Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə4/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Evropa Ittifoqi, Umumiy bozor, Evropa iqtisodiy hamjamiyati, Shengen zonasi, Evrozona, Evro.


Ittifoq shiori-xilma-xillik bo’yicha kelishuv., madhiyasi-xursandchilik sari, siyosiy markazlari-Bryussel, Lyuksemburg, Strasburg hisoblanadi. Maydoni-4 324 782 kv km (dunyoda 7-chi o’rinni egallaydi). Aholisi-508 191 116 kishi (dunyoda 3-chi o’rinni egallaydi)-(2015 yil). Aholi zichligi-115,8 kishini tashkil etadi bir kv. km. maydonga. EI-konfederativ davlat sifatida qaraladi. YaIM-16,6 trln doll (Dunyo yalpi ichki mahsulotida 23 % tashkil etadi), jon boshiga-33 131 dollarni tashkil etgan (2012 yil).
EI (Evropa Ittifoqi)-bugungi kunda 27 ta davlatni iqtisodiy va siyosiy jihatdan birlashtirgan ittifoq hisoblanadi. Shaklanish asosi-23 iyul 1952 yil Parij, 1 yanvar 1958 yil Rim, 1 noyabr 1993 yil Maastrixt. G’arbiy Evropa integratsiya yo’liga 1950–yillarda (1952-ko’mir va po’lat ishlab chiqarishni Evropada birlashishi) kirgan edi. O’shanda Frantsiya, GFR, Italiya, Belgiya, Niderlandiya, Lyuksemburg erkin savdo hududi yaratishgandi.
Evropa iqtisodiy hamjamiyati (EIHS) tuzish haqida aynan shu mamlakatlar 1957 yilda Rim shartnomasini imzolaydilar. 1958 yilda G’arbiy Evropada «Evratom» (unga yuqorida sanab o’tilgan 6 mamlakat kirdi) birlashmasi tuzildi. Rim shartnomasini imzolagan mamlakatlarni Evropa hamjamiyati yoki «Umumiy bozor» deb atay boshladilar. Umumiy bozor mamlakatlarida quyidagi printsiplar qabul qilindi: erkin savdo, kapitalning erkin xarakati, ishchi kuchlari va xizmatlar, yashash joyini tanlash erkinligi. Jumladan, Shengen zonasi doirasida pasport nazoratini bekor qilish ham qamrab olindi. Shengen zonasi-butun EI va boshqa Evropa davlatlarini qamrab oladi. Hozirgi kunda uchta kelushuv mavjud bo’lib, EI ichida turli darajadagi integratsiyani shakllantirgan:
-EI a’zolari;
-Evropa zonasi a’zolari;
-Shengen kelishuvida ishtirok eish.
EI a’zolari Shengen kelishuvida ishtirok e’tishga har doim ham vazifador emas. EI barcha a’zolari Evropa zonasida emas.Masalan:
-Buyuk Britaniya va Irlandiya Shengen zonasi kelishuviga chegeralangan doirada qo’l qo’yishgan. Jumladan Buyuk Britaniya Evropa zonasiga a’zolikni o’ylab ham ko’rmagan;
-Daniya va Shvetsiya referendum natijalariga ko’ra Milliy valyutani saqlab qoldi;
-Norvegiya, Islandiya, Shveytsariya, Lixtenshteyn EI a’zo emas, ammo Shengen zonasiga kiradi.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin