Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Rahimjon RAHMAT:
Ulug‘bek! Bizning yozuvchilari-
miz o‘z mehnatlarini ro‘yobga chiqarishni yaxshi o‘rganib 
olishgani yo‘q. Bizlar bu masalada haliyam Muqimiyning 
izdoshimiz. Aytmoqchimanki, ijodkorlarimizning asarlari 
butun dunyoga millionlab tirajda tarqalmayapti. Og‘izga 
tushgan «Alximik» asarini bir necha marta o‘qib chiqdim 
va bu asar butun dunyoda nima uchun bu qadar shovqin 
solinib o‘qilganini unchalik tushunmadim. Hozirgi kun-
da yozuvchilarimiz «Alximik»dan ko‘ra yaxshiroq asarlar 
yozishyapti. Lekin ularning yozganlari do‘stlari, tanish-
lari va ilmiy jamoatchilik davrasidan nari chiqolmayapti. 


202
203
chiroyli va sifatli holda nashr etib, tarqalishi uchun cho-
ra-tadbirlar ko‘rmoq darkor. To‘rtinchidan, tarjima mod-
diy-ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanmog‘i zarur. Ja-
miyatda shunday tizimning mavjudligi va doimo ishlab 
turishi judayam-judayam asqotadi. Albatta, mazkur mu-
ammoning beshinchi, oltinchi, yettinchi yechimlari ham 
bor, lekin bir chetdan boshlansa, u yog‘i yurishib ketadi.
Rahimjon RAHMAT:
Hozirgi yaratilayotgan badiiy 
asarlardagi muhim jihat shuki, ular bir-biriga ozgina bo‘l-
sa ham o‘xshamaydi. Bu narsa ko‘ngilda umid uyg‘otadi. 
Deylik, Qodiriydan boshlangan milliy o‘zbek prozasida 
muayyan ijtimoiy-siyosiy muhit sabab to 90-yillargacha 
ifoda uslubi va mavzuda jiddiy yangilik deyarli kuzatil-
madi hisob. 90-yillardan keyin esa biri ikkinchisinikiga 
o‘xshamagan uslubga ega bo‘lgan yozuvchilar ko‘zga 
ko‘rina boshladi. Bu jarayonning tezlashishi ijodiy erkin-
lik bilan bog‘liq bo‘lsa kerak.
Ulug‘bek HAMDAM: 
Ko‘nikib qolib, ahamiyatini 
bir qadar unutgandek bo‘lyapmiz, aslida, ijodiy erkinlik 
– ijodkor uchun hayot-mamot masalasi. Bugun yaxshi 
yozolmayotgan yoki umuman yozmayotgan yozuvchi
shoir va dramaturg bo‘lsa, avvalo, o‘zidan o‘pkalasin. 
Chunki uning boshi ustida hech kim «manavinday yoz, 
anavinday yozma» deb mafkuraviy qamchi o‘ynatib tur-
gani yo‘q. Mavzu tanlash va uni yoritishda hozir ijodkor 
emin-erkin. Chinakam ijod uchun shu erkinlik qarshisida 
qolgan barcha vaj-korsonlar bahonadan boshqa narsa 
emas. Chunki ijodiy erkin bo‘lmagani tufayli ham vaqtida 
Qodiriy, Cho‘lpon, G‘. G‘ulom, Oybek, H. Olimjon, Mirte-
mir, Shayxzoda kabi ulkan ijodkorlar o‘zlarini to‘liq namo-
yon qilolmadilar. Birgina Oybekning ijodiy potensialiga 
e’tibor qiling, uning eng yuksak adabiy cho‘qqilarni zabt 
Men ham orzu qilardim: o‘zbek yozuvchilarining asarla-
ri butun dunyoda besh millionlab nusxada tarqalsa. Bu 
narsani amalga oshirish uchun reklama va biznes degan 
tushunchalarni bilib olish kerakmi deyman-da. Shuning-
dek, butun dunyo bilan adabiy aloqani kuchaytirish lo-
zim deb o‘ylayman. Ingliz adibi yozgan oddiy detektiv 
asar 10 million nusxada butun olamga tarqaladi. Xo‘sh, 
nima uchun bizning yozuvchilarning asarlari To‘ytepa-
dan nariga o‘tolmaydi?

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin