Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

“...Shifrlangan radiogrammani yuboraman — qo‘sh nuq
-
ta... Avstro-Vengriyada qattiq g‘alayon... Imperator va qirol 
hazratlari taxtdan voz kechdilar... Tashviqotchilarni otib o‘ldi
-
rishdan ham toymasdan, qo‘shinda intizomni saqlash uchun bu
-
tun choralarni ko‘rishni buyuraman... nuqta... Faqat oliy qo‘
-
mondonlikning buyruqlarigagina itoat etilsin. 
Lyudendorf... 
Qo‘shimcha ko‘rsatmalar yuboriladi... O‘qib bo‘lgandan 
so‘ng yoqib tashlansin...” — 
dedi Zonnenburg pichirlab.
 
* * * 
Mundirining yengiga “Qizil xoch” lentasi bog‘lagan nemis 
feldsher: 
— Juda qattiq behush bo‘lib qolibdi. Zarb yegan xolos, 
singan joyi yo‘q. Hozircha kiyintirmay tura turinglar. Hozir 
kamfora yuboramiz, — dedi. 
Raymond chekuv xonasidagi keng divanda issiq ko‘rpaga 
o‘ralib yotar edi. Unga xizmatkor Adam bilan Fransiska qarab 
turdi. Stefaniya ham jonsaraklik ko‘rsatishda ulardan qolish-
madi. 
Raymond o‘ziga kela boshlaganda xonaga Lyudviga kirib 
keldi. 
Feldsher divandan turayotib: 
— Mana... Tomiri ravshanroq ura boshladi... Yigitchaning 
ahvoli joyida. Hozir unga to‘la tinchlik kerak... Nima u? To‘p-
lanish mashqimi? Men ketishim kerak. Bir soatdan keyin kela-
man. Lekin uni yolg‘iz qoldirmaslik kerak, — dedi. 
Stefaniya Fransiska bilan Adamga qarab: 
— Ketaveringlar sizlar, biz grafinya bilan picha o‘tirib 
turamiz, — dedi va ular chiqib ketgandan so‘ng Lyudviganing 
so‘zsiz savoliga sekingina javob berdi: 


33 
— Ahvoli yaxshi, o‘zi ham hushiga kela boshladi. Lyudvi-
ga, buni qara, juda ham kelishgan yigit ekanmi? 
— Voy-ey, Stefa, uyalmaysanmi shunday deyishga? 
Raymond og‘irlashgan qovoqlarini zo‘rg‘a ko‘tardi. Bosh 
tomonida o‘tirgan Stefaniya unga mehr bilan egildi. Yigit o‘zi-
ning qayerda ekanligini va nima bo‘lganligini bila olmasdi, ya-
sangan notanish xotinga, uning ayyor ko‘zlariga, upa qo‘yib 
qizartirgan lablariga qorong‘i to‘lgan ko‘zlari bilan uzoq tikilib 
qoldi. 
Stefaniya unga butun voqeani bosig‘i bilan so‘zlab berdi. 
Raymond o‘rnidan turmoqchi bo‘lgan edi, Stefaniya to‘xtatib 
qoldi: 
— Qimirlamay yoting! 
Lyudviga uning qimirlaganini sezib, divan yoniga keldi-
da, Raymondni qo‘lidan ushladi. 
— Sizga qanday minnatdorchilik bildirsam ekan? — dedi 
sekingina u. 
Yana deraza orqasidan mayorni olib ketayotgan mototsikl-
ning tarillagan ovozi eshitildi. Ana shundan keyingina Raymond 
butun voqeani esladi. Badani junjikib ketib bezovtalandi. 
— Kiyimlarim qani? Ketaman, — dedi u pichirlab, Stefa-
niya Lyudviga ketidan uydan chiqa turib: 
Hozir kiyimlaringizni keltirib, o‘zlari kiygizib qo‘yi-
shadi. Biroq darmonga kirmaguningizcha bu yerdan jilmas-
ligingiz kerak, — dedi. 
Boshi aylanib gandiraklagan Raymond kiyimlarini 
yiqilay-yiqilay deb zo‘rg‘a kiydi. Yuzef movut kostyum, etik va 
ovchilar kiyadigan kurtka ko‘tarib uyga kirganda, Raymond 
allaqachon kiyinib bo‘lgan edi. 
— Mana bu kiyimlarni senga oliynasab pani berib yubor-
dilar, — Yuzef shu so‘zlarni aytdi-yu, keltirgan narsalarini kursi-
ga qo‘ydi. — Bundan tashqari pani senga ikki yuz marka pul 


34 
berishni buyurdilar, — deya turib, unga bir taxlam pul uzatdi. — 
Innaykeyin: “Qornini to‘yg‘azib, shaharga eltib qo‘yinglar”, — 
dedilar. 
Uy ichi Raymondning ko‘z oldida asta-sekin aylana bosh-
ladi. U muvozanatini yo‘qotmaslik uchun qo‘li bilan yengil 
harakatlar qilardi. 
— O‘tin yorganim uchun o‘zi necha pul tegishi kerak 
menga? — deb so‘radi u. 
— Kelishuvimizga ko‘ra — uch marka. Lekin ikki yuz 
marka berdilar-ku, tag‘in nima deysan? 
Raymond taxlog‘liq puldan uch markani sug‘urib olib, 
qolganini stol ustiga qo‘ydi-da, indamasdan chiqib ketdi. 
U bog‘ darvozasidan chiqib, orqasiga o‘girildi-da, chor-
bog‘dan ko‘zini uzolmay uzoq turdi. Keyin shahar tomon sekin-
sekin yurib ketdi. Shamol yuziga kelib urilar, ichiga kirib ketardi. 
U esa hamon mast kabi taytanglab, oyoqlari chalishib borardi... 
* * * 
Pakanagina vaxmistr chest berib turib: 
— Ober-leytenant janoblari, mana bu ikki kishining rux-
satnomasida muammo bor ekan. Nima qilaylik? — deb hisobot 
berdi. 
Shmultke qo‘lga olingan kishilarga qaradi. Ulardan biri — 
soqol-mo‘ylovlari tikandek o‘sib, egnidagi Avstriya askariga xos 
kiyimlari titilib ketgani — zobit chekib turgan papiros tutuni 
achishtirayotgandek, ko‘zlarini pirpiratib, 
Shmultkega xo‘mrayib qarab turardi. Ikkinchi — sigara 
kuliday oq, uzun mo‘ylovli, qora burma kiyim va askarlarnikidek 
kalta etik kiygan novcha bo‘ylisi — esa vagondan tushayotgan 
yo‘lovchilarga beparvo qarab turardi. 


35 
— Ruxsatnomangizda nega viza
1
yo‘q? — deb Shmultke 
dahshat bilan so‘radi. 
— Bir emas uchta viza bor, to‘rtinchisini qo‘yishga odam 
topilmadi-da. Hamma uyiga ketish bilan ovora-yu, viza qo‘yish-
ga qo‘llari tegarmidi, — deya g‘ijindi birinchisi. 
Shmultke eskadroni Avstro-Vengriya armiyasidan qochib 
ketayotgan dezertirlarni poyezdlardan ushlashga chiqarilgan edi. 
Shu munosabat bilan uch kundan beri stansiyada tinimsiz navbat-
chilik qilib kelayotgan Shmultke alamini oladigan odamlar topil-
ganidan o‘shqira boshladi: 
— Bu qanday turish? Qotib tur! Zobit bilan qanday turib 
gaplashish kerakligini o‘rgatib qo‘yaman sen iflosga! Qaysi 
polkdansan? Nega pogoning bilan nishon yo‘q? Dezertirlik qil-
yapsanmi, ablah? 
Askar tovushini pasaytirib: 
— Men qandaqasiga dezertir bo‘lay? Rossiyaga asir bo‘lib 
tushgan edim, endi yurtimga kelyapman, — dedi. 
Shmultke ushlanganlarning hujjatlarini tekshirib chiqdi. 
Harbiy asir Mechislav Pshigodskiyning titilib, mog‘orlab ketgan 
guvohnomasiga Kiyev komendaturasining shtampi bosilgan va 
qisqacha qilib: “Tekshirildi. Nogiron. Yurtiga ketish uchun rux-
sat etildi”, — deb yozilgan edi. Ikkinchi guvohnoma Varshava 
vodoprovodi montyori Sigizmund Rayevskiyniki bo‘lib, bunga 
ham yurtiga, ketish uchun ruxsat berilgan edi. 
— O‘n yettinchi yildan keyin Rossiyada nima qilding? 
— Kartoshka kovladim, ober-leytenant janoblari. 
Shmultke askarning javobida yashirin bir mazax borligini 
sezdi. 
— Mayli, ishingni tekshirib bir yoqlik qilgunimizcha o‘ti-
rib turasan, — dedi. Keyin novcha bo‘ylisiga qarab, ixtiyorsiz 
1

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin