Xo‘jaligi, transporti, ichki tafovutlari. Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining ko‘pchiligi industrial-agrar iqti- sodiyotga ega. Ammo mamlakatlar xo‘jaliklarining rivojlanish darajasida anchagina farqlar ham mavjud. Ayrim mamlakatlarda ko‘p tarmoqli industrial ishlab chiqarish tashkil qilingan bo‘Isa (Isroil, Turkiya, Kipr), boshqa guruh mamlakatlar, asosan, bir-ikki tarmoq - neft qazib chiqarish va uni qayta ishlash sanoati (Fors qo‘ltig‘i davlatlari) asosida jahonning eng serdaromad davlatlari qatorida turadi. Boshqa mamlakatlardan Eron ko‘p tarmoqli ilg‘or iqtisodiyotni barpo qilish yo‘lida ildam qadamlar qo‘yayotgan bo‘lsa, Afg‘onistonda ishlab chiqarishning barcha sohalarida qoloqlik hukm surmoqda. Lekin asosiy guruh mamlakatlar (Livan, Iordaniya, BAA, Turkiya, Kipr, Isroil, Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Iroq) xalqaro turizmni YIM ishlab chiqarishdagi asosiy tarmoq sifatida tez sur’atlarda rivojlantirmoqda. Sanoati. Janubi-g‘arbiy Osiyo mamlakatlarining asosiy undiruvchi sanoat tarmog‘i, shubhasiz, neft qazib chiqarish va uni qayta ishlashdir. Fors qo‘ltig‘i mamlakatlarida mazkur sanoatning naqadar katta ahamiyatga egaligini quyidagi ko‘rsatkichlar ham bildiradi: agar jahonda bir yilda har bir aholi jon boshiga 5 t dan neft qazib chiqarilayotgan bo‘Isa, bu mamlakatlarda ushbu ko‘rsatkich 3,3 ming t dan ko‘proqni tashkil qilmoqda. Ushbu mamlakatlarda 2012-yilda jami 1150 mln. tonnaga yaqin neft qazib olindi. Tabiiyki, qazib chiqarilgan neftning katta qismi xomashyo holatida eksportga, birinchi navbatda, G‘arbiy Yevropa, Yaponiya va AQSH ga yuboriladi. Shu bilan birga, BAA, Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Eron kabi mamlakatlarda yirik neftni qayta ishlash korxonalari ham tobora ko‘plab qurila boshlandi. Hozirgi vaqtda Fors qo‘ltig‘i mamlakatlarida jami 500 mln. t gacha neft qayta ishlanmoqda. Bu qazib chiqarilayotgan neftning 45 %i demakdir. Asosan, Sharqiy Afrika va Janubiy Osiyo ajnabiy yollanma ishchilari xizmat qilayotgan bu tarmoq Saudiya Arabistoni, Eron, Kuvayt, BAA kabi mamlakatlar eksportining 90-95% ini ta’minlamoqda. Ishlov beruvchi sanoat ko‘proq Turkiya, Isroil, Eron, Kavkazorti respublikalarida tarkib topgan. Ularda qadimiy sanoat tarmoqlari - yengil (to‘qimachi- lik) va oziq-ovqat sanoatlari bilan bir qatorda, ko‘pgina og‘ir sanoat tarmoqlari ham nisbatan yaxshi rivojlangan. Metallurgiya Turkiya, Gruziya va Eronda, mashinasozlik Turkiya va Isroilda, kimyo sanoati Turkiya, Ozarbayjon va Eronda katta o‘rin tutadi. Fors qo‘ltig‘i mamlakatlarida neft va tabiiy gaz asosida issiqlik elektr ener- giyasi, neft kimyosi tarmoqlari tez rivojlanmoqda. Mintaqaning deyarli barcha mamlakatlari sanoatida yengil va oziq-ovqat sanoati katta ahamiyatga egadir. Mamlakatlaming yengil sanoatida to‘qimachilik, ayniqsa, jun va charmdan tayyor ust-bosh kiyimlari va trikotaj ishlab chiqarishning o‘mi katta. Bunda milliy hunarmandchilik (gilam to‘qish, kashtachilik mahsulotlari, metall buyumlari), ayniqsa, Eron, Turkiya, Kavkazorti respublikalarida yaxshi rivojlangan.