Ulug‘bek HAMDAM: Mo‘tadil iqlim, uyg‘un muhit
bo‘lmasa, ko‘chirib keltirganingiz bilan, ko‘chat tomir
otmaydi. Shu ma’noda bugungi o‘zbek adabiyotidagi
yangi izlanishlarni o‘tgan asrning birinchi yarmida Yev-
ropada tug‘ilgan modernistik oqimning g‘arib taqlidi
deyish anchayin xom gap. Bir-biriga monand ijtimo-
iy-tarixiy davrlar kayfiyati o‘xshash adabiyotlarni vujud-
ga keltiradi. E’tibor qiling: dunyo folklorida qanchadan
qancha bir-biriga mengzaydigan qahramonlar mavjud.
Nima, ularning bari bittasidan ko‘chirganmi? Yo‘q, albat-
ta. Barcha mushtarak hodisalar ham «sayyor syujetlar»,
ya’ni ko‘chib yuruvchi syujetlar qolipiga tushmaydi. Ijo-
diy ta’sirlanish, albatta, bo‘ladi, lekin bu o‘rindagi eng
muhim omil millatlar tarixidagi siyosiy, ijtimoiy, madaniy
va psixologik muhit o‘xshashligidir. O‘xshash muhitlar
o‘xshash syujet chiziqlarini, o‘xshash adabiy qahramon-
lar-u ularning bir-biriga monand kayfiyatlarini dunyoga
keltiradi. Demak, Yevropaning modernistik adabiyoti
Yevropanikidir va bu adabiyot o‘z davrida o‘z vazifasini
o‘tab, asosan, o‘sha yerda qoldi. Bizdagi modern ada-
biyot kayfiyatiga Yevropa modern adabiyotining ijodiy
ta’siri (ko‘proq shakliy ma’noda) bor, albatta, lekin u mo-
hiyat-e’tibori bilan o‘z yurtimizdagi ijtimoiy-psixologik
o‘zgarishlar zaminida tug‘ilgan adabiy hodisa deya ba-
ralla ayta olamiz.
Modernizmning paydo bo‘lishidagi omillar hozir ko‘p-
chilikka ma’lum. Men boshqa narsaga e’tiboringizni
jalb etmoqchiman: ijodkor vaqti-vaqti bilan boshqacha
munistlar davlatining parchalanishi va mamlakatimiz-
ning ozodlikka erishishi bilan badiiy adabiyotda jiddiy
o‘zgarish sodir bo‘ldi. Diqqat qiling: ko‘p yillik adabiyo-
timizdagi yangilanishlar ijtimoiy-siyosiy hayotdagi yan-
gi tushunchalar bilan chambarchas bog‘liq. Modernizm
esa bevosita ilm, falsafa va jamiyat kishilari kayfiyatidan
o‘sib chiqqan. Albatta, bizlar ham butun dunyo ilmini
o‘rganishimiz, o‘rganganlarimiz asosida milliy badiiy ta-
fakkurda yangilanishlar qilishimiz lozim. Lekin