Jahon adabiyoti: mod е rnizm va postmod



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/75
tarix01.12.2023
ölçüsü1,46 Mb.
#170592
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75
645386160c74f MODЕRNIZM VA POSTMODЕRNIZM

Ulug‘bek HAMDAM: 
Haqqast rost. Nazarimda, XX 
asr o‘zbek she’riyati o‘zining sifat darajasiga ko‘ra jahon-
ning istalgan ilg‘or she’riyati bilan yonma-yon tura oladi. 
Nasrimizda ham, barmoq bilan sanarli bo‘lsa-da, shun-
day asarlar bor. Afsuski, o‘zbek ijodkorlari asarlarining 
xorijdagi mutolaasi ko‘ngildagidek emas. Xo‘sh, o‘zbek 
adabiyotining dunyo bo‘ylab yaxshi o‘qilishi borasida 
nimalar qilish lozim? Birinchidan, yurtimizning iqtisodiy 
va ma’naviy jihatdan havas qilarlik pog‘onalarga yetish-
mog‘i yo‘lida bor imkonimizni sarflamog‘imiz joiz. Bun-
ga hamma, yettidan yetmishgacha safarbar bo‘lmog‘i 
kerak. Jumladan, ijodkorlar ham. Nega? Chunki iqtisodiy 
va ma’naviy barkamol bo‘lgan mamlakat hamma vaqt 
e’tiborni tortadi. E’tibor esa alaloqibat uning adabiyo-
tiga qiziqishga olib keladi. Ikkilamchi, tarjimon masalasi. 
O‘zbek va chet tilining butun badiiy tovlanishlari bilan 
barobar biladigan mutarjimlar avlodini tarbiyalash lo-
zim. Ular yana ijodkor bo‘lishlari shart. Chunki asar ba-
diiyatini nozik va teran his qilmasdan uning asliyatda-
gi tarovatini berish amrimahol. (Cho‘lpon, U. Nosirning 
Pushkin va Lermontovdan, E. Vohidovning Gyote va Ye-
senindan, A. Oripovning Dantedan qilgan tarjimalarini 
eslang!) Uchin chidan, sara asarlarni tanlab tarjima qilish, 


204
etgulik kuch-qudrati mafkuraviy tushovlar bois yuzaga 
chiqmay, soqov tilning ortida – botinda qoldi, shunday 
ketdi ham. Bugun biz ana shunday achchiq saboqlarni 
yodda tutmog‘imiz va imkonimizdagi mavjud ijodiy er-
kinlikdan maksimal darajada istifoda etmog‘imiz darkor. 
Siz aytayotgan uslubiy rang-baranglik, shak-shub hasiz, 
ijodiy erkinlik deb atalgan ne’matning dastlabki shirin 
mevalaridir. Adabiy bog‘imizning keng, undagi mevali 
daraxtlarning xilma-xil bo‘lishi kelajakda millatimizning 
eng botindagi ijodiy quvvatlarini ham harakatga keltirib 
yuborishiga ishonaman.
2010-yil mart
QIYOFALAR 
MAZMUNI


207
Sanjar NAZAR:
Nazarimda, yuksak ideallarga talpinish 
va go‘zal tuyg‘ularning tubida, asl mohiyatida o‘ta pri mitiv 
maishiy ehtiyojlar yashirindek. Biz bu ehtiyojlarni allaqa-
chonlardan beri o‘z nomi bilan atamaymiz. Ularni chiroyli, 
jimjimador atamalar ortiga yashirganmiz yoki asl nomlari-
ni unutib yuborganmiz. Masalan, aslida, millat, e’tiqod yoki 
maslak atrofida birlashishdek balandparvoz harakatlarning 
ostida «jamoa narsissizmi» deb ataladigan ruhiy holat yo-
tishi yoki vatanparvarlik bir paytlar g‘orda yashagan bobo-
kalonimizning o‘z oshyonini xarsang bilan berkitishining 
chiroyli takrori ekanligini hech birimiz qabul qilishni xoh-
lamaymiz. Negaki ehtiyojlarni o‘z nomi bilan atash oliyna-
sabligimiz va boshqa ulug‘vor sifatlarimizga soya tashlaydi.
Maqsadga o‘tsam, nazarimda, barcha san’at turlari, 
shu jumladan, she’riyat ham insoniyatga butun taraqqi-
yot da vomida yo‘ldosh bo‘lib kelayotganiga sabab uning 
mohiyati da yashiringan
 
ehtiyojga bog‘liqdek. Siz bu fikr-
ga qo‘shilasizmi? Qo‘shilsangiz, she’riyatning asosida 
qanday ehtiyoj(lar) turibdi deb hisoblaysiz?

Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin