(tarjimon).
10
— Tezda qaytib kelaman, Lyudvis.
— Ana ko‘rdingmi, qolgan shu soatlaringni men bilan
o‘tkazish o‘rniga o‘sha jirkanch iyezuitni chaqirib o‘tiribsan.
Edvard kulimsiradi.
— Iyeronim hazratlari menga bir ish uchun kerak. Ammo
bu seni qiziqtiradigan ish emas. Kechirasan-da meni, hali Iyero-
nim hazratlari kelganda biz u bilan xoli o‘tirib gaplashishimiz
kerak. U kardinaldan
1
bir narsa so‘ragan ekan. Cherkovga oid
ishlar... Bu narsa Iyeronim hazratlariga xos sir bo‘lgani uchun
suhbatda boshqa odamning o‘tirishi unga yoqmas. U kelguncha,
ijozat etsang, senga bir-ikkita savol bersam.
— Qulog‘im senda, Eddi.
— Menga ayt-chi, bu mayor sizlar bilan birga ovqatlana-
dimi?
— Ha, dadang bilan Stefaniya ovqatga chaqirib turishadi.
U o‘zini juda betakalluf tutadi. Fransuzcha ham ancha yaxshi
gapiradi... Gohi-gohida Shmultke degan bir ober-leytenantni er-
gashtirib keladi. U bavariyalik, o‘lgiday qo‘rs odam. Eh, uning
dag‘al xunuk xushomadlarini bir eshitsang edi! Qara-ya, bu yer-
ning xo‘jayinlari biz emas, o‘zlari ekanligini hamma vaqt gapida
ishora qilib turadi. Dadang: “Shmultke menga katta xizmat ko‘r-
satyapti”, — deydi. Unga xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa ko‘rsata-
yotgandir-u, lekin menga hech biri yoqmaydi.
Edvard xotini aytgan so‘zlarning zamirida yana ham ko‘p-
roq narsalar borligini payqadi va qoshlari sekin chimirildi. Lyud-
viga erining kayfiyatini fahmlab, barmoqlarining uchini Edvard-
ning qoshlariga tegizdi. Bu xatti-harakati hamma vaqt ularni
so‘zsiz yarashtirardi. So‘ngra xotinining uzukli barmoqlari lab-
lariga yaqinlashganda uzuk ko‘zining jilvasiga beixtiyor qarab
qoldi.
1
Kardinal
—
katolik mazhabida yuqori ruhoniylik rutbasi
(tarjimon).
11
— Lyudvis, qimmatbaho buyumlaringni qayerda saqlay-
san?
Lyudviganing mayin kipriklari hayrat bilan miltilladi.
— G‘alatisan-a, Eddi! Bu uch yilni qanday o‘tkazganimni
so‘ramaysan-u, bisotlarimni...
— Yosh bolasan-da, Lyu... Buni so‘rashdan maqsadim:
ikkimizning nimamiz borligini bilish edi. Bilish nimaga kerak-
ligini keyincha o‘zim aytib beraman senga. Esingdami, gavhar-
laring eski vaqtda tilla pul bilan necha so‘m turardi?
Bir kuni oyim sepim qatorida berilgan qimmatbaho narsa-
larimni bir yuz yetmish ming so‘m turadi, deganday bo‘lib edi
xolamga. Sen hadya qilgan gavharlarning necha pul turishini esa
o‘zing bilasan.
Edvard miyasida tez sanab chiqdi: “Bir yuz yetmish-u, bir
yuz yigirma — ikki yuz to‘qson ming. O‘n so‘mlik tillalar soli-
nib, bog‘ga ko‘mib qo‘yilgan xumchada yana ikki yuz ming.
Fransuz bankida olti yuz ming frank. London bankida Lyudviga
ismiga qo‘yilgan o‘n ikki ming funt. Nihoyat, cho‘ntagimdagi
yetmish ming nemis markasi... Mana, pul bilan sanash mumkin
bo‘lgan narsalarning hammasi — shu. Taxminan, tilla pul bilan
bir million so‘mga yaqin. Bundan Lyudviga bilan menga faqat
yarim millionigina tegadi, yetti millionlik xususiy davlatimdan
bor-yo‘g‘i shu qolibdi... Axir, to‘qqiz ming desyatina yerni, chor-
bog‘ni, qo‘rani, bug‘ tegirmonni, ko‘n zavodi va bir ming olti yuz
desyatina o‘rmonni qo‘ldan chiqib ketay deb turgan bir paytda
sarmoya qatoriga kirgizish qiyin-da. Bular uchun hali kurashish
kerak... Hozir qo‘limizda oltin hisobi bilan yarim million so‘m
pulimiz bor ekan, boshga qora kunlar tushganda quruq qo‘l bilan
o‘tirgandan ko‘ra, asqatib qolar-ku”.
Eshik orqasidan allakimlarning kulgi ovozlari eshitildi.
Bir ayol kishi:
— Vladek, axir, odobli bo‘lsang-chi! — deb kimnidir
12
odobga chaqirdi.
Bunga javoban qiqirlab kulgan tovush eshitildi.
— Bular Stefa bilan Vladislav, — bezovtalik bilan ship-
shidi Lyudviga. — Yuzef meni betob degan ekan, shunday bo‘lsa
ham kelishyapti.
Edvard xotinini ergashtirib uning yotoqxonasiga kirdi-da,
jadal borib, o‘z kabinetining eshigini ochdi.
— Hozircha ularga hech nima dema, tezroq chiqarib yubo-
rish payiga tush, — dedi Edvard eshikni bekita turib.
Stefaniya uyga kirib kela turib:
— Senga nima bo‘ldi, azizim? Tobing yo‘q deyishadimi?
— deya qaqilladi.
Uning orqasidan, xuddi konkida yurgandek, Vladislav
Mogelnitskiy otilib kirdi.
— Yo‘q, yo‘q, nomusim bilan qasamyod etamanki, u ham-
ma vaqtdagiday jozibali! — deb duduqlandi-da, Stefaniyaning
yonidan aylanib o‘tib, Lyudviganing peshonasiga keldi.
Uning yopishqoq lablari Lyudviganing qo‘liga tegganda
Lyudviga har vaqtdagiday jirkanib ketdi. Bu oqdan kelgan yigit-
cha bolalikdan chiqib ulg‘aygan sari Lyudviganing nazarida ya-
nada yoqimsizroq bo‘lib bormoqda ediki, buning sababini Lyud-
viganing o‘zi ham anglamasdi.
Stefaniya nafrat aralash kulimsirab:
— Ko‘rib turibsanki, Lyudvis, qaynimizni tarbiyalash
uchun sarf qilingan quchoq-quchoq pullar bekorga ketdi. U baay-
ni poygadagi chavandoz singari hamma vaqt oldinga o‘tib ketish-
ga urinadi! — dedi.
Vladek bo‘lsa kapalaknusxa bo‘yinbog‘ini g‘urur bilan
tuzata turib:
— Tezlik va tazyiq buyuk lashkarboshilarning shiori bo‘l-
gan! — dedi. So‘ngra ko‘ngilsiz suhbatni boshqa yoqqa burib,
Stefaniyaga hozirgina eridan olgan xatini Lyudvigaga ko‘rsatish-
13
ni taklif qildi.
— Stanislav nimalar yozibdi? — dedi Lyudviga qiziqib.
Keyin Stefaniyaning yelkasidan quchoqlab, uning yoniga, divan-
ga o‘tirdi.
Vladek ularning ro‘parasiga o‘tirib, Stefaniyaning ipak
paypoqlariga tiqilib turgan yo‘g‘on boldirlarini va Lyudviganing
xushbichim oyoqlarini sinchkov odam singari tomosha qila
boshladi.
Dostları ilə paylaş: |