200
201
daryo deydi xalqimiz. Ijodkorning yuragi to‘lib-toshib
oqquvchi daryoga aylanmaguncha undan o‘quvchi bah-
ra topmaydi.
Boshqa tomondan, ta’kidlaganingizdek,
tamaddun taraqqiyoti silsilasida jiddiy yangilanishlar ya-
sagan ilmiy kashfiyotlardan boxabarlik bugungi ijodkor
uchun namozdagi farz darajasida bo‘lmog‘i kerak. Chun-
ki yozuvchi yo shoir har qancha iste’dodli bo‘lmasin, o‘z
kuchini ana o‘shanday ixtirolar bilan charxlab turmasa,
ildiziga suv yetib bormaydigan daraxtdek sekin-asta
qovjiray boshlaydi. Taxminan o‘ttiz-qirq yoshgacha yoz-
ganlari ko‘zlarga surtib o‘qiladigan, keyingi qoralamala-
rining qiymati haminqadar bo‘lgan ijodkorlarimiz ozmi?..
Nega? Chunki, avvalo, ulardagi zaxira sob bo‘lgan. Yana
bir muhim jihat shuki, ijodkor o‘z yuragining pokligiga
ahamiyat bermog‘i, binobarin, o‘z
qalbining bir umrlik
sadoqatli qo‘riqchisiga aylanmog‘i shart. Qorayib ket-
gan yurak bilan nafaqat zo‘r, balki miyona asar yozish
ham mushkul. Yozish san’atining ko‘pdan ko‘p sir-u as-
rori tagiga yetgan, tizgan satrlarida nainki stilistik, balki
bironta orfografik xato uchramaydigan ijodkorlarimiz
bor. Shakldagi san’atlariga
tasanno deymiz, lekin, ne
yoziqki, ularning aksariyatida mazmun to‘piqqa ham
chiqmaydi, asardan vulqondek otilib chiqib, o‘quvchi
yuragiga to‘g‘ri borib uriladigan badiiy zarb yo‘q, xud-
di qishda tumanlar aro xira ko‘rinib turgan quyoshdek
taftsiz, nursiz. Ular barpo etayotgan adabiyot, tanqidchi
A. Otaboev ta’biri bilan aytganda, «masxaraboz mingan
yog‘och ot»ga o‘xshaydi. Demak, bunday «vosita» bi-
lan birmuncha vaqt tomosha ko‘rsatib, odamlar e’tibo-
rini tortish mumkin, xolos,
lekin u bilan biron manzil
ko‘zlanib safarga chiqilmaydi. Ayni damda, ko‘ngilga
umid baxsh etguvchi nosirlarimiz ham bor: siz qayd
etgan nomlar qatorida S. O‘nar, N.
Jaloliddin, A. Yo‘l-
dosh, L. Bo‘rixon, Sh. Ah me dov, Z. Qurolboy qizi kabilar
jiddiy asarlar yaratish yo‘lida urinayotgandek tuyuladi.
«O‘zAS» sahifalarida berilgan E. A’zamning «Stupka» va
X. Do‘stmuhammadning «Qichqiriq» nomli hikoyalari
jiddiy adabiy jamoatchilikda ijobiy rezonans uyg‘otdi.
«Tafakkur» jurnalida N. Muhammad Raufxonning «Chil-
la», «Sharq yulduzi»da «Etakdagi kulba» nomli ramziy
hikoyalari chop etildi. «Bahouddinning iti», «Qultoy»
(N. Eshonqul) – zo‘r hikoyalar. Kamnamo va kamsuqum
N. Boqiydan ham katta badiiy kashfiyotlar umid qilsak
arziydi. «Suratdagi ayol» hikoyasi bilan yangicha yozish
mumkinligini isbot qilgan Sh. Hamroni esa yana qalam
tebratishga undaymiz. Xullas, nazar solsak, nasrimiz
ufqlari yorisha boshlagan. Boshqacha bo‘lishi mumkin
ham emas-da. Chunki biz keyingi 20 – 25 yil mobayni-
da chindan-da jahonshumul ijtimoiy-tarixiy evrilishlarni
boshdan kechirdik, endi uni badiiy idrok qilish, anglash
va his etish davriga kirib keldik. Ro‘yobga chiqqan ish-
lar – hali xamir uchidan patirdek gap. Asosiylari oldin-
da.
Har holda, menga shunday tuyulmoqda.
Dostları ilə paylaş: