184
185
Ulug‘bek HAMDAM:
Domla, negadir menga Abdu-
vali Qutbiddin va Faxriyor bilan Bahrom Ro‘zimuhammad
she’ riyati o‘rtasida ildizli tafovut borga o‘xshaydi. Birin chi
ikki shoir an’ana doirasida, an’ana zaminida turib moder-
nistik kashfiyotlarga intilayotgan bo‘lsalar (sizning yuqo-
rida «sof modern» ko‘rinishidagi
deyarli barcha asar lar
qa’ridan aks sado berib turgan qadim ayolg‘u navolarini
tuyib-eshitib turasiz» deganingiz bejiz emas), Bahrom
Ro‘zimuhammad ijodiyoti ko‘proq modernistik sohil to-
monida kabi. Chunki Abduvali Qutbiddin va Faxriyorga
dunyoni boshi va oxiri mavjud bus-butun olam o‘laroq
ko‘rish xos, binobarin, ular yaratayotgan badiiy dunyo iz-
chil mantiqiylikka, uzviy davomiylikka asoslangan bo‘lsa,
Bahrom Ro‘zimuhammad «dunyosi»ning haqiqatan ham
«oyog‘i
osmonda». Uning she’rlari Faxriyor va Abduva li
Qutbiddin asarlarida aks etgan «butun dunyo»ning so-
chilib ketgan siniqlaridek taassurot qoldiradi. (Axir, mo-
dernizmning mohiyati aynan inson ruhiyatidagi darzlar
orasida yashiringan-ku!) Bu o‘rinda gap qaysi she’riy
yo‘lning ustun yo quyiligida, yaxshi yo yomonligida emas
aslo! Masalani hech qachon bunday qo‘ymaslik kerak.
Gap shoirlarning fikriy o‘ziga xosligida,
dunyoni badi-
iy-estetik idrok etishidagi ayrichaligida. Hech shubha
qilmaymanki, agar shoir chinakamiga iste’dodli bo‘lsa,
har qanday yo‘sinda go‘zal, g‘oyat go‘zal ash’or bita ola-
di. Binobarin, badiiy tafakkurning realistik bosqichi ham,
modernistik bosqichi ham, jumladan, ularning o‘ziga xos
sintezi bo‘lmish modernistik realizm
24
(Faxriyor, Abdu-
24
Bugun jahon adabiyotshunosligida «metamodernizm», «metarealizm»
atamalari ishlatila boshlandi. Mazkur suhbat qurilgan
paytda nomlari zikr
etilgan atamalardan xabarsiz edik, lekin qiyos qilinganda shu atamalar
ostida kechayotgan jarayon nazarda tutilganligi ayon bo‘lmoqda – U.H.
vali Qutbiddin kabi yana ko‘plab shoirlarimiz shu uslub-
ga yaqinroq) bosqichi ham yuksak san’at
namunalarini
berishga qodirdir. Ha-ha, shoirning kuchi uning qaysi
«izm»ga mansubligida emas, balki shu «izm»
zamini-
da turib nima va qanday yoza bilganidadir. Ustoz, meni
yana shunday o‘ylar hech tark etmaydiki, o‘zbek modern
she’riyati XX asr o‘zbek an’anaviy she’riyati bergan «Ki-
shan kiyma, bo‘yin egma Ki, sen ham hur tug‘ilg‘onsen!»
(Cho‘lpon), «Sochiladi o‘ylarim sensiz, Xayolimga taroq
urgayman. Mening qo‘lim yetmagan yulduz, Tushlarimda
seni ko‘rgayman» (A. Oripov), «Uyg‘on, ay malagim, tur,
o‘rningdan tur, Otashin muzlarda isinaylik, yur!» (R. Par-
fi) kabi o‘zining o‘lmas misralarini hali yarata bilgani cha
yo‘q. Biz «mo dern she’r tabiati sal boshqacha bo‘ladi,
unga bu yanglig‘
talablar qo‘yib bo‘lmaydi» degandek
o‘nlab-yuzlab vaj-korson ko‘rsatmaylik, baribir,
adabi-
yotning san’atlik xususiyatini unutmasligimiz lozim. U
bizning estetik dunyomizni titratib yuboradigan asarlar
bergandagina chinakam badiiy hodisa haqida fikr yuri-
tishimiz mumkin.
Dostları ilə paylaş: