A) inqiloblar davri B) ma’rifatparvarlikning “oltin” davri
C) iqtisodiy inqirozlar davri D) demokratiya davri
“Postindustrial sivilizatsiya - bu informatsion jamiyat” degan fikr kimga tegishli
A) Amerikalik sotsiolog A. Toffler B) Amerikalik olim S. Xattington
C) Amerikalik tadqiqotchi Dj. Nesbitt D) Amerikalik sotsiolog D. Bell
Insoniyat XX asr oxirida duch kelgan global muammolar ko’p jihatdan ... bog’liq
A) Yevropaning texnogen sivilizatsiyasiga
B) ommaviy madaniyatning vujudga kelishiga
C) AQSh, G’arbiy Yevropa va Yaponiya o’rtasidagi keskin raqobat kurashining kuchayishiga
D) dunyo bozorlarining mislsiz kengayishiga
BAHOLASH MEZONLARINI QO’LLASH BO’YICHA USLUBIY KO’RSATMALAR
Baholash tartibi va mezoni Oraliqbaholash (OB) - semestr davomida talabaning fan o’quvdasturini tegishli tugallangan bo’lim(lar)ini o’zlashtirishini baholash usuli. OB soni (bir semestrda 2 tadan oshmasligi lozim) va shakli (suhbat, yozma ish, og’zaki so’rov, test o’tkazish, kollokvium, hisob-grafika ishi, nazorat ishi, kurs ishi, kurs loyihasi, ijodiy topshiriqva hokazo) fanxususiyati va unga ajratilgan umumiy soatlar xdjmidan kelib chiqqan holda belgilanadi; Yakuniy baholash (YaB) - semestr yakunida talabaning muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni o’zlashtirishini baholash usuli. U asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan yozma ish, og’zaki so’rov, test, ijodiy ish va boshqa shakllarda o’tkaziladi. Baholashlar yozma ish shaklida o’tkazilganda, talabaning yozma ishlarini tekshirish identifikatsiya rakamlari berish orqali amalga oshiriladi. Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi. Mualliflikni o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ish matnidagi o’zganing mualliflik ishidan olingan har qanday matnda muallif, ishning nomi va ishning boshka rekvizitlarini ko’rsatgan holda havolalar keltirilishi shart. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortik yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu barcha yozma ishlarga nol ball qo’yih yoki oldin qo’yilgan ballarni bekor kilishga asos bo’ladi. Baholashlar bo’yicha o’tkazilgan yozma ishlar 6 oy saqlanadi va muddat o’tganidan so’ng o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi. O’quv rejasidagi fanlar buyicha belgilangan baholash turlarini barcha talabalar topshirishlari shart. Yakuniy baholashlar jadvali fakultet dekani tomonidan tayyorlanib, baholash boshlanishidan bir oy oldin oliy ta’lim muassasasi rektori (prorektori) tomonidan tasdiqlanadi. '
Oraliq baholash jarayoni kafedra mudiri tomonidan tuzilgan komissiya ishtirokida davriy ravishda o’rganib borilishi mumkin va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, oralik nazorat natijalari bekor qilinib, oraliq nazorat qayta o’tkaziladi. Oliy ta’lim muassasasi rahbarining buyrug’i bilan ta’lim sifatini nazorat kilish bo’limi yoki o’quv-uslubiy boshqarma (bo’lim) boshlig’i rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi hamda yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.
JNni baholash mezonlari Jahon sivilizatsiyasi tarixi fani bo’yicha joriy baholash talabaning amaliy mashg’ulotlaridagi o’zlashtirishini aniqlash uchun qo’llaniladi. JN har bir amaliy mashg’ulotlarida so’rov o’tkazish, savol va javob, mustaqil ishlar topshiriqlarini bajarish va himoya qilish kabi shakllarda amalga oshiriladi. Talabaga JN da butun ballar qo’yiladi.
Talabaning amaliy mashg’ulotlarni o’zlashtirish darajasi quyidagi mezon asosida aniqlanadi
Baholash ko’rsat-kichi
Baholash mezonlari
reyting bali
A’lo,
86-100%
Yetarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni mustaqil bajargan. Berilgan savollarga to’liq javob beradi. Savolning mohiyatiga to’liq tushunadi. Auditoriyada faol. O’quv tartib intizomiga to’liq rioya qiladi. Topshiriqlarni namunali rasmiylashtirgan.
4
Yaxshi,
71-85%
Yetarli nazariy bilimga ega. Topshiriqlarni bajargan. Berilgan savollarga yetarli javob beradi. Masalaning mohiyatini tushunadi. O’quv tartib intizomiga to’liq rioya qiladi.
3
Qoniqarli,
55-70%
Topshiriqlarni yechishga harakat qiladi. Berilgan savollarga javob berishga harakat qiladi. Savolning mohiyatini chala tushungan. O’quv tartib intizomiga rioya qiladi.
2
Qoniqarsiz 0-54%
Talaba amaliy mashg’ulot darsi mavzusiga nazariy tayyorlanib kelmasa, mavzu bo’yicha topshiriq va savollariga javob bera olmasa, darsga sust qatnashsa bilim darajasi qoniqarsiz baholanadi
1
ONni baholash Oraliq nazorat “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” fanining bir necha mavzularini qamrab olgan bo’limi bo’yicha, tegishli nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng yozma va test so’rovi shaklida amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning tegishli savollarni bilishi yoki muammolarni echish ko’nikmalari va malakalari aniqlanadi. O’quv yilining 5-semestrida 2-ta ON o’tkazish rejalashtirilgan bo’lib, umumiy ball 30 dan iborat. ON nazorat ishlari yozma ish va test usulida o’tkazilishi nazarda tutilgan, yozma ish va test sovollari ishchi o’quv dastur asosida tayyorlanadi. ON ga ajratilgan balldan 55% dan past ball to’plagan talaba o’zlashtirmagan hisoblanadi. ON ni o’zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati beriladi. ON bo’yicha olinadigan testlar kafedra mudiri rahbarligida tashkil etiladi va kafedrada o’quv yilining oxirigacha saqlanadi.
YaNni baholash Yakuniy nazorat “Jahon sivilizatsiyalari tarixi” fanining barcha mavzularini qamrab olgan bo’lib, nazariy va amaliy mashg’ulotlar o’tib bo’lingandan so’ng yozma ravishda amalga oshiriladi. Bundan maqsad talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirish ko’rsatkichlari, ya’ni bilim darajasi yoki muammolarni echish ko’nikmalari va malakalari aniqlanadi. YaN nazorat ishlari test usulida ham o’tkazilishi nazarda tutilgan, test sovollari ishchi o’quv dasturi asosida tayyorlanadi. ON va JNlarga ajratilgan balldan 55% dan past ball to’plagan talaba o’zlashtirmagan hisoblanadi va YaNga kiritilmaydi. YaNni o’zlashtirmagan talabalarga qayta topshirish imkoniyati beriladi. YaN bo’yicha olinadigan yozma ish variantlari kafedra mudiri rahbarligida tuziladi va dekanatlarga topshiriladi.