini korsatishda, havolalarda, kitob muqovalarida nashriyot nomi va nashr vaqtini korsatishda tinish belgilari mazkur tamoyilga asosan ishlatiladi. Masalan, kitob muqovasida tire (Toshkent 2011 kabi), havolalarda vergul (Gafur Gulom, Tanlangan asarlar, Toshkent, 1985 kabi) qoyiladi.
Ba'zan muallif va uning asari, matbuot nomlari qisqartirilib, unda tinish belgisidan foydalaniladi: Navoiy N.; Oybek O.; Abdulla Qahhor A.Q.
Kop hollarda farmon va qarorlarda tire har bir gap oldidan qoyilib, numerativlik vazifasini ham bajaradi, bunda ham farqlovchi tamoyilga asoslaniladi.
Umuman, hozirgi ozbek tilida tinish belgilari uch tamoyil logik-grammatik, uslubiy va farqlovchi tamoillar asosida qollaniladi. Bulardan logik-grammatik tamoyil yetakchi bolib, keyingi ikki tamoyil shunga asoslanadi yordamchi tamoyil.
Hozirgi ozbek tilida tinish belgilari, ularning nomlanishi va shakli quyidagicha: