Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning oʻziga xos xususiyatlari shundan iboratki



Yüklə 404 Kb.
səhifə2/8
tarix13.09.2022
ölçüsü404 Kb.
#63612
1   2   3   4   5   6   7   8
ikkinchidan, odatda inqirozlar talab (bank tizimidagi inqiroz va kreditlarning sekinlashuvi, yoki davlat qarzining oshib ketishi natijasida xarajatlarning qisqarishi, daromadlarning kamayib ketishi) yoki taklifning yaʼni, ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarishi (urush va tabiiy ofatlar, qarz inqirozlari va h.k.) bilan bogʻliq omillarning biri taʼsirida yuzaga keladi. Amaldagi iqtisodiy vaziyatning murakkabligi, bir paytning oʻzida talab va taklifning qisqarishi bilan izohlanadi;
uchinchidan, koronavirus pandemiyasining toʻxtatilishi va undan keyingi bosqichda cheklovlarning olib tashlanishi hamda ushbu kasallik tarqalishining ikkinchi toʻlqini bilan bogʻliq yuqori darajadagi noaniqliklarning mavjudligi: (a) biznes subyektlari uchun ishlab chiqarish va investitsion loyihalar boʻyicha; (b) aholining isteʼmol faolligiga; hamda (v) hukumatlar tomonidan fiskal va monetar qoʻllab quvatlash, tashqi va ichki qarzlarni jalb qilish, ijtimoiy himoya hajmi va dasturlarini belgilash borasida aniq qarorlarni qabul qilishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarmoqda.
Shu nuqtayi nazardan koronavirus pandemiyasining mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatga taʼsirini yumshatish vazifasi, birinchi navbatda, ushbu kasallikning aholi sogʻligiga taʼsirini minimallashtirish, ushbu borada kiritilgan cheklovlarni ehtiyotkorlik bilan bosqichma-bosqich olib tashlash va kelgusidagi vaziyatni imkon qadar aniqroq baholay olish orqali inqirozdan keyingi iqtisodiy tiklanish siyosatini toʻgʻri shakllantirish va amalga oshirishdan iborat boʻladi.
Koronavirus kasalligining tarqalishi dastlabki bosqichlarda, yaʼni, 2020-yilning yanvar-fevral oylarida, asosan Xitoy iqtisodiyotiga va keyinchalik ushbu mamlakatdagi vaziyatning boshqa davlatlarga taʼsiri sezila boshlandi. Fevral oyining ikkinchi yarmidan boshlab va mart oyida esa mazkur kasallik dunyoning deyarli barcha davlatlariga tez tarqalib, ushbu mamlakatlar iqtisodiyotiga bevosita oʻz salbiy taʼsirini koʻrsata boshladi.
Mazkur materialda joriy yilning birinchi choragi yakunlari boʻyicha asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlar, aprel oyidagi ayrim iqtisodiy koʻrsatkichlar tendensiyalari va respublika iqtisodiyotiga taʼsir qiluvchi ayrim omillarga toʻxtalib oʻtiladi.

Yüklə 404 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin