147
YETTINCHI BOB
Vasilyok smenaga kelgan birinchi guruh ishchilar bilan
zavodga kirib oldi. U qo‘shnisi Serega amakining o‘ldirilganini
bir iloj qilib, akasiga hammadan oldin aytishni istardi.
Vasilyok hatto ish vaqtlarida ham qorovullarga ko‘rinmas-
dan bir necha bor akasining oldiga kelib turar edi. Ko‘p vaqt
butun smenani akasining oldida o‘tkazar, qo‘lidan kelganicha qa-
rashishga tirishardi. O‘tyoquvchilik san’atini tez o‘rganib olayot-
gan bu epchil bolani o‘tyoquvchilar yaxshi ko‘rib qolgan edilar.
Hatto bir kun pan Strumilning ko‘ziga duch kelib qolganda
o‘tyoquvchilar o‘rtaga tushib, qutqazib olishdi, mexanik ham
qo‘l siltab qo‘ya qoldi. Vasilyok vagondan ko‘mir tushirishda
o‘tyoquvchilarga yordam berar, qozonxonaning barcha kirish va
chiqish yo‘llarini bilardi. Hademay eshik og‘zida turadigan nazo-
ratchilarning ko‘ziga tushmasdanoq qozonxonaga kirsa bo‘ladi-
gan bir o‘ng‘ay yo‘l ham topib oldi. U oldin ko‘mir hovlisiga
kirar, keyin keng havoni sovituvchi quvurlarning ichidan emak-
lab, yoqib tashlangan ko‘mir shlaklari xandag‘iga tushardi.
So‘ngra temir to‘sin orqali ko‘mir chuquriga o‘tar, u yerdan ikki-
uch yumaloq toshko‘mirni olib tashlab, qozonxonaning ko‘mir
chuquriga o‘tib ketardi. Vasilyok bu sirni hech kimga, hatto aka-
siga ham bildirmas edi. U osmondan tushganday paydo bo‘lish-
dan va chaqqonligi bilan o‘tyoquvchilarni hayron qilishdan laz-
zatlanar, nazoratchilar oldidan ham o‘sha chaqqonlik bilan o‘tar
edi.
Andriyning qozonxonaga berkinib olganini va uni o‘ldir-
moqchi bo‘lib turishganini bilib, Vasilyok judayam qo‘rqib ket-
di. Bola bechora legionerlarning qozonxonaga kirishga urina-
yotganlariga yuragini changallab qarab turdi.
Ularning urinishlari barbod bo‘lganda bolaning suyunchi
ichiga sig‘masdi. U ishchilar orasida dovdirab yurar, jiq yoshga
148
to‘lgan ko‘zlari bilan tanish o‘tyoquvchilardan yolvorib so‘rardi:
— Hay, amaki, ular Andriyni nima qilisharkin-a?
O‘tyoquvchilar xo‘mrayib, tek turardilar. Bir vaqt ulardan
bittasi Vasilyokni qo‘lidan tutib, bir chetga olib chiqdi-da:
— Joning borida qochib qol tezroq! Bittang tushganing
ham yetar... Yo sening ham kallangni taningdan judo qilishlarini
xohlaysanmi? — dedi.
Vasilyok uning oldidan qaytdi. Ko‘zlaridan duv-duv yosh
to‘kib, tag‘in legionerlarning urinishlarini ko‘rishga ketdi.
Qozonxonada bo‘layotgan ishlarni zavod hovlisida tutib
qolingan barcha ishchilar kuzatib turardilar. Qarshisida qurolli
legionerlar kuchsizlik qilib qolgan yolg‘iz kishining jo‘shqin
botirligi yuraklarni fath etdi. Og‘ir ishdan qiynalgan, dillari siyoh
bo‘lgan bu odamlar birgina kishi tomonidan ko‘rsatilayotgan
qarshilikda o‘z bo‘shangliklari uchun gina borligini sezardilar.
Gudok bu gina bir soniya ham unuttirmasidi. Ptaxaning taqdiri
endi hammani qattiq tashvishga solib qo‘ydi. Unga hamma, ay-
niqsa ayollar ochiq-oshkor havas qila boshladilar. Nafratli
ovozlar eshitilib turdi:
— Hay, erkaklar, qarab turguncha uyalsanglar-chi! Bir be-
choraning jonini xatarga qo‘yib, o‘zlaring tiraqaylaysanlar-a!
— Kuchingiz nuqul xotinlarga yetadi...
— Xotinlarning tishini qoqishga qahramon bular...
Ishchilar xotinlarning qichqiriqlaridan, gudokdan va bo‘-
lib turgan hodisadan ta’sirlanib, hovlidan chiqib ketishga unash-
mas edi. Legionerlar nayza ishlata boshladilar. Suvoriylar ularni
ot bilan haydab, qamchi bilan ura ketdilar.
Zaremba baqiraverib, xirillab qoldi. G‘azablangan ishchi-
lar qarshilik qilib, bir legionerni otdan ag‘darishgan edi, uni
zo‘rg‘a qutqazib olishdi. Zaremba eskadroni hovlidagi ishchi-
larni ko‘p qiyinchilik bilan haydar edi.
Vasilyok nima qilarini bilmay dog‘da edi: bu pildirab
149
yurgan bolani legionerlar allaqachon sezib qolgan edilar.
Legionerlardan biri:
— Hoy bola! Bu yerda nima bor senga? To‘xta, itdan
tug‘ilgan! Qayoqqa qochyapsan? — deb baqirdi.
Vasilyok olomon ichiga sho‘ng‘idi va chig‘anog‘i bilan
boshini ishga solib, olomonning qoq o‘rtasiga borib oldi. Tutib
olishlaridan qo‘rqib, ko‘mir omboriga kiriladigan yo‘l bilan
qochdi. Ana shundagina o‘zining maxfiy yo‘li esiga tushdi...
Vasilyok ko‘mir chuquriga tushib, qorong‘ida ancha vaqt
ko‘mir ustida emaklab yurdi, chuqurning teshigini topolmay
izladi, toshko‘mirlarga tizza va boshini urib og‘ritdi. Teshik
yangi to‘kilgan ko‘mir tagida ko‘milib qolgan edi. Bola ko‘mirni
surib, og‘ir bo‘laklarni bir chetga tashiy boshladi. Ko‘mirlardan
biri surilib ketib, yalang oyog‘iga tushdi, oyog‘i qattiq og‘ridi.
Vasilyok yiqilib, uzoq yig‘ladi. Lekin yig‘lab bo‘lib, tag‘in ishga
kirishdi. Kichkinagina teshik ochdi. Ko‘mirni jildirish tobora
qiyinlashib bordi. Boshga qulab tushmasligi uchun, ko‘mirni yu-
qoriga ko‘tarib chiqib, nariroqqa tashlash kerak edi. Ko‘mir to‘-
zoni burni bilan ko‘ziga kirar, u hadeb chuchkirar, tuflar edi.
Ko‘mir bo‘lsa tugamaydiganday ko‘rinadi. Vasilyok: “Boshqa
joydan kavladim, shekilli”, — deb o‘ylanib qoldi. Yuragi achish-
di, dahshat bosdi. Yana yig‘lab yubordi.
U butun kuchini to‘plab turib:
— Andriy, Andryushka-a!.. — deb baqirdi.
Andriy xuddi bir narsa chaqqanday sapchib tushdi.
— Tfu, qurib ket!
Uning nazarida, orqasida Vasilyok yig‘layotganday bo‘lib
ketdi.
Ptaxa miltiq qo‘lida, ko‘zlari derazada, o‘zi esa ko‘mir
chuqurida turar edi.
Brandspoyt shundaygina yonida edi. Uni bo‘g‘ib qo‘yishi-
ga sal qolgan bug‘ sekin-sekin derazadan chiqib borardi. Qozon-
150
xona xira, dim.
Andriyga bu narsalar ba’zan ahmoqona bir tushday ko‘ri-
nardi. Uch soat vaqt o‘tgan bo‘lsa ham uni hech kim qutqazmasa,
nimaiki qilgan bo‘lsa, hammasi bekor ketsa! Uni, baribir, tutib
otishadi. Bu bilan hech kimning ishi yo‘q. Hamma chekka-chek-
kada, yolg‘iz Ptaxagina tuzoqda; u qurbon bo‘lishi kerak!..
— Andryusha! — deb Vasilyok juda yaqin bir joydan cha-
qirdi.
Yuqoridan sirg‘anib tushgan bir ko‘mir Andriyning yelka-
siga tegib og‘ritdi. Ketidan shodon bir nido keldi: “Men, Vaska-
man!” Bu nido Andriyni o‘q uzishdan to‘xtatdi.
Haqiqiy, tirik Vasilyok uning yoniga tusha boshladi. Otib
tashlashiga sal qolganligini o‘ylab, Andriyning yuragi orqasiga
tortib ketdi.
Vasilyok akasini quchoqlab, qulog‘iga baqirdi:
— Andryushka, menman... Tashqarida panlar bijillab
yotibdi... Otliq askarlar hovliga sig‘maydi. Eng kattakonlari ham
shu yerda... Tez qoch bu yerdan! Mana bu yerda teshik bor... Men
har safar shu teshikdan o‘tardim. Lekin hozir ustiga ko‘mir to‘-
kib, berkitishib qo‘yibdi, o‘tolmay qiynaldim.
Andriyning yuragi duk-duk ura boshladi.
— Qayerdan kirding bu yerga?
— Ko‘mir hovlisidan.
— U yerda yo‘l yo‘q-ku...
— Men quvur ichidan o‘tdim. Ichi keng! Sen ham sig‘a-
san. Yur, Andryushka, yur! Ular hovliga to‘lib ketishdi! Ostap
amaki seni o‘ldirilarini aytdi!
Vasilyok Andriyni teshikka qarab tortdi.
— Kir, men orqangdan kiraman!
Vasilyok yuqoriga qarab tirmashdi. Andriy qozonxonani,
o‘chib borayotgan o‘choqni yana bir ko‘zdan kechirib chiqqach,
ukasining orqasidan yuqoriga tirmasha boshladi. Vasilyok uni
151
teshikning og‘zida kutib turgan edi. Andriy miltiqning saqla-
gichini ehtiyot bilan surib qo‘yib, ukasiga uzatdi. So‘ngra yelka-
larini tila-tila teshikka suqildi va surilib tushuvchi ko‘mirlarga
tirmashib, teshikdan zo‘rg‘a chiqib oldi.
Vasilyok uni shoshirdi. Andriy kattakon bir toshko‘mirni
tortib, teshikka tushirdi. Bola esa, akasiga qarashib, qo‘llari va
oyoqlari bilan toshko‘mirni teshikka tiqa boshladi. Bir daqiqadan
so‘ng teshik tamom berkildi.
Vasilyok Andriyni o‘z yo‘liga boshladi. Ptaxa: “Agar ha-
voni sovitish quvuriga sig‘masam nima bo‘ladi?” — deb vahima
yerdi. Vasilyok orqasidan quvurga boshi va yelkasi bilan suqilib,
sekin-sekin oldinga surila boshlagach, yengil tortdi.
Ular yuqoriga chiqqanlarida, yomg‘ir maydalab yog‘ib
turgan edi. Ko‘mir hovlisi zavodning asosiy doirasidan tashqari-
da — baland g‘isht devor bilan ajratilgan xilvat yerda edi.
Bu yerga yuk keltirish uchun temir yo‘l izlari o‘tkazilgan.
Vasilyok atrofni kuzatib, tez qaytib keldi va yo‘lda hech
kim yo‘qligini bildirdi.
— U yerda uch qator bo‘sh vagonlar turibdi. Vagonlarning
tagidan o‘tib ketsa bo‘ladi, hech kim ko‘rmaydi. Orqa darvo-
zaning oldida esa hech kim yo‘q. Qulflab qo‘yishibdi. Avval va-
gonga chiqamiz, innaykeyin, vagon orqali darvozadan oshib,
tashqariga tashlaymiz-u, hayt deb ketamiz! — dedi Vasilyok aka-
sining naq qulog‘iga.
Ular ko‘mir tepasidan tushishdi-yu, egilib olib vagonlar
orasida chopib ketishdi.
Vasilyokning rejasi ajoyib chiqdi. Oxirgi vagon darvozaga
juda yaqin edi. Ular panjarali temir darvozadan oshib o‘tib, temir
yo‘l izi bilan qocha boshlashdi.
Vasilyok oldinda borar va qo‘llarini qush qanoti singari
yoyib, har irg‘iganda ikki metr yo‘l olardi. “Akam yetib kel-
yaptimikin”, — deb tez-tez orqasiga qarab qo‘yardi. Andriy
152
kuchining boricha chopib borardi. Yomg‘ir yuz-ko‘zlariga urib
turdi. Past, vazmin qora bulut osmon yuzini to‘sib olgan edi.
Andriy kalta miltig‘ini qo‘lidan tushirmadi. U qutulayot-
ganiga ishonmasdan: “Tutib olishsa, baribir, o‘ldirishadi. Shun-
day bo‘lgandan keyin, loaqal ikkitasining boshiga yetib qolay”,
— deb o‘ylardi. Zavod juda uzoqda qolib ketgandan va zavodga
boradigan temir yo‘l vokzal tomonga burilgandan keyingina
Andriy to‘xtadi, madori qurib tuproqqa o‘tirib qoldi.
U halloslab:
— Shoshma, Vasilyok, yurolmayman endi! — dedi-yu,
yuragini changalladi.
— Ketaylik, Andryushka, ketaylik, bo‘lmasa kelib
qolishadi!
Bola hadiksirab jalanglar va chidamsizlik bilan tipirchi-
lardi. Ich-ichigacha ivib ketgan bola bechora sovuqdan va qo‘r-
quvdan dirdirab, shumshayib turardi. Loy sachragan yalang
oyoqlari muzlab ketgani uchun shpalda turib, oyoqlarini nuqul
bir-biriga urishtirar edi.
Unga Andriy juda uzoq o‘tirib qolganday tuyuldi.
— Bo‘ldi endi, Andryushka, ketaylik!
Ptaxa horg‘in o‘girildi, Vasilyokning oyoqlariga, boshiga
chalpakday yopishib turgan xarob shapkasiga, onasining eski
koftasiga burkanib, kamalakdek bukilib turgan kichkinagina
jussasiga qaradi. Bu qarashda paydo bo‘lgan qattiq achinish va
boshidan o‘tayotganlari, bu it hayotdan achchiq ranjish uni
bo‘g‘a boshladi, axir, bu qora turmush natijasida shu bola sho‘r-
likning oyoqlariga biron narsa olib berguday ham pul topishning
iloji bo‘lmasa!..
“Endi bir burda nonga ham zor bo‘lamiz. Boshimni olib
qochguday joy ham bo‘lmaydi...”
— Andryushka, — dedi Vasilyok zorlanib.
Andriy o‘rnidan turdi. Quyuq tuman ichiga g‘arq bo‘lgan
153
zavod tomondan dahshatli gudok bo‘kirib turardi.
Andriy o‘z sherigining yo‘g‘on ovoziga quloq solib turib,
mag‘rur bir shipshi bilan:
— Bo‘kiryapti, — dedi. Endi u yugurmay, tez odimlar bi-
lan bordi. Vasilyok mayda qadamlar bilan yonida pildirab borar,
tez-tez orqasiga qarab qo‘yardi.
Ptaxa temir yo‘l tepasidan vodokachka yonidagi tanish
uyni ko‘rdi va shundan keyingina o‘zining qutulganiga ishondi.
— Vasilyok, ukaginam! Go‘dakkina... Vaska, azamatim!
He, ularning basharasiga tufladik endi! Shoshma, hali sening
o‘chingni ham olaman... — dedi va ukasini bag‘riga bosib qu-
choqladi. Xayriyat, ko‘z yoshlarini yashirishga o‘rin yo‘q edi.
Yomg‘ir chelaklab quyib turgan bir kezda ko‘z yoshlarini kim
ham ko‘ra olardi?
* * *
— Biz faqat kechasigina boshlay olamiz. Hozir o‘ttiz kishi
bir bo‘lib chiqish — nodonlik bo‘ladi, — dedi Rayevskiy bu
safar gapni cho‘rt kesib.
Chobot qaysarlik bilan boshini chayqadi.
— Kechgacha odamlarning hammasini tarqatib yuborisha-
di, qamoqxonadagi o‘rtoqlarimizni otib tashlashadi. Hozir ayni
payti. Men fikringga qo‘shilmayman, vassalom!
Uning ketidan Metelskiy qizg‘in gap boshladi:
— O‘rtoq Sigizmund, Chobot haq. Omma ko‘chaga chiq-
qan va ishchilarni dushman ota boshlagan bir paytda biz qurol-
lanib chiqishga majburmiz. Mayli, bizni tor-mor etsinlar, lekin
indamay qololmaymiz. Bunday qilmasak, o‘zimizni sharmanda
etgan bo‘lamiz... Mayli, bizning bosh ko‘tarib chiqishimiz biroz
erta bo‘lsin, lekin harakat boshlangan ekan, uni boshqarish biz-
ning vazifamiz.
154
Rayevskiy ma’qullamay, unga olayib qaradi.
— Boshqarish — dumda yurish degan so‘z emas.
Metelskiy tutaqib ketdi.
— Qurol ko‘tarib chiqishning dumda yurish bo‘lishini
birinchi marta eshityapman. Bu so‘zni sizning og‘zingizdan
eshitish meni ajablantiradi...
— To‘g‘ri, — dedi Chobot guvullab.
Metelskiy bo‘g‘ilib uy ichida yura boshladi. Nafis chiziqli,
keng, go‘zal manglayli yuzi tag‘in oqarib ketdi. Qoramtir, katta
ko‘zlarida ichki olov shu’lalanib turardi. Uning qaddida qanday-
dir bir noziklik bor edi.
Rayevskiy bu yosh shifokorga yana bir karra qaradi, endi
bir qadar bosiq ohangda javob qildi:
— Kengashimizni juda cho‘zib yubordik. “Bu behuda
tortishuvni tugatish kerakdir”, — deb o‘ylayman... Chobot bilan
shifokor qarshi. Men bilan Kovallo kechasi chiqish tarafidamiz.
Ungacha temir yo‘lchilardan va qand zavodining ishchilaridan
ikki yuztachasini yig‘ib, qurollantiramiz. Bu orada Shchabel ham
Sosnovkadan keladi, ehtimol, dehqonlar ham birga kelib qolar...
Chiqdingmi-chiqdim uchungina chiqish bo‘lmaydi. O‘rtoq
Metelskiy, agar o‘ttiz nafar inqilobchini foydasiz va mutlaq o‘lim
changaliga tashlab qo‘ysak, peshonamizga la’nat tamg‘asini bo-
sadilar. Agar sizning gapingizga kirsak, dushmanga bu imkoni-
yatni bergan bo‘lamiz. Men yana bir karra aytaman: inqilob-
chilarning hammasi hozir ishchilarni safarbar qilish bilan mash-
g‘ul bo‘lsin. Ha, gap — shu! Qurol olishiga ishonish mumkin
bo‘lganlarning har biri bilan gaplashib chiqish kerak. Bir to‘da
qurolli panning minglarcha odamni tumtaraqay qilganini o‘z
ko‘zingiz bilan ko‘rdingiz. Nima uchun shunday bo‘ldi? Chunki
ishchilar uyushmagan edilar, ularni urdilar.
Dostları ilə paylaş: |