Jahon adabiyotining so‘nmas yulduzlari nikolay Alekseyevich ostrovskiy bo‘ron bolalari



Yüklə 1,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/40
tarix12.10.2023
ölçüsü1,98 Mb.
#154791
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Nikolay Alekseyevich Ostrovskiy. Bo\'ron bolalari

— “Sevgilim Stefajon, — 
Lyudviga kabinetdagi Edvard 
ham eshitsin deb, xatni jo‘rttaga baland ovoz bilan o‘qidi,
— 
shtabimiz hozir Kiyevda. Bu — katta va ancha madaniy shahar, 
tuzukkina operasi ham bor. Masalan, kecha “Faust” operasini 
ko‘rdik. Shunda bizning polkovnigimiz — hilvirab qolgan 
Beklendorf chol: “Xuddi Myunxendagiday qo‘yishdi-ya! Holbuki 
bu yer qaroqchilar qaynab yotgan vahshiy bir mamlakat”, — deb 
aytdi. Men avvalgi xatimda Ostrog shaharini ishg‘ol qilganimiz
-
dan so‘ng ikki haftalik ta’til olganligimni va Maliye Borovitsi 
qishlog‘idagi mulkimizga borganligimni yozgan edim. U yerdagi 
ahvolni ko‘rib, qanchalik g‘azablanganimni tasavvur etolmay
-
san. Uy butunlay talangan, xonalar bo‘sh, deraza oynalari sin
-
dirilgan. Hatto tomining tunukasi ham ko‘chirib olingan. Mashi
-
nalarning barisi o‘g‘irlangan. Qo‘rg‘ondagi otlarni, qoramol
-
larni dehqonlar talab ketganlar, g‘alla omborlari buzilgan. 
Xullas, ship-shiydam qilingan imoratdan boshqa hech nima yo‘q. 
Ishboshqaruvchi o‘ldirilgan, xizmatkorlar qochib ketgan
-
lar. Borovitsini ishg‘ol qilib turgan frankfurtliklar vzvodining 
yordami bilan tergov va tintuv o‘tkazdim. Men Paisiy hazratlari 
degan bir rus popining uyiga tushgan edim, mulkimizning qan
-
day va kimlar tomonidan talanganini ana shu pop aytib berdi. 
Uning maslahati bilan qishloqda yoppasiga tintuv o‘tkazdik. 
Topgan narsalarimiz, albatta, daryodan qatraday. Hammasi fa
-
qat uchta xonaga joylandi, xolos. Frankfurtliklardan bizning 


14 
uyimizga ko‘chib kelishlarini iltimos qildim. Getmanlar vartasi
-
ning qorovuli (mayxonachi Mazurenkoning o‘g‘li esingdami?) 
ham bola-chaqasi bilan biznikiga ko‘chib keldi. Uni mulkimizga 
vaqtincha ishboshqaruvchi qilib tayinladim. U juda foydali, 
sermulozamat bola chiqib qoldi. “Talangan narsalarning ham
-
masini, hatto bir cho‘pini ham qoldirmay topib qo‘yaman”, — 
deb qasam ichdi. Hozirgi paytda o‘ttiz markali oylikka ko‘nadi
-
gan durustroq ishboshqaruvchini topishim ham amrimahol edi. 
Qishloqdagi odamlarning hammasini bilar ekan, shuning uchun 
iloji boricha narsalarimizni topib qo‘yadi. Frankfurtliklar bilan 
uning qishloqdan chetroqda turgani tuzuk, chunki hammalari bir 
tursa, hujum bo‘lib qolganda o‘zlarini mudofaa qilishlari oson
-
lashadi. Aytmoqchi, hozir butun atrof partizan to‘dalari bilan 
to‘lib ketdi. Afsuski, pop menga ko‘rsatgan odamlarning barisi, 
biz kelsak, o‘rmonga qochib ketib qolibdi. Faqat “nochorlar” 
qolibdi. Bu yaramaslar yana qaytib talonchilik qilmasliklari 
uchun ularning ichidan eng xavflilarini tuttirib, Mazurenkoga 
urdirdim. Jazolash ustida, albatta, o‘zim turganim yo‘q...”
Lyudviga xat ushlagan qo‘lini tizzasiga tushirib turib: 
— Voy o‘lay, yomon bo‘libdi-ya! — deb shipshidi. 
— Rostdan ham, Stanislav bilan Stefaniyani xonavayron 
qilishibdi. Borovitsidagi mulkdan-ku, tuzuk imoratlar qolibdi, 
lekin Galitsiyadagi mulkni butunlay yoqib tashlashibdi. Hayron-
man, Stanislav o‘zini nega bunchalik xor qilarkin-a? Uning 
o‘rnida men bo‘lsam, qishloq xalqining yarmini dorga osardim, 
u hayvonlarning hamma molini, otini, g‘allasini tortib olardim, 
— deb, Vladislav Lyudviganing og‘zidagi so‘zini ilib ketgan edi, 
Lyudviga ham hayajonlanib uning so‘zini bo‘lib qo‘ydi: 
— Men: “Odamlarni kaltaklab ko‘p yomon ish qilishibdi”, 
— deyapman; ehtimolki, u sho‘rliklarning hech qanday gunoh-
lari yo‘qdir. Tag‘in bu ishni Stanislav qilsa-ya! Hayronman... Bu 
— asil oliynasabga yarashmagan narsa. 


15 
Stefaniya tutaqib: 
— Aytaverasan-da sen! Edvard ikkovingizning hamma 
narsangiz bus-butun turibdi, endi Stanislav bilan men gadoyga 
o‘xshab qoldik, — dedi. 
— “Asil oliynasab” degan so‘z bilan nima demoqchi 
bo‘lganligingni bilgim keladi, — dedi Vladislav qaynab. — Bu 
sharafga nahotki faqat siz Chernetskiylargina loyiq bo‘lsangiz? 
Stefaniya qo‘l siltab: 
— Bas, Vladek, bas endi! — dedi. — Ko‘ryapman, xatni 
eshitgingiz kelmayapti. 
Stefaniya yog‘och sanoatchisining qizi edi, uning million-
million pullari dvoryanlik martabasining o‘rnini bemalol bosar 
edi. Shu uchun ham Vladislavning Stefaniyaga hamma vaqt 
kulgili ko‘ringan gerdayishi hozir sanoatchi qizining jahlini 
chiqarib yubordi. 
Vladislav tag‘in bir narsa demoqchi bo‘lib turgan edi, 
eshikni taqillatib qoldilar; ichkariga kirib kelgan barvasta xiz-
matkor: “Padari buzruklari oliynasab panini ko‘rmoq istaydilar”, 
— dedi-da, ta’zim bilan o‘zini chetga oldi. Yo‘g‘on, lo‘ppi bir 
chol oyoqlarini zo‘rg‘a-zo‘rg‘a sudrab, sekin-asta kirib keldi. 
“Yuzef Iyeronim hazratlari bilan hozir kelib qoladi. Bular 
ham, xuddi o‘chakishgandek shu yerga to‘planib olishdi, aftidan, 
hali-veri ketmaydiganga ham o‘xshashadi. Yuzefni ogohlantirib 
qo‘yish kerak, Iyeronim hazratlarini to‘g‘ri Eddining kabinetiga 
boshlab kirsin. O‘zi ham juda g‘alati ish bo‘lyapti-da: Eddi kel-
gan bo‘lsin-u, hech kim bilmasin! Nahotki bu narsa Eddi uchun 
shu qadar xavfli bo‘lsa? Dard ustiga chipqondek, yana manavi 
bolaning bemazaligi o‘ldirib bo‘ldi-yu”, — deb o‘ylandi Lyudvi-
ga asabiylanib. 
— La’nati kuz! Tag‘in hamma yog‘im og‘rib qoldi, o‘zim 
ham hadeb uvushyapman. Hoy, Adam, oyoqlarimni yopib qo‘y, 
chiqib joyimni sol, — deb xirilladi chol so‘zlarni ko‘p qiyinchilik 


16 
bilan aytib. Uni astma kasali bo‘g‘ar, shuning uchun chiyillagan 
tovushlar chiqarib, zo‘rg‘a-zo‘rg‘a nafas olardi. 
Adam chiqib ketdi. 
Stefaniya cholning yoniga o‘tira turib: 
— Stasyaning xatini o‘qiyotgan edik, dada, — dedi. 
Grafning nursiz ko‘zlariga jon kirdi: 
— Xo‘sh, nima gaplar bor emish? Qani, aytinglar-chi! 
Xatning birinchi yarmini cholga qayta o‘qib berishga 
to‘g‘ri keldi. Keyin Stefaniya xatning davomini o‘qidi: 

Yüklə 1,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin