Mavzu bo‘yicha topshiriq savollari: 1. XX asr AQSh adabiyotida ijod qilgan yozuvchilarni sanab o‘ting.
2. Teodor Drayzer ijodida asosan qanday muammolar ko‘tarilgan?
3. «Yo‘qotilgan avlod» mavzusi deganda nimani tushunasiz?
4. E.Xemingueyning «Chol va dengiz» asarining asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
5. XX asrning so‘nggi choragi AQSh adabiyotida shaxs va jamiyat muammolari.
6. XX asrning ikkinchi yarmida Lotin Amerikasi adabiyotida ro‘y bergan “portlash effekti” ning ijtimoiy-siyosiy asoslari.
7. Pablo Neruda she'riyatining o‘ziga xosliklari.
8. Gabriel Markes ijodida “maftunkor realizm”ning namoyon bo‘lishi.
O‘N BIRINCHI MA’RUZA JAHON ADABIYOTINING ZAMONAVIY MUAMMOLARI REJA: Globalizm va adabiyot.
Adabiyotning kelajagi masalasi.
Internet adabiyoti.
Zamonaviy adabiyot va tarjima masalasi.
Yoshlar va sog‘lom adabiyot targ‘iboti.
Tayanch so‘z va iboralar: Globalizm va adabiyot, yangi izlanishlar adabiyoti, internet adabiyoti, zamonaviy jahon adabiyoti muammolari haqida olimlar, adabiyotning kelajagi, zamonaviy adabiyot va tarjima masalalari, sog‘lom adabiyot targ‘ibi. Globalizm va adabiyot. Texnikaning rivoji, umumiy taraqqiyot, ilmiy kashfiyotlar bu davr adabiyotiga jiddiy ta'sir ko‘rsatdi. XIX asrda Hindistonga inglizlar temir yo‘l qura boshlaganda braxmanlar norozi bo‘lib, bu bizning ruhiy ma'naviy dunyomizga daxl qilishdir, deya jon-jahdlari bilan qarshilik qilishgan edi. Shunga qaraymay, dunyoda umumiy taraqqiyotni to‘xtatib bo‘lma(y)di. Dunyoning holi ham shunga ko‘ra o‘zgardi. Olamni badiiy-estetik qabul qilishda ham jiddiy evrilishlar yuz berdi. yevropada realizm, tanqidiy realizm o‘rniga modernizm, postmodernizm kirib keldi. Nigohlar, ispan esteti va faydasufi O. Gasset aytmoqchi, 180 S ga burildi. Voqyealar tasviridan inson botini(ruhiyat)ning tasviri oldingga chiqdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan to shu kunlargacha realizm, tanqidiy realizm, estetizm, modernizm, postmodernizm oqimlari bir birining o‘rnini olib, biri ikkinchisiga xamirturish bo‘lib keldi. Nihoyat, bugun dunyoning kayfiyati yana bir boshqa turli. Unda ko‘pgina izmlarning nafasi seziladi. Shunga qaramay, keyingi bir necha o‘n yilliklarda jahonni o‘z domiga tortgan umumiy kayfiyatni globalizm deb atashmoqda. Globalizm adabiy oqim emas. Lekin u adabiy oqimlarga jiddiy ta'sir qiladi. Shuning ta'sirida dunyoni adabiy estetik qabul qilishda azim o‘zgarishlar yuz beradi.
Globalizm nima? Lotincha globus, ya'ni shar so‘zdan olingan bo‘lib, dunyo miqyosidagi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, diniy jihatdan o‘zaro ta'sirlashuv jarayonidir. Unda dunyo xo‘jalik tizimi o‘zgarib boradi. Bozor munosabatlari, mehnat taqsimoti, xalqaro aloqalar, madaniy munosabatlar, dunyoqarashlar o‘zaro integratsiyalashuv oqibatida jiddiy evrilishga yuz tutudai. Ayni damda, siyosiy va iqtisodiy globallashuv farqlanadi. Tarixchilar globalizmni kapitalizmning bitta davri deb qarasa, kulturologlar madaniyatning sharqlashuvi oqibati, deydi. manbalar bu so‘z ilk bor K. Marksning F. Engelsga yozgan xatida (1850 y. ) uchraydi: “Endi dunyo bozori haqiqatan ham bor. Koliforniya va Yaponiyaning dunyo bozoriga qo‘shilishi bilan globallashuv sodir bo‘ldi”.
Globalizm o‘z domiga tortgan dunyoda adabiyot o‘z mahallasi kayfiyatini kuylab, xotirjam bo‘lolmaydi. O‘zbek shoir “Ikki daryo oralig‘ida Qolib ketdi mening ovozim” (Abdulla Oripov) deb yozgandi. Endi insonni qiziqtiradigan, uning hayotiga ta'sir qiladigan maydon ikki qutb o‘rtasidir. Bugun shoir butun dunyo muammolarini kuylashga mahkum va majbur. Buni u atay qilmaydi, balki tabiiy ravishda ado etadi. Bugun dunyo siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik, psixologik jihatdan yaxlit arenaga aylanib ulgurgan.Natijada inson badiiy tafakkurida ham o‘zgarishlar sur'ati misli ko‘rilmagan darajalarda tezlashmoqda. Adabiyotdagi “izm”lar ham shunga ko‘ra tez tez yangilanib bormoqda. Chunki jamiyat kayfiyati yangilanmoqda. Jamiyat kayfiyati esa adabiyot yangilanishini taqozo etadi. Yangilanish adabiyotning tarzini, yo‘nalishlarini o‘zgartiradi, demakki, uning qarshisida yangidan yangi muammolarni paydo qiladi.