Jahon mamlakatlari iqtisodiy


-MAVZU: JANUBIY YEVROPA DAVLATLARI



Yüklə 1,43 Mb.
səhifə25/105
tarix16.12.2023
ölçüsü1,43 Mb.
#180785
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105
portal.guldu.uz-IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIYA

5-MAVZU: JANUBIY YEVROPA DAVLATLARI
Reja:
Janubiy Yevropa mamlakatlari tarkibi. Iqtisodiy geografik o’rni. Tabiiy resurslaridan iqtisodiyotda foydalanish. Aholisi, milliy tarkibi. Demografik xolati. Urbanizatsiya darajasi. Iqtisodiyot tarmoqlarining rivojlanishi. Sanoat va qishloq xo’jalik tarmoqlari. Transporti. Tashqi iqtisodiy aloqlari. Italiyaning iqtisodiy va siyosiy geografik joylanishi, iqtisodiy taraqiyotining umumiy tavsifi. Tabiiy resurslari, aholisi, uning tarkibi, urbanizatsiya darajasi. Xo’jaligi. Sanoat tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, transporti, tashqi aloqlari.
Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: Janubiy Evropa, O’rta dengiz bo’yi mamlakatlari, anklav davlatlar, .


Janubiy Yevropa siyosiy xaritasida Ispaniya, Portugaliya, Italiya, Gretsiya hamda Andorra, San-Marino, Malta va Vatikan “mitti” davlatlari joylashgan (jami-8 ta davlat). Bu davlatlar iqtisodiy-geografik o‘rmi va xo‘jalik rivojlanishi jihatidan uzoq tarixi davo­mida 0‘rta dengiz bilan chambarchas bog‘liqligi sababli Yevropaning 0‘rta dengizbo‘yi mamlakatlari deb ham ataladi. Bu mintaqa Yevropa sivilizatsiyasi va madaniyatining chin beshigi hisoblanadi, chunki bu qit’adagi eng qadimgi davlatlar-Gretsiya bilan Rim aynan 0‘rta den­giz qirg‘oqlarida rivoj topgan.
4-jadval. Janubiy Yevropa davlatlari



Davlatlar

Maydoni, ming km2

Boshqaruv shakli

Poytaxti

1

Italiya

301,3

Respublika

Rim

2

Ispaniya

504,7

Monarxiya

Madrid

3

Portugaliya

92,3

Respublika

Lissabon

4

Malta

0,3

Respublika

La-Valetta

5

Gretsiya

132

Monarxiya

Vaduts

6

Andorra

0,45

Monarxiya

Andorra-la Velya

7

Vatikan

0,4

Monarxiya

Vatikan

8

San-Marino

0,06

Respublika

San-Marino

Malta 0‘rta dengizdagi orollarda joylashgan kichik davlat bo‘lsa, subregionning qolgan davlatlari geografik o‘mi nuqtayi nazaridan yarimorol mamlakatlari hisoblanadi. Andorra, San-Marino, Vatikan dav­latlari yarim orollarda joylashsada, dengizga chiqish imkoniyati yo‘q. San-Marino bilan Vatikan anklav davlatlar hisoblanadi, chunki ular faqat bitta davlat, ya’ni Italiya bilan chegaradosh bo‘lib, butunligicha uning hududi bilan o‘ralgan. Janubiy Yevropa mamlakatlaridan Ispa­niya va Andorra boshqaruv shakli jihatidan konstitutsiyaviy monarxiya, Vatikan davlati Yevropada yagona mutlaq teokratik monarxiya (davlat rahbari-Rim-katolik cherkovi yetakchisi hisoblanmish Rim Papasi), qolganlari esa respublikadir.


Janubiy Yevropa davlatlari 0‘rta dengiz geosinklinal mintaqasida joylashganligi tufayli seysmik jihatdan faol hudud hisoblanadi. Qadimdan olamga mashhur Etna, Vezuviy, Stromboli vulqonlari ham Yevropaning shu qismida joylashgan. Foydali qazilmalardan rangli metall rudalari va mineral tuzlar zaxiralari mavjud. 0‘rta dengiz tipidagi subtropik iqlim (yozi is§iq, birmuncha qumq, qishi esa iliq va yomgirli) qishloq xojaligi va turizm uchun juda qulay sharoit yaratadi. Lekin Yevropaning boshqa subregionlarga nisbatan suv resurslar bilan taminlanish darajasi pastroq boib, ayrim hududlarda suv tanqisligi ham sezilmoqda.
Janubiy Yevropadagi demografik vaziyatga aholining tabiiy va migratsion kopayishining past korsatkichlari xos. Ular orasida, ayniqsa, aholisi kamayib borayotgan Ispaniya, Portugaliya va Gretsiya davlatlari alohida ajralib turadi. Rivojlanayotgan davlatlardan, xususan Shimoliy Afrikadan, koplab immigrantlar kochib kelishi bilan bir vaqtda bu yerdan Garbiy Yevropa mamlakatlariga tomon emigratsion oqimning faolligi subregionning migratsiya qoldigini ancha pasaytiradi, yuqorida aytib otilgan davlatlarda esa manfiy-korsatkichlargacha tushirmoqda.
Janubiy Yevropa relyefi, asosan, tog‘lardan iborat bo‘Iganligi tufayli aholisi juda notekis joylashib, asosan qirg‘oqbo‘yi tekisliklari va daryo vodiylarida joylashgan. Urbanizatsiya Shimoliy va G‘arbiy Yevropa mamlakatlariga nisbatan biroz pastroq bo‘lsada, 60 foizdan yuqori darajada.
Yevropaning 0‘rta dengizbo‘yi mamlakatlari Shimoliy va G‘arbiy Yevropa davlatlariga nisbatan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish ko‘rsatkichlari nisbatan past. Ayniqsa, Gretsiya, Ispaniya va Portugaliya iqtisodiyotidagi inqirozli vaziyat Yevropa Ittifoqi doirasida ko‘zga tashlanadi. Italiya garchi “katta yettilik” guruhi a’zosi bo‘lsada, mamlakatning turli hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi keskin farq qiladi. Shimoliy Italiya Yevropadagi eng rivojlangan iqtisodiy rayonlardan biri hisoblansa, Janubiy Italiya, aksincha, Yevroittifoqning eng qoloq rayonlaridan biri hisoblanadi.
Xalqaro mehnat taqsimotida Janubiy Yevropa mamlakatlari, eng avvalo, subtropik dehqonchilik (uzum, sitrus mevalari, yong‘oq, zaytun va hokazo) bilan turizmga ixtisoslashgan. Bu subregion dengiz turizmining dunyodagi eng yirik rayoni hisoblanadi. Sanoat tarmoqlari ichida eng rivojlanganlari-yengil (to‘qimachilik, tikuvchilik, charm-poyabzal) va oziq-ovqat (yog‘-moy, konserva, vino) sanoatlari. Italiya va Ispaniya mashinasozlik sanoati,
ayniqsa, avtomobilsozlikning rivojlanishi bilan ham ajralib turadilar.

Italiya davlatining umumiy geografik tavsifi. Italiya maydoni 301 340 km.kv. (jahon mamlakatlari qo’llanmasida 301 230 km.kv.) Aholisi 60 795 612 kishi (2014 y) Poytaxti – Rim. Italiya Dengiz va tog’li davlat. Chegarasining 80 foizi dengiz bilan tutashgan, hududining ¾ qismi tog’lardan va tekisliklardan iborat. Tekisliklar asosan dengiz qirg’oq bo’ylarida joylashgan. Italiya Alplari mamlakat hududining g’arbidan – sharqiga cho’zilib yotadi, uzunligi 1200 kilometrgacha. Italiya quruqlikdan Frantsiya, Shveytsariya, Avstriya, va Sloveniya bilan chegaradosh.
Italiya seysmik zonada joylashgan tez-tez er qimirlashlar va vulqonlar otilib turadi. Italiya hududidi geologik jihatdan yosh bo’lganligi uchun qazilma boyliklariga uncha boy emas. Italiyada qazilma konlardan toshko’mir mavjud bo’lib zaxirasi 1 mlrd tonnadan ortiqroq. Neft konlari Sitsiliya oroli janubida, Adriatika dengizi shelflarida joylashgan aniqlangan zaxirasi 1,8 million tonna. Italiyada qazib olinayotgan neft bilan ehtiyojining atigi 2 foizini qondiradi. Italiyada tabiiy gaz qazib olish katta ahamiyatga ega. Tabiiy gaz Padan tekisligidan qazib olinadi. Adriatika dengiza shelfidan, Apenin tog’lari va Sitsiliya orolida konlari mavjud aniqlangan zaxirasi 18 mlrd m kub. Polimetal rudalari Sardiniya va Sharqiy Alpda joylashgan mamlakat ehtiyojining 1|3 – 2|3 qismini qondiradi. Surma rudalari, rtut xom ashyolari zaxirasi bo’yicha Italiya dunyoda oldingi o’rinda turadi. Sitsiliyada kaliy tuzlari koni joylashgan, qurilish materiallaridan marmar, granit, tsement sanoati uchun xom ashyolari keng tarqalgan. Umuman asosiy qazilma boyliklari simob, marmar, ishqor, ko’mir, oltingugurt, kam miqdorda tabiiy gaz va neft.
Italiya iqlimi turlicha tekisliklarda yozi issiq o’rtacha havo harorati iyul oyida 20 -24 darajani tashkil etadi. Yog’in miqlori ham turlicha taqsimlangan. Shimoliy qismida mo’tadil iqlim bo’lsa janubiy rayonlari subtropik iqlimga xos. Ayrim orolda Subtropik va O’rta Dengiz iqlimiga mansub qishi iliq yanvarning o’rtacha harorati + 4+10 darajani tashkil etadi va yog’ingarchilik ko’p bo’ladi. Yozi quruq o’tadi.
Italiya daryolaridan eng yirigi Po daryosi hisoblanadi uning o’zunligi 670 kilometrgacha boradi. Boshqa daryolari kam suv va kichik daryolar hisoblanadi. Tuproqlari qo’ng’ir lyos, jigarrang, subtropikda qizil tuproqlar tarqalgan. Italiya hududining 20 foiziga yaqini o’rmonlar bilan qoplagan o’rmonlari asosan tog’larda joylashgan.

Yüklə 1,43 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   105




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin