146
147
gi bosqichi boshida turgan, hozirgi zamon, uning o‘tkir
muammolari xususida bahs yurituvchi ikki yetuk asar –
Xurshid Dustmuhammadning «Jajman» hikoyasi va Ab-
duvali Qutbiddinning «Izohsiz lug‘at» dostonidagi milliy
ruhni o‘zida yorqin ifodalagan, milliy qadriyatlarimizning
o‘ziga xos timsoli deyishga loyiq nuroniy, donishmand
qariyalar obrazi ham buni tasdiqlab turibdi. Yoki Faxriyor
saylanmasining «Ayolg‘u» nomi bilan atalishi dam taso-
difiy emas. «Ayolg‘u» – qadim cholg‘u asbobining nomi;
lug‘atlarda qayd etilishicha, sof turkiy o‘lan, ashula, yal-
la, kuy, ohang, ta’sirli qo‘shiq degani. Avvalo, «Ayolg‘u»
nomi bilan atalgan dostonni, qolaversa,
shu nom bilan
chiqqan saylanmadagi boshqa doston va she’rlarni o‘qi-
sangiz, «sof modern» ko‘rinishidagi deyarli barcha asarlar
qa’ridan aks sado berib turgan qadim ayolg‘u navolarini
tuyib-eshitib turasiz. Bunaqasini boshqa biron xalq ada-
biyotidan topolmaysiz. Qisqasi, eng yaxshi, yetuk asarlar
ustidagi kuzatish, tahlillar asosida dadil aytish mumkinki,
o‘zbek modernizmi boshqalarga taqlid mahsuli emas, u
o‘ziga xos yo‘ldan boryapti, u milliy adabiy hodisadir.
Dostları ilə paylaş: