Jahon mamlakatlari iqtisodiy


Yevropa mamlakatlari xo‘jaligi



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə13/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

Yevropa mamlakatlari xo‘jaligi. Yevropa bugungi dunyoda iqtisodiy, fan-texnika va madaniy salohiyatining ulkanligi va serqirraligi, industrial tarmoqlar, aholi va shaharlaming juda yuqori darajada konsentratsiyalashganligi, rivojlangan infratuzilmasi bilan alohida ajralib turadi. Yevropada qadimgi va yangi davrlar, an’anaviy sohalar va eng yangi texnologiyalar, tarixiy shaharlar va o‘ta madaniy landshaftlar, ulkan aeroportlar va transkontinental tczyurar magistrallar o‘zining yorqin ifodasini topgan.
Yer quruqlik yuzasining atigi 5 % ini egallagani holda, Yevropa (Rossiyadan tashqari) jahon aholisining 8% ini o‘zida jamlaydi. Bu yerda iqtisodiy va demografik salohiyati ulkan davlatlar - GFR, Fransiya, Buyuk Britaniya va Italiya bilan bir qatorda mitti mamlakatlar - Yatikan, Monako, San-Marino va boshqalar joylashgan.
Yevropa dunyoning yuqori darajada urbanizatsiyalashgan regionidir. Shahar aholisining salmog‘i 65-68% dan (Janubiy Yevropa davlatlari) 74-92% va, hatto, 100% gacha (G‘arbiy va Shimoliy Yevropa mamlakatlari) boradi. Yevropa Ittifoqining o‘zida salkam 50 ta millioner shahar mavjud.
Yevropaga jahon miqyosida YIM ning 19,6% i (AQSH ga 18,3 %, Yaponiyaga 5,3%), jahon eksportining 12,1% i (AQSH ga 8,2%, Yaponiyaga 4,8%) to‘g‘ri keladi.
Dunyoda YMD eng katta 10 ta mamlakatning 5 tasi, 100 ta eng yirik TMK (Transmilliy korporatsiya)ning 28 tasi, 20 ta eng salmoqli bankning 11 tasi ham Yevropada joylashgan.
Dunyodagi jami xorijiy investitsiyalaming salkam yarmi Yevropa davlatlari tomonidan jalb qilinadi (ushbu ko‘rsatkich AQSH bo‘yicha 20% ga teng).
Milliy (global) raqobatbardoshlik reytingiga binoan (2008 -2009-yy.) Yevropa mamlakatlari quyidagi o‘rinlami egallaydi: Shveysariya 2 (AQSH dan keyin), Daniya, Shvetsiya, Finlandiya, Germaniya va Niderlandiya tegishli tarzda 3, 4, 6, 7 va 8-o‘rinlami.
Yevropada jahonning yetakchi bank-moliya markazi - London joylashgan. U barcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha Nyu-York va Tokio shaharlaridan oldinda turadi.
Yevropa jahon xo‘jaligida sanoat va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, tovarlar va xizmatlar eksporti, oltin va valuta zaxiralari, xalqaro turizm rivojlanganligi bo‘yicha yetakchi o‘rinlami egallaydi. Regionning iqtisodiy salohiyatini «Katta sakkizlik»ka kiruvchi to‘rt davlat - Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya belgilab beradi. Aynan ana shu davlatlar ulkan ishlab chiqarish sohasi va tarmoqlariga ega. Biroq, ular o‘rtasida «kuchlar» nisbati oxirgi o‘n yil ichida o‘zgardi. Hozir asosiy rolni Germaniya o‘ynamoqda. Mazkur mamlakat reindustrializatsiya yo‘lidan ildam sur’atlarda rivojlanmoqda. Boshqa davlatlar ichida Ispaniya, Niderlandiya, Shveysariya, Belgiya va Shvetsiya katta iqtisodiy salohiyatga ega. Ulaming iqtisodiyotlari to‘rt yirik davlatlardan farqli o‘laroq, Yevropa va butun dunyoda tan olingan alohida tarmoqlarga ixtisoslashgan. Iqtisodiy ochiqlik Belgiya va Niderlandiyada keng tus olgan. Qit’ada Sharqiy Yevropa mamlakatlari iqtisodiyoti ham munosib o‘rin egallaydi. Ushbu mam­lakatlarda XXI asrda ham bozor tamoyillariga asoslangan tizimga o‘tish davom etmoqda.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin