SOROQ BELGISI VA UNING QOLLANISH ORINLARI 1. Soroq mazmunini anglatuvchi gaplardan keyin qoyiladi: Motor-ning qayeriga oq tekkan ekan? Samolyot havoda yana qancha tura olishi mumkin ekan? Benzin baklari yorilib ketmasmikin? (kinojurnal-dan).
2. Matnlarda biron soz, jumla noaniqlik, gumon, anglashilmovchilik bildirsa, bunday soz yoki jumladan song soroq belgisi qavsga oralgan holda qoyiladi: Pomir toglari boylab qilingan ilmiy izlanish natijalari ham toplamdan joy olmaganligi (?) ajablanarli! ("F.T.")
3. Soroq gap bilan ifodalangan sarlavhalardan keyin soroq belgisi qoyiladi: Xojalik yilini qanday yakunlayapsiz? (radiodan) Oilaviy shirkat usuli qanday samaralar berdi? (radiodan)
4. Soroq olmoshlari soroq ma'nosi uchun ishlatilsa, ulardan keyin soroq belgisi qoyiladi: Toldiruvchi kimni? nimani? kim bilan? nima bilan? soroqlariga javob boladi.
UNDOV BELGISI VA UNING QOLLANISH ORINLARI 1. Emotsionallik ifodalaydigan, kuchli kotariluvchi, tolqinli ohang bilan aytiladigan gaplar oxiriga undov belgisi qoyiladi: Qanday qilay, sevinch sayratsa tilni! Bahor tuygulari yayratsa dilni! (U.) Bahor qanday maftunkor fasl!!! (U.)
2. Vokativ gaplar oxiriga undov belgisi qoyiladi: Qalandarov gulzorning narigi tomonidagi idoraga qarab: Eshon, hoy! – deb qich-qirdi. (A.Q.)
3. Emotsiya ifodalaganda, quyidagi soz-gaplar oxiriga undov belgisi qoyiladi:
a) undov sozlar: Uf! Qush edim, qanotimni qayirdilar... (H.H.) Attang! Attang! Biz gaflatda qolgan ekanmiz-da! (S.Ahm.);
b) rasm-odat undovlari: Teshaboy: Xormanglar, ho! Ovozlar: Bor bolinglar! Bor boling! Teshaboy: Balli! Rahmat! (U.)
v) kirish sozlar: Hammangiz ham bir varakay toy qilasiz! Tursun: Albatta! (U.) Chopiqda ham gayrat qildi. Ovozlar: Togri! Togri! (U.)
g) ha, xop, yoq sozlari: Xop! Xop dedik-ku! (K.Y.) Xo-osh! Yana nima kerak! (A.Q.) Yoq! Uning alamli qalbiga bular orom bera olmagan. (U.)
4. Emotsiya ifodalasa, nominativ gaplar oxiriga undov belgisi qoyiladi: Hayot!.. Sen bolmasang, yashash yoq bir on! Jamol: Shorim qursin! Sarvi: Dahshat! Shoista: Falokat! (U.) Saida... qop qora va yopishqoq bir narsaga toyrilib yiqildi. Qon!... Saida uyogini bilmaydi (A.Q.)
5. Infinitiv gaplar oxiriga undov belgisi qoyiladi: Ona mehridan judo bolish! Buning alam-hasratini aytib ado qilolmaysan. (T.T.)
6. Kuchli intonatsiya bilan aytiladigan undalmalar oxiriga undov belgisi qoyiladi: Quyidagi ikki holatni qiyoslang: Toxirjon aka! dedi entikib Saida. Kechiring, Tohirjon aka, ogzimdan chiqib ketdi. (A.Q.) Zamonamiz dadil qadamlar zamonasi-ku, qizim! (A.Q.)
7. Ritorik soroq gaplar undov ohangi bilan aytilganda undov belgisi qollaniladi: Nima bizga Amerika! Nima bizga uning sur'ati! (H.O.)
8. Emotsional buyruq gaplar oxiriga undov belgisi qoyiladi: Bunaqa savollar majlisda berilsin! Raisning ozi borida gapirilsin! (A.Q.) Marhamat, kiring! dedi Nosirov. (A.Q.)
9. Darak gaplar ham his-hayajon bilan aytilsa, oxirida undov belgisi qollaniladi: Ha, oq tamom bolibdi! deb oyladi ozicha (H.Sh.) Men kolxozni opichlab katta qilganman!... (A.Q.)