Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Rahimjon RAHMAT:
Ulug‘bek! Ancha yillardan bu-
yon o‘zbek adabiyoti olimlari va ijodkorlari orasida Yev-
ropa modern adabiyoti haqida ko‘p fikrlar aytilyapti. 
Hatto ilmiy ish qilayotgan olimlar ham «O‘zbek modern 
adabiyoti» degan atamani ishlatishyapti. «Absurd qah-
ramon» degan gaplar ham ko‘paygan. Ayrim olimlarimiz 
maqola yoki ilmiy ish yozsa, avval Yevropa modern ada-
biyoti haqida gapirib, keyin «o‘zbek modern adabiyoti» 
degan birikmani ishlatishadi. Paydo bo‘layotgan badiiy 
asarlardan modernizm unsurlarini, absurd qahramonni 
izlashadi. Hatto Yevropa modernizmi to‘g‘risida jiddiy-
roq maqola o‘qimagan, absurd qahramon nima ekan-
ligini bilmaydigan ayrim olimlar ham yangi zamon Yev-
ropa adabiyoti to‘g‘risida maqola yozmoqchi bo‘lishadi. 
Va ular o‘zlari sezmagan holda yangi paydo bo‘layotgan 
o‘zbek adabiyoti namunalarini Yevropa modern adabi-
yotining oqovasiga aylantirib qo‘yishadi. Aytmoqchi-
manki, ayrimlar nasrimizda paydo bo‘layotgan anchayin 
jiddiy yangiliklarni kimlargadir taqlid deb baholashyapti. 
Goho «falonchi o‘zbekning Kortasari, pistonchi o‘zbek-
ning Borxesi» degan gaplar quloqqa chalinib qoladi. Bu 
gapning tagida yangilanayotgan milliy nasrimizni kam-
sitadigan nozik ma’no bor.
Shuni unutmaslik kerakki, bizda adabiyot ijtimo-
iy-siyosiy o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda rivojlanadi 
yoxud turlanadi. Masalan, Cho‘lpon, Fitrat, Qodiriylar 
«Jadid adabiyoti» vakillaridir. Ularni shu atama bilan ata-
sak ma’qul bo‘ladi. Jadid adabiyotini harakatga keltirgan 
kuch esa, birinchi navbatda, jamiyatda yuzaga kelgan si-
yosiy-ijtimoiy g‘oyadir. Abdulla Oripov va Erkin Vohidov 
kabi ulkan shoirlarning paydo bo‘lishi ham o‘zbek milla-
tining o‘z-o‘zini anglash tuyg‘usi bilan bog‘liqdir. Kom-


194
195
munalari va ularning ijodiy uslubidan yaxshi xabardor. 
Yana aytamanki, Yevropa modernizmining vujudga ke-
lishiga muayyan ijtimoiy-ma’naviy va ilmiy muhit sabab 
bo‘lgan.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin