1992 yil Maastrix shartnomasi bo’yicha Evropa iqtisodiy ittifoqi (hamdo’stligi) asosida Evropa ittifoqini (EI) shakllantirishga kelishildi, 1 noyabr 1993 yil kuchga kirdi. (Maastrixt bitimi-Niderlandiyadagi shahar).
EI a’zolari (27 ta) va pul birliklari: Belgiya-evro, Germaniya-evro, Italiya-evro, Lyuksemburg-evro, Niderlandiya-evro, Frantsiya-evro, Daniya-daniya kronasi, Irlandiya-evro, Gretsiya-evro, Ispaniya-evro, Portugaliya-evro, Avstriya-evro, Finlyandiya-evro, Shvetsiya-shved kronasi, Vengriya-forint, Kiprkipr funti, Latviya-lat, Litva-lit, Malta-malta lirasi, Polsha-zlotiy, Slovakiya-slovak kronasi, Sloveniya-evro, Chexiya-chex kronasi, Estoniya-evro, Bolgariya-lev, Ruminiya-ley, Xorvatiya-kuna. Evropa zonasining (Evrozona) quyidagi davlatlarida, pul birligi evro hisoblanadi (Belgiya, Germaniya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Frantsiya, Irlandiya, Gretsiya, Ispaniya, Portugaliya, Avstriya, Finlyandiya, Estoniya, Sloveniya, Andorra, Vatikan, Monako, San-Marino, Kipr, Malta, Mayotta-Frantsiyaning dengiz orti departamenti, Martinika- Frantsiyaning dengiz orti departamenti va regioni, Sen-Per va Mikelon-Frantsiyaning dengiz orti hududiy birligi, Chernogoriya-Evro ishlatiladi-milliy valyutaga ega emas, . Evropa Valyuta Ittifoqi shakllanishida uning bosqichlari hamda Yagona Valyutaga o’tish tartibi, shuningdek, "Evropa hudud" iga kirish uchun "Konvergentsiya shartlari" to’g’risida chuqurroq to’xtalib o’tish talab etiladi.