Jabbor оmоnturdiyеv аnvar оmоnturdiyеv hоzirgi O’zbеk аdаbiy tili



Yüklə 0,97 Mb.
səhifə40/50
tarix07.01.2024
ölçüsü0,97 Mb.
#209926
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50
on atoli maruza saqlab qoy zor

NOMI

SHAKLI

1.

Nuqta

.

2.

So’roq belgisi

?

3.

Undov belgisi

!

4.

Nuqtali vergul

;

5.

Ko’p nuqta

...

6.

Vergul (qo’sh vergul)

, ,,

7.

Ikki nuqta

:

8.

Tire (qo’sh tire)



9.

qavs (qo’sh qavs)

( )

10.

Tirnoq (qo’sh tirnoq)

“”



TINISH BELGILARINING VAZIFASI
reja:
1. Nuqta va uning qo’llanish o’rinlari.
2. So’roq belgisi va uning qo’llanish o’rinlari.
3. Undov belgisi va uning qo’llanish o’rinlari.
4. Nuqtali vergul va uning qo’llanish o’rinlari.
5. Ko’p nuqta va uning qo’llanish o’rinlari.
6. Vergul va uning qo’llanish o’rinlari.
7. Ikki nuqta va uning qo’llanish o’rinlari.
8. Tire va uning qo’llanish o’rinlari.
9. Qavs va uning qo’llanish o’rinlari.
10. Qo’shtirnoq va uning qo’llanish o’rinlari.
11. Punktuatsiyaga doir amaliy mashg’ulot namunalari.
NUQTA VA UNING QO’LLANISH O’RINLARI
1. Tuzilishidan qat'i nazar, tinch ohang, oxiri pasayuvchi, so’nuvchi intonatsiya bilan aytiladigan gaplar (darak gap)ning oxiriga nuqta qo’yi-ladi. Bunday ohang "nuqta" ohangi deb yuritiladi: Tong shabadasi g’ir-g’ir esa boshladi. (O.) Erta bahor. Daraxtlar uyg’ona boshlagan. (U.)
2. Orzu-istak, iltimos, maslahat ko’rinishidagi buyruq gaplarning oxiriga nuqta qo’yiladi: Jonajon vatan, mehring men qalbimga jo etsam. (Kamtar) Sabo, arzimni yetkur, mohitobon bir kelib ketsin. (H.H.)
3. Remarka ko’rinishidagi gaplar oxiriga nuqta qo’yiladi: Shohista. (asta) Hamdam aka, Hamdam (aylanib orqasiga qaraydi va Shohistani ko’radi.). Shuningdek, davomi bor. boshi 3-sonda. tipidagi iboralarning oxiriga ham nuqta qo’yiladi.
4. Numerativlar bilan sanab ko’rsatilgan gaplarning oxiriga ham nuqta qo’yiladi: Paxta yig’im-terimiga faol ishtirok etgan quyidagi talabalar mukofotga takdim etilsin:
1. Do’stov Norboy – o’zbek filologiya yo’nalishining 3- kurs talabasi.
2. To’xtayev Xo’jayor – o’zbek filolotiya yo’nalishining 1- kurs talabasi.
3. ...
Reja:
1. Til sinfiy emas.
2. Til jamiyatning ko’rash va rivojlanish qurolidir.
3. ...
5. Darak gaplardan tashkil topgan sarlavhalar oxiriga nuqta qo’yi-ladi: Paxta nobudgarchiligiga qarshi kurash xalq nazoratchilarining burchi. (gazeta)
6. Bosh harflar yoki bo’g’inlar bilan ko’rsatilgan shartli qisqartma-lardan so’ng: A. Navoiy, A.S. Pushkin kabi.
7. Havolada muallif nomidan keyin: G’.G’ulom. Tanlagan asarlar. –T.: 1985.
8. Matematikada nuqta ko’paytiruv alomati sifatida qo’llanadi: 2.2=4, 3.3=9
9. Ba'zan nuqta sanalarda, kun, oy va yillarni ajratish, murakkab sonlarni guruhlash uchun ishlatiladi: 20.XI.2010.; 01.03.2010.; 54.400.



Yüklə 0,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin