Jahon mamlakatlari iqtisodiy


O’zbekistonning Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə8/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

O’zbekistonning Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligi.
Bugungi kunda O’zbekiston Respublikasining Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo oboroti har yili 1,2 mlrd. dollarni tashkil qilayapti. Uning 47 % foizi o’zbek eksportiga, 53 % Evropa mamlakatlaridan O’zbekistonga importni tashkil qiladi. Evropa Ittifoqi mamlakatlari orasida O’zbekistonning yirik savdo-iqtisodiy hamkorlari Germaniya, Buyuk Britaniya, Italiya, Belgiya, Frantsiya, Niderlandiya va boshqalar hisoblanadi.
EI mamlakatlari shuningdek, O’zbekiston iqtisodiyotiga to’g’ridan-to’g’ri sarmoya kiritayotgan yirik sheriklar hamdir. O’zbekiston hududida EI mamlakatlari firma va kompaniyalari ishtirokida 500 dan ziyod korxonalar ishlab turibdi, ulardan 115 tasi yuz foiz (100%) Evropa kapitali hisobiga tashkil etilgan.
Evropa investorlari ishtirokida O’zbekistonda amalga oshirilgan yirik loyihalar orasida «Oksuk Mayning» kompaniyasi bilan birga tashkil etilgan oltin rudasini qayta ishlovchi «Amanatu Goldfildz», tamaki mahsulotlari ishlab chiqaruvchi «O’z BAT», «Doyche-Kabel AG Toshkent», avtomobil va qurilish oynalari ishlab chiqaruvchi «Tekint» (Italiya) qo’shma korxonalari bor.
EI mamlakatlari banklari va sug’urta agentliklari O’zbekistonda umumiy summasi 2,9 mlrd. dollarlik 174 loyihani moliyalashtirganlar. Ayni paytda shaharlar kommunal xo’jaligi infratuzilmasi va irrigatsiya inshootlarini rekonstruktsiya qilish bo’yicha, amaldagi neft konlari samaradorligini oshirish va yangi istiqbolli loyihalar asosida energetika tizimini modernizatsiyalash (Frantsiya); O’zbekiston janubida polimetall ruda konlarini ishlab chiqish (Buyuk Britaniya) va kasbiy ta’lim sohasida kadrlar tayyorlash borasida faol ish olib borilayapti.
Nazorat savollari:
1. Evropa ittifoqini mazmunan tushuntirib bering?
2. Evropa ittifoqining shakllanish bosqichlari qanday kechdi?
3. Shengen zonasini yoritib bering?
4. Evropa zonasini tushuntirib bering?
5. Evropa Valyuta Ittifoqini shakllanishi haqida tushuncha bering?
6. O’zbekistonning Evropa Ittifoqi (EI) mamlakatlari bilan iqtisodiy hamkorligini yoritib bering?



Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin