Trtinchi guruhga kiruvchi davlatlarda elektrenergiyasining asosiy qismi atom elektro stansiyalarida ishlab chiqariladi, bularga misol qilib Fransiya, Belgiya, Koreya Respublikalarini aytish mumkin. Metallurgiya sanoati. Qora metallurgiya og’ir sanoatning muhim tarmog’i bo’lib, xalq xo'jaligiga muhim qurilma material - plat beradi, mashinasozlik uchun moddiy baza yaratadi. Qurilish va xjalikning boshqa tarmoqlarini texnika bilan qurollantirishda katta ahamiyati bor. Ammo bir qancha tarmoqlarda po’lat rniga kproq plastmassalar, temir- beton ishlatilmoqda. Shu sababli bu tarmoq past sur’atlar bilan smoqda. Temir rudasining yer yuzasidagi umumiy zaxirasi 400 mlrd. t bo’lib, uning 50foizi MDH mamlakatlarida joylashgan. Ikkinchi rinda Osiyo mamlakatlaridan: Hindiston va Xitoy turadi. Uchinchi rinda Lotin Amerikasi (Braziliya, Venesuela) turadi. Trtinchi o’rinda Afrika davlatlari (JAR, Jazoir, Liberiya, Liviya, Mavritaniya). Beshinchi o’rinda Shimoliy Amerika (AQSh, Kanada). Oltinchi rinda Avstraliya. Yettinchi o’rinda Yevropa (Fransiya, Shvetsiya) turadi. 1993-yilda kapitalistik mamlakatlarda 361 mln.t. chyan, 480 mln.t. plat quyilgan. Plat va chyanning 90 foizi yuqori darajada rivojlangan malakatlar hissasiga tg’ri keladi. Qora metallar ishlab chiqarishda birinchi o’rinda Rossiya, ikkinchi o’rinda AQSh, (1993 yilda 66 mln. t cho’yan, 108 mln. t plat), uchinchi rinda Yaponiya (tegishlicha 80 mln. t va, 110 mln. t), to’rtinchi o’rinda Germaniya (32 mln. t va 43 mln. t), beshinchi o’rinda Buyuk Britaniya (12 mln. t va, 18 mln. t) turadi. Rivojlanayotgan mamlakatlar rtasida Hindiston muhim o’rinni egallaydi. Unda 1993-yilda 13 mln. t cho’yan, 14 mln. t po’lat quyilgan.