Jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan inqirozli holatning oʻziga xos xususiyatlari shundan iboratki



Yüklə 404 Kb.
səhifə6/8
tarix13.09.2022
ölçüsü404 Kb.
#63612
1   2   3   4   5   6   7   8
Iqtisodiy faollik. Karantin choralari davrida iqtisodiy faollik susayishining eng quyi davri aprel oyining birinchi dekadasiga toʻgʻri kelib, tovar xom-ashyo birjasida savdolar bitimlari hajmi oʻrtacha 30 foizgacha, ayrim tovarlar boʻyicha esa sotish hajmi 80 foizgacha tushib ketdi.
Aprel oyining ikkinchi yarmidan boshlab qurilish va yuk tashish sohasidagi karantin choralarining yumshatilishi natijasida qurilish materiallariga va yuqori likvidli mahsulotlarga boʻlgan talabning nisbatan jonlanishiga taʼsir etdi.
Jumladan, aprel oyining uchinchi haftasida sement mahsulotining sotilishi dastlabki haftaga nisbatan 1,4 barobarga, qora metallar prokati 2,7 barobarga, polipropilen 4,3 barobarga, polietilen 2 barobarga va shuningdek dizel yoqilgʻisi 21 foizga oshdi.
Natijada, aprelning 1-25 sanalari oraligʻida sement mahsulotlarining sotilishi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13,4 foizga, mis katodi 6,5 foizga, mineral oʻgʻitlar hajmi 7 foizga, dizel yoqilgʻisi esa 10 foizga oʻsishi kuzatildi.
Dizel yoqilgʻisiga talabning koʻpayishi – bu qishloq xoʻjaligi sohasida faollikning mavsumiy oshishi, yuk avtomobillari harakatlanishiga cheklovlarning olib tashlanishi hamda qurilish ishlarining sanitar va epidemiologik talablarga qatʼiy rioya qilgan holda amalga oshirish boʻyicha ruxsat berilishi bilan faollik oshib bormoqda.
Aprel oyining 1-27 kunlarida mart oyining mos davriga nisbatan respublika boʻyicha jami pul tushumlari 45 foizga, bunda, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushumlar 31 foizga hamda pullik xizmatlar sohasidan keladigan tushumlar esa qariyb 2,7 barobarga qisqarishi kuzatildi.
Shu bilan birga, aprel oyining ikkinchi oʻn kunligidan boshlab mahsulotlar sotuvi tushumlarida sezilarli oʻsish kuzatilib, shu dekadadagi oʻrtacha kunlik tushumlar 337,1 mlrd. soʻmni tashkil qildi (birinchi oʻn kunlikda oʻrtacha tushum – 255,5 mlrd. soʻm). Mazkur tendensiya aprel oyining soʻnggi oʻn kunligida ham davom etib, kunlik oʻrtacha tushumlar 340,1 mrld. soʻmni tashkil qildi.
Pullik xizmatlardan keladigan tushumlar dinamikasida ham keskin qisqarishdan soʻng faollik kuzatilayotganiga qaramasdan oʻsish surʼatlari pastligicha qolmoqda (birinchi oʻn kunlikda oʻrtacha kunlik tushum – 38,4 mlrd. soʻm, ikkinchi oʻn kunlik – 40,5 mlrd. soʻm, uchinchi – 43,7 mrld. soʻm).
Iqtisodiy faollikning maʼlum darajada sekinlashuviga qaramay aprel oyida tabdirkorlik subyektlari tomonidan jalb qilingan kreditlar qoldigʻi 2,3 trln. soʻmga oshdi. Xususan, aprel oyining dastlabki 20 kunida ushbu sohaga ajratilgan kreditlar miqdori 4,3 trln. soʻmni va soʻndirilgan kreditlar miqdori qariyb 2 trln. soʻmni tashkil etdi.

Yüklə 404 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin