Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod


mavjud  adabiyotimizni modernizm degan ulkan hodisa osti



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

mavjud 
adabiyotimizni modernizm degan ulkan hodisa osti
-
ga bostirib dimiqtirib qo‘yish yaramaydi
deb o‘ylay-
man men. Unutmaylik: modernizm real tarixiy zaminda 
va konkret hodisalar tasirida yuzaga kelyapti.
Modernistlar vaqt, makon, tabiat tasviri, qahramon 
portreti, syujet chizig‘i va boshqa an’anaviy romanga 
xos unsurlardan chekinib, kichik bir detal bilan kifoya-
langan ko‘yi shu detalni universal ma’no tashiydigan 
ramzga aylantirishgan. Ilk bor Freyd kashf qilgan: ijod 
xuddi tush kabi botiniy ong (bessoznatelnost)ga safar-
dir. Botiniy ong esa ramzlar vositasida o‘z mavjudligini 
namoyon qiladi. Mashhur Kafka o‘z romanlaridan biri 
haqda gapirib, «bir kecha ko‘rgan tushim» deb atagan-
di. Real ongga xos mantiqiy, jo‘yali fikrlash orqali bo-
tiniy shuurdagi ma’no-mazmunni anglatib bo‘lmaydi. 
Shuning uchun modernist ijodkorlar so‘z tuzilishini ham 
o‘zgartirib yuborishgan. Modernistlar ilk bor o‘zini har 
jihatdan nochor va notavon his qiladigan, go‘yo yovuzlik 
qurshovida qolgan «kichkina» odamni asar qahramoni 
qilib tanlashgan. Aytmoqchimanki, o‘zbek adabiyotidan 
modernistik yo‘nalishlarni izlayotganlar bu adabiy oqim 
haqida haqqoniy va yetarli ma’lumotga ega bo‘lishlari 
lozim. Albatta, ijodkorlarimiz modernizm adabiyoti na-


196
197
yozishga ehtiyoj sezib turadi. U mavjud haqiqatni har 
doim bir xil uslub va ohangda aks ettirishdan zerikadi. 
Buning uchun keskin ijtimoiy-tarixiy sabablarning sodir 
bo‘lishi judayam shart emasdek. Demoqchimanki, hayot 
eng «tussiz» davrlarda ham shunchalar rango-rang va 
aql bovar qilmas mo‘jizalarga to‘laki, ijodkor uslubining 
turlanib turishiga hamisha imkon qolaveradi.
Aslida, bundan-da muhim gapim shuki, hamma izm-
lar, avvalo, realizm tufayli uning qarshisida mavjuddir. 
Realizm shohko‘cha bo‘lsa, romantizm, naturalizm, mo-
dernizm va postmodernizm kabi o‘nlab boshqa «izm»lar 
shu ko‘chadan boshlanuvchi, uning yon-verida uzanibgi-
na mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan yondosh ko‘chalar-
dir. Pirovard natijada ular yana shu bosh ko‘chaga kelib 
tutashadi. Shundagina ular ma’no kasb etadi. Ularning 
qimmati, ahamiyati faqat shohko‘chaning borligi va-
jidandir. Chunki ijodkor fantaziyasi har qancha uchqur 
bo‘lmasin, u o‘zini nechog‘lik modern hisoblab, shu 
ruhdagi asarlar bitishga chog‘lanmasin, baribir, yozgan-
lari alaloqibat o‘quvchi botinidagi reallik tuyg‘usi bilan 
muqoyasada baholanadi, o‘lchanadi. Avvalo, uning o‘zi 
ana o‘sha reallik tuyg‘usi bilan ish ko‘radi, tafakkur yu-
ritadi, qog‘oz qoralaydi. Bas, shunday ekan, realizm da-
raxt bo‘lsa, qolgan barcha «izm»lar (hozirgacha mavjud, 
hatto kelajakda nish uradigani – barcha-barchasi) uning 
ko‘pdan ko‘p shoxlaridir. Yoki realizm shunday zaminki, 
uning bag‘rida har xil daraxtlar misol ko‘plab «IZM»lar 
voyaga yetib turadi.
Bizdagi yangi (modern) adabiyotning milliy zaminda 
ildiz otganligi haq gap. Ha, bu adabiyot Yevropa mo-
dern adabiyotidan ko‘chirilgan nusxa yoki boshdan oyoq 
unga taqlid emas. U bizning an’anaviy yo‘limizdan bosh-
qacharoq shakl va mazmunga ega o‘z adabiyotimizdir. 
Shu ma’noda uni modern adabiyoti deyishimiz ham bi-
roz bahstalab. Bu atama shartli. Topa olsak, milliy ada-
biyotimizda qariyb so‘nggi yigirma yil mobaynida bo‘y 
ko‘rsatib, bugunga kelib qaddini tiklab olgan ushbu ada-
biy yo‘nalishga boshqa ilmiy-asosli nom berishimiz ke-
rak. Chunki, masalan, Rossiyada qariyb so‘nggi 30 yilda 
«metarealistik adabiyot» degan termin iste’molga kir-
di.
 
G‘arbda metamodernizm – potsmodernizmdan ke-
yin modernizm va postmodernizm qo‘shiluvidan paydo 
bo‘lgan adabiy oqim haqida mushohada yuritishmoqda.
XX asr muqaddimasidan ibtido olgan adabiyotimizni 
«Yangi o‘zbek adabiyoti» deb nomlaganmiz. O‘shanda 
ham nasr, ham nazmda tubdan o‘zgarishlar yuz bergan, 
ilk dramatik asarlar vujudga kelgan va bu chinakamiga 
yangi hodisa, yangi adabiyot bo‘lgan edi. Adabiy shakl-
lar asosan tashqaridan – o‘zga adabiyotlardan qabul 
qilib olingani ham haqiqat: roman, drama va yangicha 
she’r shakllarini (she’riyatning tarixiy turkiy ildizlari ham 
mavjudligi alohida masala!) eslang. Asr adog‘idagi yan-
gilanish esa bir qadar boshqacha tabiatga ega. Bunda 
shakl va mohiyatning o‘zi ichkaridan yorib chiqdi. De-
mak, tashqaridagi adabiyotga taqlidning hissasi o‘ta 
salmoqli bo‘lmagan. Chunki ijodkorning dunyoni badi-
iy-estetik jihatdan qabul qilishi va aks ettirishida ildizli 
o‘zgarishlar yuz berdi. Nazarimda, 

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin