Yevropa mamlakatlari siyosiy xaritasining shakllanishidagi asosiy bosqichlar. Dunyo siyosiy xaritasida Yevropaning o‘z o‘mi bor. XX asming 80-yillarida bu yerda 32 ta suveren davlat mavjud bo‘lgan. 90-yillaming dastlabki davrida esa mamlakatlaming umumiy soni 40 taga yetdi. Sobiq Ittifoq tarkibidan Boltiqbo‘yi davlatlarining ajralib chiqishi, Yugoslaviya va Chexoslovakiyaning bo‘linishi qit’ada mamlakatlar sonining ko‘payishiga sabab bo‘ldi. 1989-yilda ikki nemis davlatlarining qo‘shilib, yagona Germaniya Federativ Respublikasining barpo qilinishi qit’a va jahon siyosiy xaritasida katta voqea bo‘ldi. XX asming so‘nggi 10 yilida Yevropa va jahon siyosiy xaritasida yana ham jiddiy o‘zgarishlar yuz berdi. Ittifoq parchalanib, 12 ta yangi suveren davlatlar vujudga keldi. Shulardan Yevropa davlatlari qatoriga Ukraina, Belarus va Moldova qo‘shildi. Shunday qilib, Yevropada XXI asming dastlabki davrida jami 46 mamlakat mavjudligi qayd etildi. Yevropa kichik mamlakatlar o‘lkasidir. Aynan ana shu qit’ada jahondagi «mitti» mamlakatlar (Andorra, San-Marino, Monako, Yatikan, Lixtenshteyn) ning ko‘pchiligi joylashganligi so‘zimizga misol bo‘lishi mumkin. Maqomi noma’lum Gibraltar (6,5 km2) va Daniya mustamlakasi Faryer orollari (1,5 km2) ham juda kichik maydonlarga ega. Mazkur davlatlardan tashqari hududi nisbatan kichik mamlakatlardan 12 tasining har birining maydoni 50 ming km2 dan ham kichikdir. Shular qatoriga Belgiya, Niderlandiya, Daniya (Grenlandiya orolini hisoblamaganda), Chemogoriya, Shveysariya, Moldova, Slovakiya, Malta, Ma- kedoniya, Sloveniya, Albaniya va Estoniya kiradi (taqqoslash uchun birgina Moskva oblasti maydoni 47 ming km2 ni tashkil etishini aytib o‘tish kifoyadir). Qit’ada 12 ta mamlakat hududi 50 mingdan 100 ming km2 gacha boradi. Bularga Islandiya, Irlandiya, Avstriya, Serbiya, Yengriya, Chexiya, Latviya, Litva,Xorvatiya, Bosniya va Gersegovina, Portugaliya, Chemogoriya mamlakatlari kiradi. Norvegiya, Shvetsiya, Finlandiya, Buyuk Britaniya, GFR, Italiya, Polsha, Serbiya, Ruminiya, Bolgariya va Gretsiyaning, ya’ni 11 ta davlatning maydoni 100 mingdan 500 ming km2 gacha o‘zgaradi. Faqat Fransiya, Ukraina va Ispaniya davlatlarining hududi 500 ming km2 dan oshadi. Rossiya Federatsiyasi maydonining kattaligiga binoan nafaqat Yevropa, balki butun dunyoda tengi yo‘q mamlakatdir. Yevropada har xil shaklga ega bo‘lgan mamlakatlar mavjud. Norvegiya qit’ada hududi meridian yo‘nalishi bo‘yicha eng uzun (1750 km) joylashgan mamlakatdir. Shunday mamlakatlar qatoriga yana Shvetsiya (1600 km), Finlandiya (1160 km), Fransiya (1000 km), Buyuk Britaniya (955 km), GFR (850 km) kiradi. Shu bilan birga, Bolgariya va Yengriyada chekka nuqtalar orasidagi masofa 500 km dan oshmasligini aytib o‘tish joizdir. Niderlandiyada esa bu ko‘rsatkich atigi 300 km ni tashkil etadi. Yevropa dunyodagi eng yirik iqtisodiy markazlardan biridir. Uning jahon YIM dagi ulushi 16805 mlrd. dollami yoki dunyodagi jami 85539 mlrd. dollarga teng YIM ning 19,6 foizini tashkil etadi. Yevropaga jami jahon savdo aylanmasining 1/3 qismi to‘g‘ri keladi. Eng muhimi shundan iboratki, Yevropada jahon tarixida birinchi bor Yevropa Ittifoqi doirasida salkam o‘ttizta davlat birlashtirilib, ulkan miqyosda, yagona iqtisodiy va siyosiy makon shakllantirilmoqda. Yevropa mamlakatlarining tabiiy resurslari.Yevropa tabiiy resurslaming barchasi bilan yaxshi ta’minlangan. Qit’a mamlakatlari ushbu resurslardan o‘zining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan, jahon bozoridagi vaziyatdan, mamlakatda shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy holatdan kelib chiqqan holda har xil darajada foydalanmoqda. Bunda iqtisodiy va ijtimoiy omillardan tashqari tabiiy-geografik shart-sharoitlar ham muhim rol o‘ynamoqda. Yevropada yer va suv resurslaridan intensiv tarzda foydalanilmoqda. Qit’a tabiiy sharoiti qishloq xo‘jaligini rivojlantirish uchun umuman qulay hisoblanadi. Bu o‘rinda Markaziy va Janubiy Yevropa Shimoliy Yevropadan keskin ajralib turishini aytib o‘tish lozim. Yevropa biologik resurslar, ayniqsa, o‘rmon resurslari bilan nisbatan yaxshi ta’minlangan. Bu yerda Shimoliy o‘rmon mintaqasining bir qismi (Rossiya, Finlandiya, Shvetsiya, qisman Norvegiya, Buyuk Britaniya) joylashgan. Fin- landiya va Shvetsiyadan tashqari mamlakatlardagi o‘rmonlar, asosan, yosh daraxtlardan tashkil topgan. Agroiqlim resurslari Markaziy va Janubiy Yevropada qishloq xo‘jaligini intensiv rivojlantirishga imkon beradi. Yevropada mineral resurslaming sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan konlari topilgan. Yoqilg‘i-energetika resurslaridan toshko‘mir, qo‘ng‘ir ko‘mir, yonuvchi slaneslar, neft, tabiiy gaz, gidroenergoresurslardan foydalanilmoqda. Toshko‘miming yirik konlari Germaniya (Rur, Saar), Buyuk Britaniya va Ukrainada (Donbass) ochilgan. Zaxiralari Buyuk Britaniyada 190 mlrd. tonnadan GFR da salkam 300 mlrd. tonnagacha boradi. Qo‘ng‘ir ko‘miming yirik konlari GFR va Polshada (185 mlrd. tonna) mavjud. Yonuvchi slaneslar Boltiqbo‘yidagi Estoniya Respublikasida qazib olinadi. Yevropa neft va tabiiy gazning ulkan konlariga ega bo‘lmasa ham, har holda qit’alar ichida oxirgi o‘rinda qolmagan. Bunda Shimoliy va Norvegiya dengizlari shelfining ahamiyati juda kattadir. XX asming 80-90-yillarida ushbu dengizlaming tubida dastlabki neft va tabiiy gaz konlari ochildi. Hozirgi vaqtda qazib olinayotgan neft miqdori 300 mln. t dan, gaz miqdori 200 mlrd. m3 dan oshib ketdi. Neft va gaz konlarining asosiy qismi Buyuk Britaniya va Norvegiyaga tegishli. Neft va tabiiy gaz Niderlandiya, Belgiya, Ruminiya, Ukraina, Belarus, Fransiya, Italiya mamlakatlarida ham qazib olinadi. Temir rudalarining yirik konlari Shvetsiya (Kirunavara), Fransiya (Lotaringiya) va Ukraina (Krivoy Rog, Kerch, Belozyorsk konlari)da joylashgan. Marganes rudasining yirik koni ham Ukrainada ochilgan. Yevropada, xususan, Polsha, Bolgariya, Ruminiyada mis-molibden konlari juda ko‘p. Fransiya va Gretsiyada yirik boksit, Yengriyada nefelin konlari topilgan. Simob rudalari Italiya, Ispaniya, Ukrainada qazib olinadi. Polimetall rudalar konlari ko‘pchilik mamlakatlaming hududlarida topilgan, lekin ulaming zaxiralari unchalik katta emas. Yevropada, xususan, Italiya, Ukrainada - oltingugurt, Belams, Ukrainada kaliy va osh tuzi konlari juda salmoqlidir.