Mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan natijalarning xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanayotgani
Prezidentimiz jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bilan bog’liq xalqaro maydondagi o’zgarishlar va turli salbiy tendensiyalarga baho berar ekan, mazkur jarayonlarning o’tgan davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotining rivojlanish ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatmasdan qolmagani va O’zbekiston iqtisodiyotining 2012 yilga mo’ljallangan o’sish sur’atlari va samaradorligini ta’minlashda katta qiyinchiliklar tug’dirishi mumkinligini tashvishlanarli hol sifatida ta’kidlab o’tdi.
Barchamizga ma’lumki, mazkur jarayonlarning ta’sirini real baholagan holda, mamlakatimiz rahbari inqirozning dastlabki pallasidayoq“...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlakatimizga ta’sir ko’rsatmaydi, bizni
chetlab o’tadi, degan xulosa chiqarmaslik kerak. Masalani bunday tushunish o’ta soddalik, aytish mumkinki, kechirib bo’lmas xato bo’lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yetishimiz lozim – O’zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global moliyaviy-iqtisodiy bozorning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi”5, deya o’zlarining qat’iy fikrlarini bildirgan hamda inqirozning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan yo’nalishlarini oldindan ko’rsatib bergan edi.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida birinchi navbatda dunyo bozorida xomashyo va tayyor mahsulotga ehtiyojning tobora pasayib borishini hisobga oladigan bo’lsak, bunday holat mamlakatimizning eksport salohiyati va valyuta tushumiga salbiy ta’sir ko’rsatmasdan qolmasligini qayd etib o’tdi.
Shunisi e’tiborliki, mustaqillik yillarida mamlakatimizda olib borilgan samarali iqtisodiy siyosat, eng avvalo iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda har tomonlama puxta o’ylangan o’z taraqqiyot yo’limiz – o’zbek modelining to’g’ri tanlab olingani va uning muhim tamoyillariga og’ishmay amal qilib kelinayotgani inqiroz sharoitida iqtisodiyotimiz uchun o’ziga xos “xavfsizlik yostig’i” vazifasini bajardi. Ayniqsa, ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-bosqich amalga oshirish yo’liga yurtimizda qat’iy amal qilib kelinayotgani, davlatning bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olgani, mamlakatimizda moliyaviy-iqtisodiy, byudjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilgani va zarur resurslar bazasining mavjudligi, oqilona tashqi qarz siyosati olib borilgani, aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi va boshqa muhim omillar jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi ta’sirini sezilarli darajada yumshatishda mustahkam zamin bo’ldi.
Ислом Каримов. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари ва чоралари. – Т.: Ўзбекистон, 2009, 11-б.
Bu esa keyingi yillarda jahon iqtisodiyotida kuzatilayotgan o’zgarishlar va turli salbiy tendensiyalarga, shuningdek, o’zimizdagi mavjud ayrim murakkablik va qiyinchiliklarga qaramasdan, xalqimizning fidokorona mehnati evaziga 2011 yilda ham ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning turli jabhalarida katta yutuqlarga erishish imkonini berdi.
Prezidentimiz o’z ma’ruzasida oxirgi yillarda va o’tgan yili mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish borasida qo’lga kiritilgan natijalar Xalqaro valyuta jamg’armasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va boshqa nufuzli xalqaro moliya tashkilotlari tomonidan yuksak baholanayotganiga alohida e’tibor qaratdi.
Ma’lumki, Xalqaro valyuta jamg’armasi Kelishuv moddalarining IVmoddasiga binoan jamg’arma har yilda bir marta a’zodavlatlar bilan ikki tomonlama muhokama o’tkazadi. Jamg’arma xodimlaridan iborat guruh mamlakatga tashrif buyurib, iqtisodiy va moliyaviy ma’lumotlar yig’adi hamda mamlakat iqtisodiyoti va iqtisodiy siyosatidagi o’zgarishlarni rasmiy shaxslar bilan muhokama qiladi. O’z qarorgohiga qaytgach, xodimlar XVJ Ijroiya kengashidagi muhokama uchun asos bo’lib xizmat qiladigan bayonot tayyorlaydilar.
2011 yilning 2-15 noyabrida Xalqaro Valyuta Jamg’armasining Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlari departamenti bo’lim boshlig’i o’rinbosari Veronika Bakalu xonim rahbarligidagi missiyasi Toshkent shahrida bo’ldi.Xalqaro valyuta jamg’armasining keyingi baholash missiyasi bayonotida jumladan bunday deyiladi:
“O’zbekiston jadal o’sishga erishdi va global moliyaviy inqirozga qarshi samarali choralar ko’rdi. Keyingi besh yilda O’zbekistonda o’sish suratlari o’rtacha 8,5 foizni tashkil etdi va bu Markaziy Osiyodagi o’rtacha o’sish ko’rsatkichidan yuqoridir.Qator yillar davomida kuzatilgan byudjet profisiti, rasmiy zaxiralar darajasining yuqoriligi, davlat qarzining kamligi, barqaror bank tizimi va xalqaro moliya bozorlaridan qarz olishga ehtiyotkorlik bilan yondashish mamlakatni global inqirozning bevosita oqibatlaridan himoya qildi… Missiya 2011 yilda yalpi ichki mahsulot 8,3 foiz ko’payishini kutmoqda va o’rta muddatli
istiqbolda iqtisodiyotning yuqori o’sish sur’atlari saqlanib qolishini bashorat qilmoqda”.
Ta’kidlash joizki, o’tgan yili mamlakatimizda yalpi ichki mahsulotning o’sish sur’ati, kutilganidek, amalda 8,3 foizni tashkil etdi, 2000-2011 yillar mobaynida yalpi ichki mahsulot hajmi 2,1 barobar oshdi (2.2.4-rasm). Mazkur ko’rsatkich
Dostları ilə paylaş: |