Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Ulug‘bek
HAMDAM:
Bugungi o‘zbek modern 
she’riyati da, umuman, o‘zbek adabiyotida «katta burilish» 
– ta’siri nafaqat san’at doirasida, balki jamiyat miqyosi-
da kutiladigan voqealarning deyarli sodir bo‘lmayotgani 
yuqorida u yoki bu munosabat bilan aytib o‘tilgan sabab-
larga bog‘liq ekanidan tashqari yana ikki ulkan omilga 
ham aloqadorligini ta’kidlash lozimga o‘xshaydi. Birinchisi, 
tashqi omil – jamiyat hayotining keyingi 10 – 15 yil mo-
baynida ko‘p qatlamli, ko‘p qiyofali mazmun kasb etishi 
oqibatida muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy toifaga 
mansub kishining o‘z qatlami darajasidagi ehtiyoj va qi-
ziqishlari shakllanganligi hamda adabiyot-san’atning ko‘p 
hollarda mazkur ehtiyoj va qiziqishlar ro‘yxatidan «tushib 
qolayotganligi» bilan izohlanadi. Boshqacha aytadigan 
bo‘lsak, garchi «adabiyot odamlari» orasida mo dern kay-
fiyat kechagi kunga nisbatan bir qadar barqarorlashgan 
esa-da, modern she’r muxlislarining soni, bari bir, juda-
yam ozchilikni tashkil qiladi. Raqamning «kambag‘alligi» 
modern she’rni tushunish o‘quvchidan xos bir adabiy tay-
yorgarlik, xos bir badiiy did taqozo etishiga ham bog‘liq, 
albatta. Hatto, aytish mumkinki, adabiyot-san’atga qaysi 
bir jihatdan bevosita aloqasi bo‘lgan o‘quvchigina bu-
gungi modern she’rning chin muxlisi. Odatda, talabning 
cheklanganligi taklifning kamtaronaligiga, yetarli miqdor-
da ommaviylashmasligiga olib keladi. O‘z-o‘zidan ma’lum 
bo‘lmoqdaki, bugungi o‘zbek modern shoirlarining el 
orasida an’anaviy shoirlarimiz – A. Oripov yo M. Yusufdek 
mashhur emasliklari g‘oyat
 
tabiiydir.
Ikkinchisi ichki omil bo‘lib, shoir shaxsi, bu shaxsning 
qismati bilan bog‘liqdir. «Shoir bo‘lib tug‘iladilar» de-
gan naql yuradi. Bu gapda hikmat bor. Chunki shoirlik 
haqiqatan ham qismat. Kishi shoirtabiat bo‘lib tug‘ili-
shi va andak adabiy ta’lim orqasidan binoyidek she’rlar 
mashq qilishi, hatto el og‘ziga tushishi mumkin. Aslida, 
shunday shoirlar ham kerak. Hammaning birdek «daho» 
bo‘lishi mumkin ham, shart ham emas. Biroq san’atda na-
voiylar bu tariqa paydo bo‘lmaydi. Navoiylarga fitratining 
shoirtabiatliligidan tashqari qismatining ham ayricha – 
chinakam ijodkornikiga monand bo‘lmog‘i

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin