(Sharq yulduzi. 1990. №10. – d.11).
Mustamlaka zulmi ostida ezilgan, aldangan, yomon
xatolar qilgan, bor-u budidan ayrilgan odamga shoir
avval balanddan kelib dahshatli ayblar qo‘yadi, bit va
qurbaqalar timsolida uning qiyofasiga jirkanch tus bera-
di. So‘ng ayb faqat odamning o‘zida emasligini, tuzum,
muhit ham aybdor bo‘lganini tushungani uchun «Esiz-
gina odam!» deb unga chin dildan achinadi. Nihoyat,
«Kechikmadikmikin Odamni qutqarmoqqa?!» degan
savol bilan o‘z maqsadini anglatadi. Katta harf bilan
yoziladigan Odamni qutqarmoq esa ezgu maqsaddir.
Shu tarzda dostonga insonparvarlik ruhi qaytib keladi.
Afsuski, dostonning biz keltirgan ayrim satrlaridan
yosh olima Nargiz Mamatqulova «Modern she’ri-
yatda yangicha talqin» degan maqolasida butun-
lay bosh qacha xulosalar chiqaradi. Anglashilmovchi-
lik kelib chiqmasligi uchun N.Mamatqulova ko‘chirma
olgan satrlarini bu yerda takroran keltirishga to‘g‘ri
keladi: «Ko‘zingdan, burningdan bitlar chiqmoqda-
lar amal-taqal qilib, og‘zingdan semirib ketgan qur-
baqa zo‘rg‘a tushayotir – kekirtagingni yorib yuborar».
Bu xunuk va estetikadan yiroq satrlarni N.Mamatqulova
modern she’riyatining yangicha talqini sifatida maqtay-
di. «Bu satrlarda, – deb yozadi olima, – millatga nisbatan
katta ayblov mavjud. Millatning ruhiy tarqoqligi va ha-
sharotlar kabi maydalashuvi, qisqasi, ulkan bir fojia tas-
virlanadi» (Yoshlik. 2003. №4. – Б.29).
Yuqorida biz keltirgan satrlarda gap millat haqida
emas, mustamlaka zulmi ostida ezilgan, aldangan, xato-
lar qilgan odam haqida boradi. Shoir bu odamga achi-
nadi, hamdard bo‘ladi, uni qutqarishni o‘ylaydi. Modern
she’riyat tadqiqotchisi esa bu odamni o‘zgartirib, butun
270
271
bir millatga aylantirib yuboradi. Alohida odamga taal-
luqli ayblovlar butun millatga taalluqli bo‘lib chiqadi.
Go‘yo bu misralarda millatning tarqoqligi va hasharotlar
kabi maydalashuvi, qisqasi, ulkan bir fojia tasvirlangan
emish!
Mustamlaka zulmiga qarshi kurashda A.Qodiriy va
Cho‘lpondan tortib Madaminbekkacha, Munavvarqo-
ri va Behbudiylardan tortib Fayzulla Xo‘jayevgacha,
o‘zbek adabiyotining jallodlariga qarshi isyon qilgan
Abdulla Qahhorgacha ming-minglab millatdoshla-
rimiz ozmuncha qahramonlik ko‘rsatdimi? Endi bu-
ning hammasini unutib, sho‘ro davrida yashagan mil-
latdoshlarimizni «hasharotlar kabi maydalashuv»da
ayblashga yosh olimaning qanday haddi sig‘di? Shoir
qizil va sariq shoqol zulmi ostida ezilgan, bulg‘an-
gan odamga achinib va hamdard bo‘lib yozgan satr-
larni butun bir millatga qarshi asossiz ayblovga ay-
lantirish milliy nigilizmning ashaddiy bir ko‘rinishidir.
Har bir millat tarkibida yaxshi va yomon odamlar bor.
Lekin butunicha yomon millat yo‘q. Ayniqsa, o‘z millati-
ga past nazar bilan qarash va unga adolatsiz ayblovlar-
ni ravo ko‘rish haddan ortiq katta ketish va kamtarlikni
unutishdan kelib chiqadi. Jeyms Joys mana shunaqa
katta ketish oqibatida o‘z xalqidan voz kechadi, butun
odamzodni «jinoyatchilar to‘dasi» deb qoralashgacha
borib yetadi, oxir-oqibatda nigilizm va intihosiz tush-
kunlik ta’sirida ko‘zi ko‘r bo‘ladi va 1941-yilda vafot eta-
di.
Ana shu davrda ijod qilgan fransuz adibi A.Kam-
yu tushkunlik va nigilizm to‘g‘risida quyidagicha fikr
bildiradi: «O‘ta tushkun ahvolga tushib qolganidan
shon-sharaf va or-nomusni ham unutib, zamonaviy ni-
gilizm botqog‘iga botib qolganlar bilan kurashar ekan-
miz, ular adashayotganini tushunishga harakat qili-
shimiz kerak. Biroq mening yurtimdagi va Yevropadagi
ko‘pchilik nigilizmni rad etgan va tarixni oqilona davom
ettirishga kirishib ketgan» (Jahon adabiyoti. 2002. №2.
– B.169). A.Kamyu: «Shon-sharaf va or-nomusni unutib,
zamonaviy nigilizm botqog‘iga botganlar», – deganda
kimlarni nazarda tutganiga izoh berib o‘tishimiz kerak:
Sovuq urush avjiga chiqqan davrda modernizmning
gumanizmga qarshi qaratilgan oqimi paydo bo‘ladi. Bu
oqim tarafdorlari «inson tabiatan yomon, uni ayamay
fosh etish kerak» deydilar. Angliyada Golding degan
adib «Nayza» nomli romanida antigumanizm g‘oyasini
targ‘ib qiladi. Jon Ueyn degan modernist tanqidchi bu
romandagi antigumanizmni qo‘llab-quvvatlab yozadi:
«Golding inson degan tushunchaning o‘zini inkor eta-
di. U har yangi romani bilan «gumanizm» deb atalgan
narsaga qarshi ayovsiz o‘q otadi».
Avangard modernistlar o‘z xalqlarining tarixidagi
shon-sharaf zarvaraqlarini inkor etadilar. Ular tarixni oy
nuri kabi haroratsiz narsa deb kamsitadilar va «Yo‘qolsin
oy nuri!» degan shior bilan chiqadilar. Bir vaqtlar sho‘ro
davrining proletkultchilari «Yo‘qolsin eski adabiyot!
Yo‘qolsin Pushkin!» degan shior bilan chiqqan, lekin ora-
dan yillar o‘tib o‘zlari yo‘qolib ketgan edilar. «Yo‘qolsin
oy nuri!» degan modernistlar ham yillar o‘tgandan keyin
xuddi proletkultchilarning ahvoliga tushganini italyan
yozuvchisi Umberto Eko «Nomi Roza» deb atalgan ki-
tobda quyidagicha bayon qiladi: «Avangard modernizmi
tarixni inkor etadi, obrazni yo‘qqa chiqaradi, uni quruq
272
273
abstraksiyaga aylantiradi, oxiri oq qog‘ozning o‘zi qola-
di, surat chizganda xolstni teshik qilib «Tasvir mana shu»
deyishgacha borib yetadi». Umberto Eko fikrini quyida-
gicha davom ettiradi: «Avangard modernizm shu tarzda
tanazzulga uchrab to‘xtab qoldi, modernizmga xos ni-
gilizm tarixni inkor etdi, ammo o‘tmishni yo‘qotolmadi.
Endi modernizm o‘rniga kelgan postmodernizm tarixni
qayta idrok etib tasvirlamoqda» (Умберто Эко. Номи
Роза. Роман. – М., 1989. – С.461). Umberto Eko o‘zining
bu fikrini amalda isbot etadi, «Nomi Roza» deb atalgan
tarixiy-detektiv roman yozadi va uni postmodernizm
mahsuli deb ataydi. Bu roman qiziqarli syujet va aniq
tarixiy shaxslar tasviriga bag‘ishlangan. Unda, A.Kamyu
ayt anidek, tarixni oqilona davom ettirish tamoyili ko‘zga
yaqqol tashlanadi va shu sifatlari bilan Eko romani Joys
modernizmidan keskin farq qiladi. Yaqinda o‘zbek tiliga
tarjima qilingan braziliyalik yozuvchi Paulo Koeloning
«Alkimyogar» romani ham postmodernizmning an’ana-
viy modernizmdan farqi katta ekanini ko‘rsatib turibdi.
Joys romanlaridagi dindan qaytish, vatandan voz ke-
chish, nigilizm va tushkunlikka berilish «Alkimyogar» ro-
manida mutlaqo yo‘q. Aksincha, bu romanda zamon va
makon aniq ko‘rsatiladi, syujet yorqin insoniy taqdirlar
asosiga quriladi, imon-u e’tiqodli, taqdirga ishonadigan,
ma’naviy hayot kechiradigan odamlar bosh qahramon
qilib olinadi. Bu hammasi mumtoz realizmga xos eng
yaxshi ijodiy tamoyillarni esga soladi. Postmodernizm
nazariyachisi Jon Bart XIX – XX asrlardagi mumtoz rea-
listik adiblar tajribasi bugungi postmodernizm yozuvchi-
lari tomonidan hisobga olinayotganini maxsus ko‘rsatib
o‘tadi.
Xullas, modernizmning avangard kabi turlari rea-
lizmga qarshi borib yengildi va tanazzulga uchradi.
Buni amalda ko‘rgan postmodernistlar mumtoz rea-
lizmga qarshi turishdan voz kechdilar. Taraqqiyot spi-
ral shaklida aylanma yo‘ldan borishi ma’lum. Postmo-
dernistlar shu spiral bo‘ylab mumtoz realizm yo‘liga
qaytayotganday ko‘rinadi. Faqat bu orqaga qaytish
emas, balki spiral bo‘ylab yuqoriga ko‘tarilish bo‘lishi
mumkin.
Mana shu kelajakni A.Kamyu o‘tgan asr o‘rtalarida
oldindan ko‘ra bilgani uchun ijodkorlarni tushkunlikka
tushmaslikka, zamonaviy nigilizmga berilmaslikka da’vat
etgan edi. Kamyuning Nobel mukofotini olishi muno-
sabati bilan so‘zlagan nutqi o‘zbek tiliga tarjima bo‘lib,
«Jahon adabiyoti» jurnalida chop etilgan. Ana shu das-
turiy nutqda A.Kamyu «san’at – san’at uchun» deb faqat
tor doiradagi shinavandalarga mo‘ljallab yozilgan, tu-
shunilishi qiyin bo‘lgan asarlarga o‘z munosabatini qu-
yidigacha bildiradi: «San’at ijodkorlarning o‘z qobig‘iga
o‘ralashib qolishiga yo‘l qo‘ymaydi. San’at azob-uqubat-
lar va quvonchlarning keng qamrovli tasvirini yaratish
orqali iloji boricha ko‘proq odamlarga ta’sir qilish usu-
lidir» (Jahon adabiyoti. 2002. №2. – B.168). Z.Pardayeva
kabi adabiyotshunoslarimiz esa hamon o‘sha tushunili-
shi mushkul bo‘lgan boshqotirma uslubidagi «Kapalak-
lar o‘yini»ni «Adabiyotning yangi romani» deb reklama
qilishadi.
Alloma Ozod Sharafiddinov bir suhbatida modernizm-
ning krossvordga o‘xshash boshqotirmasini yoqtirmasli-
gini aytgan edi. Albatta, krossvord ham o‘z o‘rnida kerak.
Lekin Abdulla Qahhor adabiyotni atomdan kuchli deb
274
275
ta’riflagan, faqat uning kuchini o‘tin yorishga sarflash ke-
rak emas deb ogohlantirgan edi. Ustoz adibning shu fik-
rini quvvatlab, adabiyotning atomdan zo‘r kuchini kross-
vord yechishga ham sarflash kerak emas degimiz keladi.
«Boshqotirmasiz» ham yaxshi asar yozish mum-
kinligini Ulug‘bek Hamdamning yaqinda kitob bo‘lib
chiqqan «Muvozanat» romanida ko‘rish mumkin. Aka-
demik M.Qo‘shjonov romanga yozgan bosh so‘zida
uning katta qiziqish va qoniqish bilan o‘qilishi sabablari-
ni ochib beradi. Asarda chinakam romanbop taqdirlar va
o‘ta dramatik voqealar yangicha tafakkur asosida jur’at
va mahorat bilan tasvirlanadi. Shaxsan men «Muvoza-
nat»ni so‘nggi o‘n yilda chiqqan o‘zbek romanlarining
eng yaxshilaridan biri deb hisoblayman.
Shu bilan birga, tushkunlikka tushgan va nigilizmga
berilgan an’anaviy modernizmning o‘rniga kelayotgan
va jahon bo‘ylab tan olinayotgan bag‘rikeng, ma’navi-
yati bor postmodernizmga nisbatan xayrixoh bo‘lishi-
miz kerak deb o‘ylayman. Bu fikrga isbot tarzida Xurshid
Do‘stmuhammadning «Bozor» romanini misol keltir-
moqchiman. Bu romanda imon-e’tiqodli odamlar bor.
Ayniqsa, bosh qahramon Fozilbekning taqdiri o‘quv-
chini qiziqtiradi. Yoshi yetilgan Fozilbekni ota-ona ham,
opa-singillar ham «Uylan» deb qistashadi. Fozilbek
mol-dunyoga to‘la bozorda uzoq izlanib yuradi. Uyla-
rida ham boylikning hisobi yo‘q. Boy oilalarning go‘zal
qizlarini unga ko‘rsatishadi. Lekin taqdir taqozosi bilan
yigitning ishqi ma’naviy boyliklar yig‘ilgan kitobxona
xodimasi, kamxarjgina oddiy juvon Qadriyaga tushadi.
«Bozor» romani «Alkimyogar»dan oldin bosilib chiqqan
bo‘lsa ham, Fozilbek obrazi nimasi bilandir Santyagoni
eslatadi. «Nimasidir» deganda biz har ikki romanda ham
ma’naviyat oliy qadriyat sifatida ko‘rsatilganini nazarda
tutamiz. Demak, postmodernizm asarlari ma’naviyatni
e’zozlashi va mumtoz realizmning oliy qadriyatlariga su-
yanishi bilan ham ko‘pchilik kitobxonlar diliga yo‘l topi-
shi mumkin.
* * *
Ma’naviyat mavzusiga qaytar ekanmiz, unga nisba-
tan qarama-qarshi qutbda turadigan absurd tushun-
chasiga duch kelamiz. «Ma’naviyat» «ma’no» so‘zidan
kelib chiqadigan yuksak qadriyat bo‘lsa, «absurd»
lug‘aviy jihatdan «ma’nosizlik» yoki «bema’nilik»ni
bildiradi. Hayotda bema’niliklar oz emas. Ularni ada-
biy asarlarda haqqoniy aks ettirish zarur. Faqat hayot-
dagi bema’nilik adabiy asarda tasvirlanganda uning
insonga behuda azob beradigan salbiy mohiyati ham
ochib berilishi kerak. Bu mavzuda eng yaxshi asarlar
yozgan adib yuqorida nomi aytib o‘tilgan Alber Kam-
yudir. Uning «Sizif haqidagi rivoyat» asari absurdning
qadim zamonlarga ildiz otgan hodisa ekanini ko‘rsa-
tadi. Qadimgi yunon qahramoni Sizifning mudom ba-
land tog‘ga tosh yumalatib chiqishi, tosh yana past-
ga yumalab tushganda uni qayta va qayta tog‘ga olib
chiqishi, yunon xudolari uni umr bo‘yi shu besamar
ish bilan shug‘ullanishga mahkum etganlari absurd
tushunchasining eng yorqin misolidir. Ikkinchi jahon
urushini boshidan kechirgan va fashizmga qarshi ku-
rash olib borgan Kamyu xalq orasida «jigarrang vabo»
nomini olgan fashizm balosini ham tarixning ulkan bir
absurd hodisasidek tasavvur qiladi. Yoshligi Jazoirda
276
277
o‘tgan Kamyu kichik bir shaharda kalamushlar ko‘pa-
yib ketib, vabo kasalligini qanday tarqatayotganini
ko‘rgan ekan. Shu yoshlik xotirasi ulkan bir majoziy
obrazga aylanib, adibning shoh asari sanalgan «Vabo»
romaniga asos bo‘ladi. Jahon urushi davrida butun
odamzodning o‘lim qurollari yasash uchun qilgan in-
tihosiz mehnatlari Sizifning azobiga o‘xshab ketgani va
millionlab begunoh odamlarning o‘limiga sabab bo‘l-
gani «dahshatli vabo» kabi bir absurd deb baholanadi.
Kamyu hali hayot bo‘lgan 1950 – 1960-yillarda odam-
zodni qirib tashlashga qodir bo‘lgan yadro qurollari
yaratilgani, sovuq urush va qurollanish poygasi avjiga
chiqarilgani ham romanda vabo tarqatuvchi jirkanch
kalamushlar kirdikoriga o‘xshab ketadi. Roman qahra-
monlari jonlarini xavf-xatarga qo‘yib bo‘lsa ham vabo
timsoli bo‘lgan yovuz kuchlarga qarshi fidoyilarcha ku-
rashadilar. Insonni vabodan qutqarishga qaratilgan bu
kurash Kamyu romanini teran bir insonparvarlik ruhi
bilan sug‘oradi. Kalamushlar tarqatayotgan vabo be-
ma’ni bir absurd bo‘lsa ham, bu vabodan inson zotini
qutqarish uchun olib borilgan kurash tufayli roman-
da yuksak gumanistik ma’no paydo bo‘ladi. Ya’ni ha-
yotdagi ma’nosiz absurdga yozuvchi o‘zining talanti,
mahorati va gumanistik e’tiqodi yordamida yangicha
bir ma’no baxsh etadi. Shu tarzda roman ma’naviyat
xazinasidan o‘rin oladi. Afsuski, Kamyuning absurdga
oid fikrlarini noto‘g‘ri talqin etuvchilar bor. Ular hayot-
da absurd bo‘lgani kabi, adabiyotda ham absurd asar,
absurd ijod bo‘lishi mumkin deb hisoblaydilar. Holbu-
ki, Kamyu hayotdagi absurdning g‘ayriinsoniy mohiya-
tini doim yodda tutishga undaydi. U absurd oqimiga
tushib nishabga qarab oqishni emas, balki absurd oqi-
miga qarshi suzish zarurligini quyidagicha ta’kidlaydi:
«Agar absurd tuyg‘usi bevosita harakat qoidasiga ay-
lantirilsa, unda bu tuyg‘u qotillikka ham befarq qaray-
di, uni joiz qilib qo‘yadi. Agar hech narsaga ishonch
qolmasa, agar hamma narsa ma’nosiz bo‘lsa-yu hech
narsaning qadr-qimmati bo‘lmasa, unda hamma narsa
mumkin – yovuzlik ham, yaxshilik ham joiz va ahami-
yatsiz bo‘lib qoladi» (Камю А. Избранное. – М., 1990.
– С.18). Ana shu holatga tushmaslik uchun A.Kamyu
insoniy haqiqatga suyanadi. Uning «Nemis do‘stimga
maktublar» asarida insonga ishonch g‘oyasi ilgari su-
riladi. «Bu dunyoning ma’nosini faqat inson izlaydi, –
deb yozadi u. – Bu dunyoda hech bo‘lmaganda bitta
haqiqat bor – bu inson haqiqatidir. Shuning uchun, av-
valo, insonni qutqarish kerak» (O‘sha manba. – C.18).
Kamyuning ushbu satrlarida insonga mehr va uni turli
azoblardan qutqarishga qaratilgan olijanob maqsad
bor. Endi shu nuqtayi nazardan shoir Husan Karvonli-
ning quyidagi she’riga ko‘z tashlaylik:
Men va sen, sen va u, u va men – garang.
Lohasmiz, bekasmiz, beshamol, bedil.
Hamma bir-birini yomon ko‘radi.
Nafratlar pishadi issiqda hil-hil.
(O‘zbek modern she’riyati. 2003. – B.115 – 116)
Bu satrlarda tushkunlik ruhi hukmron, «Men», «Sen»,
«U» – uch tomonda ham mehr-u oqibat yo‘q, ma’naviyat
yo‘q, ularning o‘rnini absurd bir nafrat egallagan, shu-
ning uchun hamma bir-birini yomon ko‘radi, hamma ga-
278
279
rang va lohas. Bu holdan chiqish yo‘lini har kim o‘zi bil-
ganicha ko‘rsatadi. Masalan, Nazar Eshonqulning «Yosh-
lik» jurnalida chop etilgan badiasida shunday she’riy fikr
bildirilgan:
Menga do‘st kerakmas dushmandan boshqa,
Muhabbat kerakmas nafratdan boshqa.
(Yoshlik. 2003-y. 3-iyun. – B.7)
Demak, Karvonlining she’rida hil-hil pishgan nafrat-
larni badia muallifi kerak deb hisoblaydi. Hatto «Mu-
habbat kerakmas nafratdan boshqa» degan so‘zlar bilan
nafratni muhabbatdan ham zarurroq sanaydi. Buning
sababini muallif quyidagicha izohlaydi: «Odam o‘ziga
do‘st ko‘zi bilan qarashi fikrning turg‘unligiga olib bo-
radi. Dushman ko‘zi bilan qarasa-chi? Muhabbat qo‘yil-
gan narsalarga nafrat ko‘zi bilan qarasa-chi?» Menim-
cha, bu savollarda absurd fikr olg‘a surilyapti. Chunki
normal odam o‘ziga dushman ko‘zi bilan qarayolmaydi.
Bobur mirzo «Jonimdin o‘zga yori vafodor topmadim,
Ko‘nglimdin o‘zga mahrami asror topmadim» degan
fikrining to‘g‘riligini butun ijodi va hayoti bilan isbot
etgan. Chunki odam o‘zini do‘st bilib, ichki do‘stga
isho nib, suyanib yashasagina nimagadir erishadi. Aks
holda, uning umri dilidagi dushman bilan olishib, doi-
mo bir hadik va xavotir ichida besamar o‘tishi mumkin.
Muhabbat qo‘yilgan nasalarga nafrat ko‘zi bilan qarash
ham ma’nosi yo‘q absurdga olib boradi. Qaysi normal
odam yoriga atalgan guldan nafis mehrini yoki ona va-
taniga atalgan iliq muhabbatini qahr-u g‘azab manbai
bo‘lgan nafratga almashtiradi? Kim uni bunga majbur
qila oladi? Buning juda mushkul ekanini badia mual-
lifi ham sezadi va: «Muhabbatning nafratga aylanishi
– fojiadir», – deb tan oladi. To‘g‘ri, muhabbatning naf-
ratga aylanishi fojia bilan tugashini, masalan, Shekspir-
ning «Otello» asarida yaqqol ko‘ramiz. Nega shuni bila
turib muhabbat qo‘ygan narsamizga nafrat bilan qa-
rashimiz va muallif aytgan fojiaga uchrashimiz kerak?
Badia muallifi bu savolga quyidagicha javob beradi:
«Fojia ruhni yangilaydi, qarashlarni o‘zgartiradi, yangi
voqelikni yaratadi, eskisini inkor etadi» (Yoshlik. 2003-y.
3-iyun. – B.7). Gap bu yerda teatr sahnasida ko‘rsatila-
digan fojia to‘g‘risida emas, hayotda voqelikni yangi-
laydigan fojia to‘g‘risida borayotir. Hayotda ko‘pincha
o‘lim bilan tugaydigan fojia qanday qilib ruhni yan-
gilaydi-yu, qay tarzda yangi voqelik yaratadi? Yangi
voqelik yaratilishi ulkan tarixiy jarayondir. Yangi voqe-
lik ko‘pincha inqilobiy o‘zgarishlar natijasida yaratilishi
tarixdan ma’lum. Biroq odamzod inqilobiy o‘zgarish-
lar fojiasini ko‘raverib rosa bezor bo‘lgan. Butun dun-
yo hozir tinch evolyutsion taraqqiyotni afzal ko‘radi.
Absurd nazariyasining asoschisi hisoblangan Kamyu
ham o‘sha mashhur nutqida inqilobiy tanazzullarni, xu-
doni yo‘qqa chiqargan mustabid mafkuralarni, ziyoli-
lari tubanlashib, nafrat va zulm malaylariga aylantiril-
gan o‘tmish davrlarni qoralaydi, adabiyot odamlarni
dushmanlikka emas, do‘stlikka da’vat etishi kerakligini
ta’kidlaydi: «Yozuvchining iste’dodi odamlarni birlas-
htirishga, ularning orasida totuvlik ko‘prigini qurish-
ga xizmat qiladi. Yozuvchi o‘z kasbining ulug‘vorligini
belgilaydigan ikki narsani imkon qadar bajarishga rozi
bo‘lishi kerak. Bular haqiqat uchun va ozodlik uchun
280
281
xizmat qilishdir» (Jahon adabiyoti. 2002. №2. – B.169-
bet).
Qarangki, A.Qodiriy va Cho‘lponlar o‘tgan asrda
haqiqat uchun va ozodlik uchun kurashga o‘z jonlarini
fido qilgan bo‘lsalar, ular bilan bir asrda yashab ijod et-
gan Kamyu ham haqiqat va ozodlik uchun xizmat qilish-
ni yozuvchilik kasbining ulug‘vor vazifasi deb hisoblaydi.
O‘ylaymanki, bizning hozirgi davrimizda ham nigilizmga
berilmasdan, ma’nosiz absurd oqimlariga tushib oqmas-
dan, A.Kamyu kabi inson zotini absurd azoblaridan xalos
qiladigan ma’nosi zo‘r asarlar yozish va shu yo‘l bilan ham
odamlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish yozuvchilik
kasbining eng ulug‘vor vazifasi bo‘lib qoladi. Tirik jonzot-
lar orasida faqat inson kitob o‘qiydi. Kitobdan ma’naviy
oziq olib yashash ehtiyoji inson zotini hayvonot dunyo-
sidan ajratib turadigan ulkan chegaradir. Shu chegara
buzilsa va inson ma’naviyatdan butunlay mahrum bo‘lsa,
yana orqaga – hayvoniy hirslar olamiga qaytib ketadi.
Mamlakatimizda ma’naviyatga juda katta e’tibor be-
rilyapti. Ma’naviyat markazlari barcha hududlarda ish-
lab turganligi, hamma ta’lim muassasalarida ma’naviyat
darslari o‘tilayotgani xalqimizning ma’naviy sog‘lom ha-
yot kechirishiga yordam beradi, yoshlarimizni chetdan
keladigan hayosizlik, ma’nisizlik va shafqatsizliklardan
ogoh qiladi, ularni insoniy mehr-u oqibat ruhida tar-
biyalashni maqsad qilib qo‘yadi. Ayniqsa, xalq dardiga
darmon bo‘ladigan va inson kamolotiga xizmat qiladi-
gan milliy adabiyotimizda eng samarali ijodiy izlanishlar
ma’naviy izlanishlar jarayoniga qo‘shilib boradi. Shaxsan
menga biron yangi narsa yozish nasib etsa, bu yo‘lda ki-
tobxonning ma’rifiy va ma’naviy ehtiyojini ozgina bo‘lsa
ham qondirish, unga mushkul tuyulgan muammoni tah-
lil va talqin etishda ko‘maklashish uchun o‘zimni burchli
sezaman. Ushbu badia ham ana shu burchni baholi qud-
rat bajarishga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: |