Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanining (Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursining)-vazifalariga mamlakatlar haqida talabalarga bozor iqtisodiyotiga o’tish davri talablari asosida har taraflama chuqur bilim berish bilan birga Vatanni sevish va ardoqlash, milliy qadriyatlarni e’zozlash va ularga sidqidildan xizmat qilish ruhini singdirishdir kiradi.
“Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” fanidan darsni yuqori ilmiy-pedagogik darajada tashkil etilishi, muammoli mashg’ulotlar o’tkazilishi, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilinishi, ilg’or pedagogik texnologiyalardan va multimedia qo’llanmalardan samarali foydalanish, talabalarni mustaqil fikrlashga undaydigan, o’ylantiradigan muammo savollarni ular oldiga qo’yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, ijodkorlikka yo’naltirish, erkin muloqotga kirishishga, ilmiy izlanishga jalb qilish va boshqa tadbirlar fan mavzularini chuqur egallashni ta’minlaydi.
Mazkur o’quv-o’slubiy majmua Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya (Jahon mamlakatlari iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi kursi) fanidanVazirlikning 2017 yil 1 mart 107-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim o’quv rejalari fanlarining yangi o’quv majmualariini tayyorlash bo’yicha uslubiy ko’rsatma” asosida yaratilgan dastlabki o’quv-uslubiy majmualardan biri bo’lganligi sababli, unda ba’zi juz’iy kamchiliklar, munozarali qarashlar va atamalar uchrashi mumkin. Shunga ko’ra majmua haqidagi fikr-mulohazalarini bildirgan hamkasblariga muallif oldindan o’z minnatdorchiligini bildiradi
O’quv-uslubiy majmuada ma’ruzalar, amaliy mashg’ulotlar ishlanmalari, nazorat savollari va mustaqil ish topshiriqlari keltirilgan.
Manzilimiz: 120100. Guliston shahri, IV mavze, Universitet, «Ekologiya va geografiya» kafedrasi I. O’QUV MATERIALLAR I.1. MA’RUZA MAVZULARI BO’YICHA O’QUV MATERIALLARI
1-MAVZU: EVROPA ITTIFOQI DAVLATLARI Reja: Evropa ittifoqi davlatlari:siyosiy geografik o’rni, tarixiy shakllanish xususiyatlari. Evropadagi siyosiy vaziyatning hozirgi davrda tubdan o’zgarganligi. Evropa ittifoqi davlatlarining Jahon iqtisodiyoti va siyosatidagi o’rni va roli. Aholisi xususiyatlari, mehnat resurslari, zichligi, urbanizatsiya darajasi. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, transporti, tashqi aloqalari, eksport darajasining yuqoriligi.