Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari


Partiya dushmanga zarba tayyorlash uchun yashaydi. Bu



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari


Partiya dushmanga zarba tayyorlash uchun yashaydi. Bu 
masalada rangdor jumlalar ketmaydi. Kelinglar, ishchilarni yax-


155 
shiroq va tezroq qurollantirish to‘g‘risida o‘ylashaylik. Mening 
fikrimcha, bu yerda hamma masala haqida yetarlicha gapirildi. 
Biz yuborgan o‘rtoqlar bu vaqt ichida bizdan ko‘ra ko‘proq ish 
qildilar... Bizda qurol bor-u, lekin haligacha o‘q yo‘q. Bu narsani 
esdan chiqarmaslik kerak. “O‘qni alohida bosib olish, keyin bu 
yerga tashib keltirish kerak”, — deb qilgan taklifingizga men 
qarshiman. Ombor vokzalga juda yaqin, shu sababdan kichkina 
bir muvaffaqiyatsizlik — o‘qdan mahrum bo‘lishimiz uchun ki-
foya qiladi. Shuning uchun bo‘linma shu yerga to‘planadi va 
hamma omborga qarab yurish qiladi, qorovulni olib tashlab, o‘q-
xonani bosib oladi-da, qurol-aslahani qo‘lga kiritgach, shaharga 
hujum boshlaydi... Chobot qurol va o‘qlar yuklangan ikkita 
platformani zavodga haydab keltiradi. Qishloqda qurollanib 
ulgurmagan yoki qo‘shilishga botinmaganlarni qurollantiramiz. 
Tayanchimiz qishloq bo‘ladi. Bo‘linmaning ko‘pchiligi o‘sha 
yerdan olinadi. Gap — shu! 
Kovallo ma’qullab tomoq qirib qo‘ydi. 
— Afsuski, hozir o‘rtoq Patlay yo‘q bu yerda. Lekin ke-
chasi qutqazib olamiz, chunki shaharda dastavval hujum qiladi-
gan punktimiz qamoqxona bo‘ladi. Shunday qilib, o‘rtoqlar, 
masala hal. Men kengashmaning raisi sifatida hozirdan harakat 
boshlashingizni taklif etaman. Lekin hammamizda ishonch hosil 
qilish uchun aytib qo‘yinglar: shunga bo‘ysunasizlarmi? 
Chobot Rayevskiyga ranjigansimon qarab qo‘ydi. 
— Yana qanday shubha bo‘lishi mumkin? Nima, partiya 
intizomiga tushunmasmidik? 
Rayevskiy horg‘inlik bilan kulimsiradi. Stol yonida turdi 
va Metelskiyning oldiga kelib, qo‘lini do‘stlarcha uning yelka-
siga qo‘ydi. 
— Menga qarang, shifokor, yaradorlarni bog‘lashga kerak 
bo‘ladigan narsalarni topasiz, a? Axir, qon to‘kilmasdan bo‘l-
mas... 


156 
— Nimaiki kerak bo‘lsa, topaman. Hozir qayoqqa boray, 
buyuring? 
— Yosh bola bo‘lmang, Metelskiy. Hozir vaqti emas. 
Vokzalga borib, nemislarning qo‘yniga qo‘l solib ko‘ring. Te-
miryo‘l shifokori bo‘lganingiz uchun zobitlar bilan gaplasha ola-
siz. Biling-chi, kayfiyatlari qanday ekan Biz legionlar bilan to‘q-
nashganimizda nemislar qanday munosabatda bo‘lishlarini bil-
sangiz yaxshi bo‘lur edi. 
* * * 
Zinapoyaga hamma birga chiqdi. Kech kirmoqda, yomg‘ir 
yog‘moqda. Havo buzuq, rutubatli. 
— Havo yaxshi, — dedi Rayevskiy. — Xayr endi, o‘rtoq-
lar, soat to‘qqizga dovur ajrashamiz. Grigoriy Mixaylovich, sen 
o‘z depochilaring oldiga borib kel. Partiya a’zolaridan beshtasi 
bu yoqqa kelsin. Bu yerda tayanchimiz bo‘lishi kerak. Kimning 
quroli bo‘lsa, olib kelsin. Ana, qaldirg‘oching ham kelyapti! — 
deb Rayevskiy muloyimgina jilmaydi. 
Yuqoridan Olesya tushib keldi. 
— Dada, tayinlagan narsalaringning barisini qildim, — 
dedi Olesya hansirab. 
Olesya biroz yotsirar edi. Butunlay ivib ketgan ko‘ylagi 
badaniga yopishib qolganidan uyga kirishga intildi. 
— Shoshma, Raymond qani? — deb Rayevskiy uni tutib 
qoldi, 
— Ikki soatcha burun shaharda ajrashganmiz. Hozir pos-
yolkada. Yadviga Bogdanovna avvalgi uyingizga bir tugun qo-
g‘oz olib ketdi. Raymond: “Qamoqxona oldida beshta odam va 
bir pulemyot turibdi, aytib qo‘ying”, — devdi. Vorobeykoning 
oldiga kirib chiqdim: “Parovoz bo‘ladi”, — deydi, — Olesya 
shoshib-pishib bu so‘zlarni aytdi-da, lip etib uyga kirib ketdi. 


157 
— Yaxshi qizing bor-da, — dedi Chobot ichidan xo‘rsinib. 
Uning bolasi yo‘q edi. 
— Rahmat. Esizki, bittagina-da. Lekin o‘zi chakki emas, 
— Kovallo birdan shunday dedi-yu, qovog‘ini solib oldi. 
Yomg‘ir kuchaydi. Qiyalama tomchilar zinapoyaga kelib 
urardi. Metelskiy shlyapasini bostirib kiyib, rezinka plashiga 
burkanib oldi. 
— Ketdikmi? 
Rayevskiy ularni uychaga borguncha kuzatib turdi. Har 
tarafga ajrashib ketganlaridan keyingina uyga kirdi. 
Olesya kiyimlarini o‘zgartib, o‘z xonasidan Rayevskiy-
ning oldiga chiqdi. 
U ho‘l sochlarini siqa turib: 
— Hech narsa yemagandirsiz hali? — deb so‘radi tortin-
choqlik bilan. — Hozir kartoshka pishirib, achitilgan karam olib 
kelaman... Xurmachani pechkaga qo‘yib qo‘yish hech dadam-
ning esiga kelmaydi. Unga ovqat pishirib qo‘ygan edim-a, — 
dedi Olesya hazil aralash bir norozilik bilan. 
* * * 
Mogelnitskiy joni chiqib, o‘rma qamchisining uchi bilan 
etigining qo‘njiga tars-tars urmoqda edi. 
— Tezroq o‘ylang, pane Strumil! Kutib o‘tirishga vaqtim 
yo‘q. Shu tartibsizlikka yo‘l qo‘ygan sizsiz, endi o‘n daqiqa ichi-
da gudokni to‘xtatish yo‘lini topmasangiz, sizni otib tashlamasa 
deb qo‘rqaman. 
Edvard mexanikning tizzalari qaltiraganini ko‘rdi. U hatto 
Edvardning yuziga ham qaramadi. 
— Rahmingiz kelsin, pane polkovnik, menda nima gunoh, 
axir? 
— O‘zingizni oqlayvermang, yaxshisi, uni daf qilish yo‘li-


158 
ni aytib bering. 
— Men o‘ylagan edimki... 
— Yomon o‘ylagansiz, — deb Edvard uning so‘zini bo‘ldi 
Ular mashina bo‘limida turishgan edi. 
— U turgan yerga bug‘ haydalsa bo‘lmasmikin? 
Strumil umidsizlik bilan xo‘rsindi: 
— Mashina bo‘limini berkitib qo‘ygan-da. 
Birdan og‘zini karrakday ochdi va miyasiga bir fikr kel-
ganday shu ahmoqona vajohatda qotib qoldi. Suyunganidan pe-
shonasiga bir urdi. 
— Yasha, topdim! Pan polkovnik aql kirgizib qo‘ydilar. 
Mo‘rining og‘zini berkitib qo‘yamiz. Tutun ichida bo‘g‘ilib 
o‘ladi... 
— Berkiting. 
Quyuq, qora tutun qozonxona derazalaridan chiqmay qol-
gandan yarim soat o‘tgach, Edvard buyruq berdi: 
— Tekshirib ko‘ringiz! 
Ehtiyot eshigi ochildi va qozonxonaga birga kirgan bir 
necha legioner oldida turgan kapral yo‘tala-yo‘tala, yoshli ko‘z-
larini pirillatib, parishon bir holda: 
— Hech kim topilmadi, pane polkovnik... — deb hisobot 
berdi. 
— Nima-a-a? — Edvard qo‘lidagi qamchisini suyagiga 
botguncha qisdi. 
Qozonxonadan qurum isi urardi. Edvard shartta burildi-yu, 
hech kimga qaramasdan, eshikka qarab yurdi. 
Qozonxonaga Zaremba, Vrona, Zayonchkovskiy va Stru-
millar kirishdi. Edvard chelaklab quyib turgan yomg‘irga qara-
masdan, hovlida aylanib yurardi. 
Vrona bilan Zaremba qaytib kelganda, Edvard zarda bilan 
so‘radi; 
— Ha? 


159 
Zayonchkovskiy bilan Strumil esa Edvardning ko‘ziga 
tushmaslikni afzal ko‘rdilar. 
— Rostdan ham yo‘q... Qochib ketganligiga odamning 
hech ishongisi kelmaydi... 
Endi — gudok to‘xtagandan keyin — g‘alati bir jimlik 
cho‘kdi. 
— Demak, asli u yerda hech kim bo‘lmagan ekan-da? Yo 
bunday emasmi, ayting-chi bo‘lmasa? 
— Bor edi, lekin qayoqqa ketganligiga hayronmiz... — 
deb Zaremba qo‘llarini yozdi. 
— Bundan chiqdi, qochirib yuboribsiz-da? 
— Qocholmasa kerak edi, chunki hamma eshiklarda qoro-
vullar bor edi, tushunolmay qoldim, pane polkovnik... 
— Agar harbiy zobit bo‘lmasaydingiz, poruchik, sizga nis-
batan boshqacha yo‘l tutgan bo‘lur edim. Pane Vrona, buyura-
man: shaharni tartibga solganimizdan keyin poruchikni o‘n besh 
kun qattiq avaxtaga soling. Hay, kim bor, otni keltir bu yoqqa! 
* * * 
Vodokachka yonidagi kichkina uyga odam to‘lib bordi. 
Hammadan oldin Yadviga keldi. Olesya oshxonada ovqat tay-
yorlab bo‘lguncha, Yadviga topib kelgan gaplarni eriga aytib 
berdi. 
Undan keyin Vorobeyko keldi. U buzib, qo‘ltig‘iga urib 
olgan qo‘shog‘iz miltig‘i bilan o‘qdonni chiqardi. Stvolni qo‘n-
doqqa o‘rnatib, miltiqni o‘qladi-da, mamnunlik bilan uni bur-
chakka suyab qo‘ydi. 
— Patronlarni sochma o‘q bilan to‘ldirdim. Yigirma qa-
damdan turib bahuzur otish mumkin. Kechasi nimadan otganini 
hech kim bilmaydi, lekin shovqini dunyoni to‘ldiradi. Ishni bosh-
lab yuborguncha yarayveradi! Mana bu zakuskaga, — dedi g‘u-


160 
rur bilan, cho‘ntagidan bir oboyma nemis o‘qi ola turib — Besh 
dona... Qo‘shnimizning bolasidan so‘rab oldim. Shayton tushgur, 
bir yerlardan topibdi-da. U boshiga uradimi? Bizga esa havodan 
ham zarur... Besh kishiga bo‘lib beramiz, bittadan paqillatib 
qolishadi... 
Vorobeyko oboymani ehtiyot bilan stolga qo‘ydi. Uning 
egnidan suv shirillab oqmoqda edi. Lekin mashinist yordam-
chisining kayfi chog‘. U oqish qoshlarini kulgili bir alfozda qi-
mirlatib va burnini tez-tez tortib turib, o‘zi boshlab keladigan 
jasur yigitlari to‘g‘risida jonli-jonli gapira boshladi. 
— Xuddi dev singari yigitlar-da! — dedi u bundan ham 
kuchliroq ifoda topolmasdan. — Qorong‘i bo‘lsin innaykeyin 
olib kelaman. Hozir qaytib ketaman. Gaplashadigan odamlarim 
bor, undan tashqari, parovozni ham to‘g‘rilab qo‘yish kerak. Eh, 
nemislar bo‘lmasa-yu, bularning hash-pash deguncha qizil o‘n-
gachini uzib qo‘yardig-a... Qaysi go‘rdan ham paydo bo‘lib qoldi 
nemislar?! Hozir ularning yo‘llari berkilibdi — panlar yo‘lni to‘-
sib qo‘ygan emish... Xo‘p, men ketdim, — dedi-yu, shoshilib 
chiqib ketdi. 
Dahlizda bir narsa esiga tushdi chog‘i, qaytib kirdi. 
— Kameradan bironta miltiq keltirib beraymi, a? Bitta-
yarimta yaramas kelib qolguday bo‘lsa, qo‘lingizda hech narsa 
yo‘q! 
Rayevskiy “ha” deganday qilib bosh chayqadi. 
Vorobeyko miltiqni olib kelganda, uyda Raymond va ta-
g‘in bir nechta ishchi o‘tirgan edi. Ular ichida baland bo‘yli, 
oqish sochli bir o‘smir ham bor edi. Raymond uni otasi bilan 
tanishtirdi: 
— Bu — Pshenichek. Senga Patlay va boshqa o‘rtoqlari 
haqida gapirib beradi. Uni Stepovoyning oldida qo‘qqisdan uch-
ratib qoldim. 
Rayevskiy o‘smirning qo‘lini qattiq qisdi. 


161 
Raymond kirib kelayotgan ishchilarga ko‘zi bilan imo 
qilib: 
— Bular esa pulemyotchilar, — deb shipshidi. — Esing-
dami, tanishtirib qo‘yishimni so‘ragan eding? Mana bu baland 
bo‘yligi — Stepovoy, bu mo‘ylovligi esa Gnat Verba: bular — 
eski askarlar. Aytmoqchi, pulemyotni ham bo‘lak-bo‘lak qilib, 
qopda olib kelishdi. Hozir uni vodokachkada yig‘ib, to‘g‘rilab 
qo‘yamiz. Lentasi bor-u, o‘qi yo‘q-da... Qolganlar o‘zing tayin-
laganday kechroq kelishadi. 
Uyga odam to‘lib bordi. Baland bo‘yli ishchi Vorobeyko 
keltirgan miltiqni tekshirib ko‘rdi. 
— Yap-yangi ekan! Nayzasi mana bunday o‘rnatiladi: bir, 
ikki — bo‘ldi! 
Rayevskiy ishchilardan qishloqdagi vaziyatni surishtirdi. 
Yadviga Olesyaga qarashgani chiqib ketdi. Raymond ham 
Pshenichekni chaqirib, oshxonaga kirib ketdi. 
— Mana, Olesya, yangi o‘rtoq. Esingizdami bu? 
Pshenichek ho‘l shapkasini qayerga qo‘yishini bilmay, 
qo‘lida aylantirib turardi. Unga otasining qamalganini aytgan 
edilar. Otasi tufayli tortayotgan tashvish uni betinch qilayotgan 
edi. 
— O‘tiringlar mana bu xarrakka. Joy tor, kechirasiz-da, — 
deb Olesya taklif etdi va suvda pishirilgan kartoshkani epchillik 
bilan dekchadan laganga ag‘dardi. 
Yadviga achigan karamga yog‘ soldi. 
Raymond Andriy masalasini qizga aytish zarur deb hisob-
ladi. 
— Olesya, gudokni kim chalayotganini bilasizmi? 
— Yo‘q, ha nima bo‘libdi? 
— Ptaxa qozonxonaga berkinib olgan emish. 
Qizning qora qoshlari jiyirildi. U issiq cho‘yan barmoq-
larini kuydirayotganini ham sezmas edi. 


162 
— Andriy? Yolg‘iz o‘zimi? 
— Ha. Uni o‘rab olishibdi... Haligacha qo‘lga tushma-
yotgan emish. 
Pshenichek Olesyani g‘amgin qarashlar bilan kuzatib 
turdi. 
— Nega bunday bo‘ldi, Raymond? Nima uchun uni yol-
g‘iz qoldirdinglar? Bir o‘zi nima ham qila olardi? 
Raymond uning ko‘zlariga qaray olmadi. Oshxonadan 
chiqib ketdi. 
— Ota, men senga aytgan Andriy Ptaxa esingdami? 
— Esimda. 
— Zavodda gudokni o‘sha chalyapti. Uni tutib o‘ldi-
rishadi-da. Bizga ruxsat ber, ota, o‘tinaman sendan... 
Raymond orqasida Olesya turganligini sezardi. 
— Bizga ijozat ber... Hozir posyolkadan tag‘in o‘rtoq-
larimiz keladi... Hammasi Andryushani taniydi. Ijozat. Ber, qut-
qazib olaylik!!! 
Eshik oldida turgan uzun bo‘yli ishchi sekingina: 
— Ha, esiz bola! Uni tirik qo‘yishmaydi, — dedi. Ray-
mond pulemyotchi deb atagan kishi shu edi. 
Sigizmundning qoshlari tutashdi. 
— O‘qimiz yo‘q. Undan tashqari, to‘rtta-beshta bo‘lib 
hujum qilib bo‘lmaydi. 
Hech kim qimirlamadi. Raymond otasining oldida bami-
soli tilsiz iltimos kabi turardi. 
Rayevskiy qizning chaqchaygan ko‘zlariga qaradi: qiz 
uning yon bermasligini angladi. 
— Yo Parvardigor! Nahotki sizda qalb bo‘lmasa? — deb 
Olesya eshitilar-eshitilmas shipshidi. 
Rayevskiyning mo‘ysafid boshi qo‘llari ustiga tushdi va u 
yerda bir necha soniya horg‘in qoldi. Mo‘ylovlarining uchi zu-
g‘um bilan osildi. Olesya bu odamning ikki kechadan beri uxla-


163 
maganligini esladi. E-ha, bunga qadar uyqusiz o‘tkazgan kecha-
lari qancha ediykin? Otasi bu odam haqida naqadar muhabbat va 
hurmat bilan gapirardi. 
Kamdan kam kuladigan bu odam Olesyani hamisha mehri-
bonlik bilan qarshi olardi. Avvalgi fikri uchun qiz uyalib ketdi... 
Birdan gudok tindi. Bir necha soniyagacha hech kim og‘iz 
ochmadi. Olesya ho‘ngillab yig‘lab, bo‘lmasiga kirib ketdi. 
Karavotiga o‘zini tashladi, to‘lib-to‘lib yig‘ladi, titradi. 
Yadviga aytishga so‘z topolmay, qiz boshini silardi. Uyga 
hamon yangidan yangi odamlar kirib kelmoqda edi. Vodokach-
kaning mashina bo‘limi, saroy, katta bo‘lma va oshxona kel-
ganlar bilan to‘lib ketdi. Kovallo, Chobot ham temir yo‘lchilar 
bilan birga yetib keldi. 
Gudokning tinib qolish sababi hammani azoblar edi. 
— Oxiri kirishibdi-da!.. 
Shu asnoda birdan eshik og‘zida Ptaxa paydo bo‘ldi. Orqa-
sida Vasilyok turardi. 
— Ana xolos! — dedi hamma hayron bo‘lib! 
Bu umumiy ovoz Ptaxaga qandaydir umidsizlanishdek, 
qariyb achchiqlanishdek tuyuldi. 
Raymond oshxonadan yugurib chiqdi-yu: 
— Voy, senmisan, Ptaxa? — deb yubordi. 
Andriy: 
— Bo‘lmasa-chi? — deb g‘udrandi va nima uchundir bu 
yerga shu qadar ko‘p odam to‘planganiga hamda ko‘prikda Va-
silyok ikkovini qurolli Vorobeyko to‘xtatganiga hayron bo‘ldi. 
Hamma birdan gapga kirdi. 
— Uni qaranglar: “Andriy zavodda gudok chalyapti!” — 
deyishgan edi, holbuki bu gashtini surib yurgan ekan! 
Olesya Raymondning qichqirganini eshitib, yugurib bo‘l-
maga kirdi. Kovallo norozilik bilan Andriyga yerostidan qarab 
qo‘ydi. 


164 
— Bu yerda, seni gudok chalyapti deb ertak aytishayotgan 
edi, bekor gap ekan-u? 
— Bundan chiqdi, boshqa odam ekan-da. Qo‘rqib ketish-
ganidan kallavaram o‘tyoquvchilar adashtirib aytishibdi-da... 
— Gudokni kim chalgan ekan-a? 
— Yuragida o‘ti bor azamat ekan! 
Rayevskiy hayajonlanib: 
— Kim chalgan bo‘lsa ham asl jangovar, ajoyib kishi 
ekan! Agar yaramaslar o‘ldirib qo‘yishgan bo‘lsa, boyaqish ko‘p 
hayf ketadi-da, — dedi va qaddini rostlab turdi. 
Xo‘rlikdan Andriyning ko‘z oldini qorong‘ilik bosdi. Bu 
bir necha soat mobaynida ozib-to‘zigan, qiynalib ketgan Ptaxa 
kiyimlari ivigan va ko‘mirga bulangan holda boshini solintirib 
turar edi. Bunga hech kim parvo qilmadi. Shunday bo‘ladi: biron 
hayajonli narsa bilan mashg‘ul bo‘lib qolgan odamlar, tinch vaqt-
larda darrov ko‘zga chalinadigan narsani sezishmaydi. 
Ptaxani o‘sha soatiyoq esdan chiqarib qo‘yishdi. U bir 
zumgina ko‘zga ko‘rinib, keyin esdan chiqadigan o‘tkinchi man-
zara holiga tushib qoldi. Uni qahramon hisoblardilar, u esa be-
korga gerdayib yuradigan laqma bo‘lib chiqdi. Bu hol hammada 
norozilik hissi tug‘dirdi, hatto qilgan xatolari uchun ranjitdi. 
Olesya to‘kkan ko‘z yoshlari va uni hamma ko‘rgani 
uchun uyalib ketdi, kim biladi, Olesya to‘g‘risida bular nimalar 
o‘ylashdi ekan? Garchi aybi bo‘lmasa ham, Ptaxaning shunday 
o‘ng‘aysiz ahvolga tushib qolishi Olesyaning qizlik izzat-nafsini 
qattiq xo‘rladi. 
U Andriyning ayanch qaddini xafaqon qarash bilan o‘l-
chab chiqdi. Miyasiga yovuz bir fikr keldi: “Uning qayeri ham 
menga yoqib qolgan ekan? Turishini, xuddi ahmoqning o‘zi-ya! 
Voy, undan ko‘ra ketsa-chi!” 
Raymond ko‘zlarini Olesyadan olib qochardi. U o‘ng‘ay-
siz ahvolda edi. 


165 
Vasilyok akasining orqasidan jahl bilan qarab turardi. Bola 
bu holga Andryushkaning qanday chidab turganligiga tushunol-
masdi. “Ularcha, biz zavodda bo‘lmabmiz ekan-da? Barmoq-
larimni ko‘mir ezib yuborgani ham mayli emish — deb u nima 
uchundir faqat barmoqlarini esga oldi. — Hali oyim ham kal-
taklaydi”, — dedi Vasilyok qayg‘urib, o‘pkasi to‘lganidan yig‘-
lab yuborayozdi. So‘ngra burnini torta boshladi. 
Andriy boshini ko‘tardi. 
Olesya Andriyning yuzi birdan oqarib ketganligini jo‘rdi. 
Andriy galdirakladi, yiqilib ketmaslik uchun devorni ushladi. 
Olesya qo‘rqib: “Nima balo yo mastmi? Endi shunisi qol-
gan edi?” — deb o‘yladi, lekin noma’lum bir his boshqa narsa 
deyardi. Andriyga rahmi kelib ketdi. Unga yaqinlashib, qulo-
g‘iga shivirladi: 
— Nega bu yerda qaqqayib turasan? Oshxonaga o‘tib ket. 
Voy-ey, kimlarga o‘xshab ketibsan! Qahramon emish... 
Andriy bir odim oldinga tashladi, Olesyani qo‘li bilan bir 
chetga itardi. 
— Xo‘sh, men endi sizlarga masxara bo‘lib qoldimmi? 
Men jonimni ham ayamadim... Hammangiz qochib ketdingiz, bir 
o‘zimni dushman intiqomiga qoldirdingiz! Bir o‘zim ular bilan 
olishdim, sizlardan madad kutdim, sizlar esa bu yerda rohat qilib 
o‘tiribsiz... Endi masxara bo‘libman-da… — Andriy bo‘g‘zida 
turib qolgan yoshlarni yutdi. 
Hamma tag‘in unga qaradi. Uning tor singari tarang ovozi, 
hayajon to‘la g‘azabli va vayron ovozi hammani unga boshqa 
ko‘z bilan qarashga majbur etdi. 
Ptaxa ortiq gapirolmadi. Gandiraklab oshxonaga, undan 
Olesyaning bo‘lmasiga o‘tib ketdi. Bo‘lmaga kirishi bilan yerga 
o‘zini tashladi-yu, yarim hushsiz holda yotib qoldi. Bu ahvol qar-
shisida shoshib qolgan Olesya undan izoh istab parvona bo‘lar 
edi. 


166 
Ammo Vasilyok bo‘lgan voqeani oshxonada o‘tirib, Ray-
mond bilan Pshenichekka batamom aytib berdi. Qichkina guvoh-
ni Rayevskiyning oldiga boshlab chiqishdi. Vasilyok o‘ziga ke-
lib, badaniga issiq kirgach, yana hikoyasini takrorladi va buni 
ilova etdi: 
— Ha, Andryushka miltig‘iniyam olib kelgan, Xudo ursin! 
Saroyning orqasida turibdi. Hozir olib kelaman, — dedi-da, 
boshqalarning roziligini ham kutmasdan, yugurib chiqib ketdi. 
Tez qaytib keldi. 
— Mana! O‘qlangan. 
Sigizmund Olesyaning bo‘lmasiga kirdi. Ptaxa hanuz yer-
da yotardi. 
Rayevskiy ikki qo‘llab uning boshini ko‘tardi. Yigitning 
ko‘zlaridan yosh oqmoqda edi. 
— Azamat ekansiz, Ptaxa! Men aytgan so‘zlarimda sobit 
qolaman... O‘rtoqlaringizni esa xatolari uchun kechirishingiz 
kerak. 
Ptaxa uning qo‘lini tutdi. 
— Gudokni men chalgan edim, — deb shipshidi. 
— Endi bunga hech kim shubha qilmaydi. 
Rayevskiy o‘z qo‘li ichida turgan barmoqlarning shish-
ganligini sezdi. 
— Barmoqlaringizga nima bo‘ldi? 
— Qaynoq suvda kuydirib oldim... 
— Siz shu yerda qolib, damingizni oling. Sizni jangga 
ishtirok qilishdan ozod etaman. Xotinlarni qo‘riqlaysiz. 



Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin