Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning oʻziga xos xususiyatlari shundan iboratki


-yilda iqtisodiy oʻsish boʻyicha dastlabki prognozlar



Yüklə 404 Kb.
səhifə8/8
tarix13.09.2022
ölçüsü404 Kb.
#63612
1   2   3   4   5   6   7   8
2020-yilda iqtisodiy oʻsish boʻyicha dastlabki prognozlar
Vaziyatning keskin oʻzgaruvchan boʻlishini inobatga olib bugungi kunda kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat boʻyicha nisbatan aniq prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish murakkab boʻlib qolmoqda.
Shu bilan birga, bugungi kunda vaziyatdan kelib chiqib hamda dunyo mamalkatlarida koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq cheklovlarning aososiy qismi joriy yilning birinchi yarmida olib tashlanishini taxmin qilish asosida 2020-yil yakuni boʻyicha iqtisodiy oʻsish surʼatlari 1,5-2,5 foiz atrofida boʻlishi prognoz qilinmoqda.
Ijobiy oʻsish surʼatlarining saqlab qolinishi quyidagi omillar hisobiga taʼminlanadi:

  • qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining dastlabki prognoz koʻrsatkichdan 3,5-4 foizdan nisbatan yuqoriroq kutilishi. Bunda qishloq xoʻjaligining YAIM tarkibidagi ulushi 30 foiz atrofida ekanligini inobatga oladigan boʻlsak, ushbu sohadagi ijobiy dinamika iqtisodiy oʻsishni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega;

  • sanoat sohasida ishlab chiqarish hajmi oʻsish surʼatlarining sekinlashishiga qaramay 3,4 foizdan ziyodga oshishi prognoz qilinmoqda. Sanoat sohasining YaIM tarkibida 30 foizdan yuqoriligi hisobiga mazkur ijobiy oʻsish surʼati ham umumiy iqtisodiy oʻsish surʼatlarini qoʻllab-quvvatlaydi.

Iqtisodiy oʻsishning sekinlashuviga taʼsir qiluvchi omillar:

  • koronavirus pandemiyasi birinchi navbatda xizmatlar koʻrsatish sohasiga koʻproq taʼsir koʻrsatishini inobatga olib mazkur sohasida iqtisodiy oʻsish 2020-yil yakuni boʻyicha 0,7-1,0 foiz atrofida boʻlishi kutilmoqda.

Ushbu tendensiyaning saqlanib qolishi joriy yil birinchi chorakda xizmatlar sohasining 3,8 foizga oshishi hamda uchinchi chorakdan boshlab jonlanishi bilan izohlanadi;

  • xalqaro pul oʻtkazmalarining 30-40 foizga qisqarishi aholi daromadlarining va iqtisodiyotda isteʼmol xarajatlarining kamayishiga olib keladi.

Umuman olganda xususiy sektorda yakuniy isteʼmol xarajatlari dastlabki prognoz qilingan 6,8 foizlik oʻsishdan past boʻlib, 1,2 foizgacha qisqarishi mumkin.
Oʻz navbatida inqirozga qarshi jamgʻarmaning shakllanishi hamda ichki va tashqi resurslarni mobilizatsiya qilish hisobiga davlat xarajatlarining prognoz qilingan darajada ushlab turilishi iqtisodiyotda umumiy talabni ragʻbatlantiruvchi omil boʻlib xizmat qiladi.
Yüklə 404 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin