Jahon adabiyoti tarixi



Yüklə 2,24 Mb.
səhifə157/183
tarix26.10.2023
ölçüsü2,24 Mb.
#161590
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   183
Internet adabiyoti. XXI asr avvalidanoq internet keng yoyildi. Sekin- asta esa internet adabiyoti paydo bo‘lib, u ma'lum ma'noda an'anaviy, qog‘oz shaklidagi adabiyot o‘rnini egallay boshladi. 100-120 yil davomida doimiy chiqib kelgan gazeta-jurnallar jahonning ko‘pgina yirik mamlakatlarida XXI asrning ilk choragiga kelib yopila boshladi. Odamlarning qiziqishlari, ehtiyojlarida inqilobiy burilishlar sodir bo‘ldi. Natijada ma'lum muddat adabiyot va san'atga e'tibor susaydi. Ammo bu hodisalar birdaniga yuz bermadi, aksincha, uning kurtaklari o‘tgan asrning ikkinchi yarmida insonlar dunyoqarashidagi siljishlar bag‘rida nish urgan edi. Xususan, ana shu evrilishlarni boshidan kechirgan Fransiyada XX asrning 70-yillaridan keyin “she'riyat o‘ldi” deya ovoza qilishdi. Xuddi shunday e'tiroflar sobiq Ittifoq territoriyasiga XX asrning oxirgi 10 yilligi va yangi (XXI) asrning avvalida tilga tushdi. Masalan, internet adabiyoti portallarida shunday rasm paydo bo‘ldiki, u dunyoning adabiyotga bo‘lgan bitta kayfiyatini qisman o‘zida aks ettirar edi: qabriston, qabr toshiga “Stixi RU” deb yozilib, gul, aroq va gazak qo‘yilgan. Lekin bu surat dunyodagi xilma xil kayfiyatlarning hammasini to‘la qamrab ololmaydi. Chunki olam keng va u turfa axborot, turfa kayfiyatlar quchog‘ida nafas oladi. yer yuzining qaeridadir adabiyot so‘lib borsa, qaeridadir u qaddini tiklashi, yaproq yozib, meva tugishi mumkin. Shunga qaramay, zamonaviy dunyo bugun umumiy adabiy buhronni o‘z boshidan kechirayotganligidan ham ko‘z yumib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham XX va XXI asr o‘zbek shoirasi Zebo Mirzo “Gul davralar meniki emas, Mening uyim ko‘krak qafasim” deb yozadi. Bu misralar tagzaminidagi ma'no XX va XXI asr she'riyatiga bitta o‘zak chiziq bo‘lib tortiladi. Ya'ni inson (shoir) tashqaridan ichkari(botin)ga kirdi va u yerdan turib atrofni kuzata boshladi. Bungacha esa shoir tashqarida, u yerdagi umum ish bilan band edi. Nafaqat parchalanib ketgan sobiq Ittifoq territoriyasida, balki butun dunyo mamlakatlarida umumiy ahvol shunday edi. yevropada “ichkariga yurish” biroz oldinroq (Ikkinchi jahon urushidan keyin) sodir bo‘lgandi. Modernizm hodisasi shu tufayli tug‘ildi. Ispan esteti va faylasufi X.O. Gasset: Inson XX asrga kelib “ko‘z qorachig‘ini 180 S ga burib, ichkariga qaratdi” deydi. Uning shu fikri butun boshli jahon adabiyotidagi tub o‘zgarishlarning mazmun-mohiyatini yetarlicha ochib bera oladi. Bir tomondan qog‘oz shaklidagi adabiyotga talab ozayib borayapti, ikkinchi yoqdan esa she'riyatning internet sahifalarida ommalashib borayotganligi kuzatilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlar vositasida targ‘ib qilinayotgan adabiy janrlar orasida she'riyat peshqadam. Mas., ayrim shoirldarning instargramda 100.000 dan ziyod obunachilari bor. Obunachilar shoirlarning ham xuddi artistlar kabi shoular tashkil etishlarini yoqlab chiqishmoqda. Shu orqali shaharlar aro kezib, auditoriya to‘plab, o‘z she'rlarini jonli o‘qib berishmoqda. Buning uchun esa shoirlar o‘z ijodlarini internet orqali targ‘ib qilishadi. Internetda ayol she'riyati ham ommalashib bormoqda.

Yüklə 2,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   183




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin