Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

 
zarur. Ulug‘
 
dard, mislsiz muhabbat, taskinsiz ulkan yo‘qotishlar, tu-
ganmas ruhiy evrilishlar, chidab bo‘lmaydigan iztiroblar... 
mana nimalar havodek kerak Katta Shoirga, Ulkan san’at-
korga!.. Biroq, kechirasiz, bu yog‘i
 
endi pesho na... Odam 
buyurtma berib baxtsiz bo‘la olmaydi, ataylab o‘zini o‘zi 
ruhiy qiynoqlarga, iztiroblarga, o‘pqondek yutib kelguv-
chi dard-munglarga giriftor eta
 
bilmaydi. Qismat!.. Shu-
ning uchun ham oramizda iste’dodlar ko‘p bo‘lishiga 
qaramay, daholar siyrak. Iste’dodning daho san’atkorga 
«aylanmog‘i» uchun ana shu do‘zaxiy azoblarni kechib 
o‘tmog‘i va, eng muhimi, tegirmondan butun chiqmog‘i 
shart! Ha-ha, shuncha evrilishlardan so‘ng ham botinida 
o‘z «men»ini butun saqlab qololgan iste’dodgina yana 
bir qadam ilgari tashlaydi – Ulkan San’atkorgina yozi shi 
mumkin
 
bo‘lgan durdonalarni yarata boshlaydi. Mana 
«Nima uchun hammamiz binoyidekmiz-u, oramizda 


182
183
navoiylar ko‘rinmaydi?..» degan achchiq savolning un-
dan-da achchiqroq javobi.
Jubert yuqorida eslangan kitobida Masset ismli mual-
lifning 1835-yilda yozilgan «May kechasi» deb nomlan-
gan she’rini keltiradiki, nazarimda, u ruhan aytilganlarga 
monand tushadi:
Ishq to‘la ko‘ksidan oqar edi qon:
Dengizlar ustida behuda uchdi,
Sohillar bo‘sh edi, bo‘sh edi ummon.
Nihoyat, panjasin ko‘ksiga sanchdi...
Keltirdi yuragin palaponlarga.
Toshga yastangancha ojiz saqoqqush
Bo‘lasha boshlarkan so‘ngra parchani
Ulug‘ muhabbat-la qismat achchig‘in
Bostirib qo‘ygandek sezardi o‘zni
Va qonli to‘shiga boqardi bot-bot
Zavqdan va shafqatdan, dahshatdan sarxush...
(tarjima – bizniki)
Yanada ko‘p iztirob chekib yashagan shoir ham o‘z 
hayotini asarlar tariqasida qonga tashna o‘quvchilarga 
mana shu tarzda arg‘umon etadi deydi fransuz olimi 
she’rni tahlil etarkan. Albatta, bu misolda kimdir ortiq 
darajadagi mubolag‘ani ko‘rar, kimdir boshqa fikr aytar, 
lekin nima bo‘lganda ham, haqiqiy shoir-ijodkor taqdiri 
ba’zan chindan ham saqoqqush qismatini yodga sola-
di. Shu ma’noda oramizdan navoiylarning chiqmagani 
sabablaridan biri sho‘rlik saqoqqushning achchiq qis-
matidek qismatni kamdan kam, noyobdan noyob ijod-
kor o‘ziga ravo ko‘rishidadir. Bas, shunday ekan, haqiqiy 
shoir, umuman, san’atkor, avvalo, Ulug‘ Dardmanddirki, 
men unga havas qilishdan, sharafiga sanolar o‘qishdan 
oldin dardiga Yaratgandan shifo tilagan bo‘lardim. Ha, 
chinakam shoirlar (e’tibor bergan bo‘lsangiz, butun suh-
batimiz davomida men «san’atkor», «ijodkor», «shoir» 
so‘zlari oldiga «chi nakam», «haqiqiy» degan sifatlarni 
bot-bot qo‘shib qo‘yishga majbur bo‘ldim, o‘ylaymanki, 
izohga hojat yo‘q!) oramizdagi eng kasalmand, «sog‘lar 
orasidagi nosog‘» kishilarkim, ularning dardi haqiqatan 
ham olamning dardi, odamning dardidir. Ularga hasad 
qilish esa, ko‘rinadiki, har qanday sog‘lom mantiqdan yi-
roq ahmoqona va razilona ishdek tuyuladi menga.

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin