Jahon tarixi” fanidan kurs ishi


Ilmiy izlanishning vazifalari



Yüklə 37,06 Kb.
səhifə2/2
tarix06.01.2023
ölçüsü37,06 Kb.
#78580
1   2
Jahon tarixi” fanidan kurs ishi (1)

Ilmiy izlanishning vazifalari.

  1. Bo’lajak o’qtuvchini pedagogik mahorat , nazariy va metodologik asoslar bilan qurollantirish.

  2. .Yuksak zamonaviy axborot texnalogiyalari va portal tizimidan erkin foydalanish asosida o’z kasbiy mahoratlarini shakllantirish .

  3. .O’qtuvchining o’z kasbiy mahoratlarini takomillashtirishlari uchun shaxsiy –ijodiy malaka oshirishning shakl , usul va vositalarini egallash

  4. O’quv-tarbiyaviy jarayonni jahon andozalariga xos so’ngi zamonaviy metod va shakllar asosida tashkil etish va boshqarishni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslarini muntazam o’zlashtirishi.

  5. Egallagan pedagogik-psixologik va metodik bilimlar, ko’nikma va malakalar to’g ‘risidagi ma’lumotlar asosida har bir bo’lajak o’qtuvchining o’zining shaxsiy pedagogik mahoratini shakllantirishi.

  6. Bo’lajak o’qtuvchining milliy urf odat vaa an’analarimizsa aks etgan pedagogik mahorat sirlarini mustaqil egallashga nisbatan o’zlarida havas va ehtiyojlarini rivojlantirib , ularni amaliyotda qo’llashlari kabi xususiyatlar.

Mavzuning o’rganilish darajasining qiyosiy tahlili.


Tarix fani darslarida olib borilgan darslar , tadqiqot iishlari turli tuman fikr , mulohazalar bayon qilingan . Tarix fani darslarida turli xil ijodiy darslar olib borilgan bo’lsada ,biz buni yanada chuqurroq o’rganishga harakat qildik. Shu boisdan ham biz ushbu mavzuni tanladik va bilimimiz doirasida tahlil qilishga harakat qildik.
Mavzuni tahlil qilish jarayoni: Birinchi jahon urushidagi tarixiy voqealar, uning ta’siri. Angiliyaning urushdagi ro’li jahon urushlarida.
Iqtisodiy va siyosiy sohalarda ko’rilgan tadbirlar hamda sanoat rivojlanishlantirilishi natijasida 1934-yilda boshlab umuman Angiliya
Sanoati ishlab chiqarishi bir muncha o’sdi va 1929-yildaagi darajasiga yetib undan biro z oshdi. Bu esa aviarsiya ximiya va boshqa bir qator sanoat tarmoqlarining yuksalishi hisobiga bo’ldi.
1.1  Birinchi jahon urushining Buyuk Britaniya uchun oqibatlari, avvalo, uning bu urushda g’olib chiqqan davlatlardan biri bo’lganligida. G’alaba tufayli Buyuk Britaniya ko’p narsalarga erishdi. Germaniyaning Buyuk Britaniyaga xavfi barham topdi.
Buyuk Britaniya harbiy qudrati va xalqaro maydondagi ta’siri yanada o’sdi hamda u Millatlar Ligasida hukmron mavqega ega bo’lgan davlatga aylandi. Millatlar Ligasi joriy etgan mandate tizimi eng ko’p darajada Buyuk Britaniyaga foyda keltirdi. Mag’lub Germaniya va Turkiya sobiq mustamlakalarining eng ko’p qismi Buyuk Britaniyaga tegdi. Masalan, Buyuk Britaniya Yaqin Sharqda Falastin, Transiordaniya va Iroqni boshqarish huquqini qo’lga kiritdi. Afrikada Tanganika, Togo va Kamerunning bir qismida ham Buyuk Britaniyaning shunday huquqi qaror topdi. Buyuk Britaniya dominionlari ham quruq qolmadi. Millatlar Ligasi, xususan, Janubiy Afrika Ittifoqiga Germaniyaning Janubi-G’arbiy Afrikasini, Avstraliyaga Yangi Gvineyadagi Germaniya mustamlakalarini, Yangi Zelandiyaga esa G’arbiy Samoa orollarini boshqarish huquqini
berdi. Sanoat ishlab chiqarishi keskin darajada pasaydi. Ishlab chiqarilgan tovarlarning raqobatbardoshligi pasayishi oqibatida mamlakat tashqi savdosi hajmi 2 baravardan ortiq kamaydi.
Buyuk Britaniya shundan so’ng o’zining “dengiz malikasi” maqomini tiklay olmadi. Germaniya harbiy-dengiz floti qudratli sindirilgan bo’lsa-da endilikda AQSH harbiy-dengiz flotining qudrati shitob bilan o’sib bordi. Natijada 1920 yilga kelib Buyuk Britaniya hukumati ikki davlat harbiy-dengiz flotiga teng keladigan flot saqlash an’anasidan voz kechishga majbur bo’ldi. Bu omillar va Buyuk Britaniya mustamlakalaridagi milliy-ozodlik kurashi oqibatida Britaniya mustamlakachilik tizimining inqirozi boshlandi.
Buyuk Britaniya hukmron doiralari butun choralar bilan mavjud ahvolni o’zgartirishga harakat qildi. 1918 yilning oxirida mamlakatda iqtisodiy o’sish boshlandi. Bu 1920 yilning o’rtalarigacha davom etdi. Bunga keng iste’mol tovarlariga aholi talabining o’sishi hamda urush vayronalarini tiklash ehtiyoji hisobiga erishildi.
Bu o’sish tashqi savdo o’sishida yaqqol namoyon bo’ldi. Shu davr oralig’ida eksport 38,1 foiz o’sdi. Biroq bu o’sish uzoqqa cho’zilmadi. 1920 yilning kuzidayoq mamlakat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini qamrab olgan iqtisodiy tanglik boshlandi. 1921-yilda sanoat ishlab chiqarishi uchdan birga qisqardi va u urushdan oldingi darajaning 68 foizini tashkil etdi. Ko’mir qazib chiqarish 30 foiz, tashqi savdo hajmi esa urushdan oldingi darajadan 2 baravar kamaydi.
1924-1929- yillar davlatlar iqtisodiyotida qisman barqarorlashuvning qoro topishi davri bo’ldi. Biroq Buyuk Britaniya iqtisodiyoti amalda bir joyda turdi. Masalan, 1929- yilda sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1913- yil darajasiga arang yetdi. Faqat sanoatning yangi turlari mashinasozlik, kimyo, samolyotsozlik va avtomobil hisobigagina bunga erishildi.
1913 -yilda rivojlangan davlatlar orasida Buyuk Britaniyaning sanoat ishlab chiqarishidagi ulushi 14,8 foizni tashkil eygan bo’lsa, bu ko’rsatgich 1926-1929- yillarda 9,8 foizga tushib qoldi.
Buyuk Britaniya iqtisodiy jihatdan tobora orqada qolayotganligining asosiy sababi kapitalni yangilashga kam mablag’ sarflayotgani, investitsiya ko’proq “dengiz orti davlatlari”ga qo’yilayotgani va sanoatda ishlatilayotgan texnika sifat jihatidan raqobatbardosh emasligi edi. Angliya hukmron doiralari bu omillar ahamiyatini o’z vaqtida va to’g’ri anglay olmadilar. Texnika jihatdan qoloqligi tufayli Buyuk Britaniya jahon bozorida birin-ketin o’z mavqeyini boy bera boshladi.
Eksport tobora qisqara bordi. Tashqi savdo hajmi urushdan oldingi darajaning 87 foizini tashkil etdi xolos. Importning hissasi tobora ortib bordi. Bu holat oddiy xalqning turmish darajasiga ta’sir etmay qolmadi. Xalq turmush darajasi ancha pasaydi va real ish haqi kamaydi.
Bu davrda mamlakat hayotini uchta partiya-Liberallar, Konservativ va Leyboristlar partiyalari o’rtasidagi kurash belgilar edi. Birinchi jahon urushi yillarida hokimiyat tepasida turgan Liberal partiya yuqorida qayd etilgan omillar ta’siri ostida tobora o’z mavqeini yo’qotib bordi. Liberal partiya rahbari, mamlakat bosh vaziri D. Lloyd-Jorj (1863-1945) o’z partiyasining mavqeini saqlab qolish niyatida 1918- yil dekabr oyida parlament saylovini o’tkazdi. Birinchi jahon urushida erishilgan g’alabaga qo’shgan hissasi tufayli Liberal partiya harbiylar orasida salmoqli mavqega ega bo’ldi. Liberallar va Konservatorlar partiyasi saylovda birgalikda ishtirok etdilar.
Ular saylovda mamlakatni iqtisodiy va siyosiy qayta qurish shiori bilan ishtirok etdilar. Saylovchilarga yalpi ish o’rni, mehnatni adolatli taqdirlash, arzon uy-joy, tinchlik, chuqur ijtimoiy islohotlarni o’tkazishni va’da qildilar.
Leyboristlar saylovchilarga ishlab chiqarish vositalariga jamoaviy egalik qilishga imkon beruvchi yangi jamiyat qurishni, ishchilar hukumati tuzishni, milliy transport, energiya manbalari va banklarni egalardan sotib olish yo’li bilan milliylashtirishni va’da qildilar.
Saylovda Liberal-Konservatorlar ittifoqi g’alaba qozondi. Ular parlamentdagi 707 o’rindan 477 tasiga ega bo’ldilar undan 136 tasi Liberal partiyasiga tegishli edi. Leyboristlar 62 o’ringa ega bo’lgan bo’lsalarda, 1910- yildagi saylovga nisbatan 5 baravar ko’p (2,5mln.) ovoz oldilar. Shu tariqa bu partiya brogan sari Liberal partiyani siyosiy kurash maydonidan siqib chiqara boradi.
Ishchilar 40 soatlik ish haftasi joriy etilishini, ish haqi kamaytirilmasligini talab etdilar. Ayniqsa, konchi ishchilar harakati to’lqini kuchli bo’ldi.Ular ish haqini 30 foizga oshirishni, 6 soatlik ish kuni belgilanishini talab eta boshladilar.
Leyboristlar va Liberallar partiyasi (158 o’rin) birgalikda S. Bolduin hukumatiga ishonchsizlik bildirdi. Natijada hukumat iste’fo berishga majbur bo’ldi.
Endi Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta Leyboristlar partiyasiga hukumat tuzish topshirildi. 1924- yil yanvarida bu partiya rahbari R. Makdonald (1966-1937) boshchiligida yangi hukumat tuzildi.
R. Makdonald hukumati uzoq yashamadi. Bunga bu hukumatning yirik kapital tazyiqi ostida saylovchilarga bergan va’dasini ko’mir sanoatini milliylashtirishishsizlikni bartaraf etish, ishchilar uchun uy-joy qurish va h.k.o. bajara olmaganligi sabab bo’ldi.
1924 yil 8 oktabrda Konservatorlar partiyasi deputatlari parlamentda ko’pchilikka ega bo’lmagan leyboristlar hukumatiga ishonchsizlik bildirishga muvaffaq bo’ldilar. R. Makdonald iste’fo berishga majbur bo’ldi. 29 oktabrda bo’lib o’tgan yangi parlament saylovida Konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (415 o’rin). Noyabr oyida S. Bolduin yana bosh vazir lavozimini egalladi.
1.2.  S. Bolduin bosh vazirligi davrida ham (1924-1929) Buyuk Britaniya iqtisodiyotida jiddiy o’zgarishlar bo’lmadi. Garchand avtomobil, elektrotexnika va kimyo sanoati jadal sur’atda rivojlangan bo’lsada, sanoatning an’anaviy tarmoqlari bo’lgan kemasozlik, ko’mir sanoati hamon turg’unlik holatida edi.
Ingliz sarmoyadorlari o’z kapitalini mamlakat sanoatini zamon ruhida rekonstruksiya qilishga sarflashdan ko’ra xorijga chiqarishni afzal bildi. Buning oqibatida Buyuk Britaniya urushgacha bo’lgan mavqeini qayta tiklay ololmadi. Dominion va mustamlakalarda o’z milliy sanoatlari taraqqiy etdi. Buyuk Britaniya imperiyasiga AQSH kapitalining kirib kelishi kuchaydi.
Buyuk Britaniyada bir vaqtlar gullab rivojlangan ko’mir sanoati ayniqsa og’ir ahvolda edi. Urushgacha sanoatning bu tarmog’ida 1 mln. 200 ming ishchi mehnat qilgan va mamlakatda yiliga 290 mln. tonna ko’mir qazib olingan. Urushdan keyin esa ahvol keskin yomonlashib, bu sanoat eng qoloq tarmoqqa aylandi. Bunga kichik-kichik shaxtalarning ko’pligi hamda ular jihozlarining eskirib qolganligi asosiy sabab bo’lgan.
1926 -yil aprelda kon egalari konchi ishchilar oldiga ultimatum qo’ydilar. Unda ishchilardan ish haqining pasaytirilishiga, ish kuni bir soatga oshirilishiga hamda shaxta egalari bilan tred-yunionlar o’rtasida mamlakat miqyosida jamoaviy shartnomalar imzolanishining bekor qilinishiga rozi bo’lish talab etilgan edi. Ayni paytda, agar ishchilar bu talabni rad etsalar, lokaut e’lon qilinishi bilan dag’dag’a qildilar. Ultimatum mamlakatda keskin norozilikka sabab bo’ldi.Shunga qaramay, kon egalari 1926- yilning 1 may kuni ish haqi kamaytirilishini e’lon qildilar. Bunga javoban 4 -may kuni Buyuk Britaniyada ishchilarning umumiy ish tashlashi boshlandi. Unda jami 6 mln. ishchi qatnashdi. Tred-yunionlar umumiy ish tashlash sof iqtisodiy talablar ostida o’tishini istar edi. Biroq ish tashlashlar

iqtisodiy doiradan chiqib, siyosiy nizoga aylanishi xavfi tug’ildi.Chet davlatlar ishchilari Buyuk Britaniya ishchilari bilan birdam ekanliklarini bildirdilar. Ular Buyuk Britaniyaga jo’natilishi mo’ljallangan yuklarni ortishni to’xtatib qo’ydilar. Ish tashlaganlarga moddiy yordam ko’rsatish maqsadida mablag’ to’plab, Buyuk Britaniya ishchilariga jo’natildi.


Tred-yunionlar rahbariyati Buyuk Britaniyadagi mavjud ijtimoiy-siyosiy tizimni saqlab qolish tarafdori ekanligi tufayli shunday bo’ldi. Hukmron doiralar o’z mavqelarini yanada mustahkamlashga qaror qildilar. Ish tashlashni taqiqlovchi qonun qabul qilindi. Bunga ko’ra, ish tashlash ayrim olingan bir korxona yoki sanoatning ayrim olingan bir tarmog’idagina o’tkazilishi mumkin edi.
1929-yilning may oyida Buyuk Britaniyada navbatdagi parlament saylovi bo’lib o’tdi. Unda Leyboristlar, kichik farq bilan bo’lsa-da, g’alaba qozondi 287 o’ringa ega bo’ldi. Konservatorlar partiyasi 260 o’ringa ega bo’ldi.
Leyboristlar bu g’alabaga ko’mir sanoatini, transport va banklarni milliylashtirish, ishsizlikni tugatish, 7 soatlik ish kunini tiklash, 1927- yilgi tred-yunionlar haqidagi bergan va’dasi tufayli erishdi.Iyun oyida R. Makdonald leyboristlarning ikkinchi hukumatini tuzdi.
1929- yilning kuzida boshlangan jahon iqtisodiy inqirozi hukumat va’dalarining bajarilishini qiyinlashtirib qo’ydi. 1930- yil boshlarida Buyuk Britaniyada ham iqtisodiy inqiroz boshlandi va u 1932 -yilda o’z cho’qqisiga chiqdi. Shu yili sanoat ishlab chiqarishi 1929- yilga nisbatan 20 foizga qisqardi. Ishsizlar soni 3-3,5 mln. kishini tashkil etdi. Funt sterling qiymati uchdan birga qadrsizlandi. Real ish haqi kamaydi. Qishloq xo’jaligida ham ishlab chiqarish qisqardi.
Tashqi savdo hajmi keskin kamaydi. Buyuk Britaniyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni kuchaydi. Shunday sharoitda ham hukumat qator va’dalarni bajardi. Ko’mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. Ishsizlik bo’yicha, sug’urta to’g’risida yangi qonun qabul qilindi. Ishsizlik bo’yicha nafaqa olish muddati 3 oydan bir yilga uzaytirildi.
Hukumat tashqi savdoda erkin savdodan voz kechish va proteksionizm (milliy iqtisodiyotni himoya qilish) yo’lidan bordi. Unga ko’ra, imperiya tarkibiga kiruvchi hududlarda ingliz tovarlaridan olinadigan boj chet davlatlar tovarlarinikidan 10 foiz kam miqdorda belgilandi. Bu tadbir Buyuk Britaniyaning imperiya bozorlaridagi mavqeini mustahkamladi.Hukumat ko’rgan chora-tadbirlar o’z samarasini berdi. 1932- yil oxiridan boshlab iqtisodiyotda biroz bo’lsa-da sog’lomlashish
boshlandi. 1934 -yilga kelib sanoat ishlab chiqarishi hajmi 1929- yil darajasiga yetdi.
1935 yil oxirida parlamentga bo’lib o’tgan saylovlarda Konservatorlar partiyasi g’alaba qozondi (385 o’rin). Bu partiya rahbari S.Bolduin ikkinchi milliy hukumatni tuzdi. Hukumat iqtisodiyotni to’la so’g’lomlashtirish siyosatini davon ettirdi. Proteksionizm davom ettirildi. Bu siyosat avtomobil, elektrotexnika va kimyo sanoatiga katta ijobiy ta’sir ko’rsatdi.
R. Makdonald 1931- yil 25- avgustda “Milliy hukumat” deb atalgan koalitsion hukumat tuzdi (uning tarkibiga milliy-leyboristlar, milliy-leberallar va konservatorlar partiyasi vakillari kirdi).
R. Makdonald realist siyosatchi edi. U o’z siyosiy faoliyatini Buyuk Britaniya qudrati davlat bo’lgan paytdan boshlab, uning bu qudratidan faqat alamli xotira qolgan paytda yakunlandi. R. Makdonald realist bo’lganligi uchun ham Buyuk Britaniyaning sobiq buyukligini, qudratini qayta tiklab bo’lmasligini yaxshi tushunar edi. Biroq u Buyuk Britaniyani bundan keyin ham jahon siyosatida o’z so’zi bor davlat holatida ko’rishni xohlar va shunga astoydil intilar edi. Garchand u sovetlarga qarshi bo’lsa-da, real voqelikdan kelib chiqib, 1924- yilda Sovet davlatini tan oldi va u bilan diplomatik aloqa o’rnatdi.
Buyuk Britaniya 1925- yilda o’tkazilgan Lokarno konferensiyasi tashabbuskorlaridan biri edi. Bu konferensiya Germaniyani G’arb davlatlari bilan yarashtirishga xizmat qildi. Ayni paytda G’arb davlatlari Germaniyaning Yevropa Sharqidagi erkin harakatiga to’siq bo’luvchi kafolatlar tizimini yaratmadi.
1937- yilda hokimiyat tepasiga kelgan Konservatorlar partiyasi rahbari N. Chemberlen (1869-1940) o’zining 3 yillik bosh vazirlik faoliyati davomida Gitlerni “tinchlantirish” siyosatining tashabbuskori bo’lib maydonga chiqdi.
Shuning uchun ham Buyuk Britaniya Germaniyaning Avstriya, Chexoslovakiyani bosib olishiga amalda yordamlashdi. U bunday “kichik” yon berishlar bilan butun avlod uchun tinchlikni saqlab qolmoqdaman, deb qayta-qayta uqtirardi.
Biroq Germaniya birinchi navbatda Sovet davlatiga emas, G’arb davlatlariga qarshi urush boshlashi to’g’risidagi rejasi haqidagi
ma’lumotlar tez orada Buyuk Britaniyaga ma’lum bo’lib qoldi. Endi Buyuk Britaniya zo’r berib urushda tayyorlana boshladi. Harbiy xarajatlar

ikki baravar oshirildi.Bundan tashqari, Buyuk Britaniya harbiy doktrinani faqat o’zini emas, balki Fransiyani ham himoya qilishga mo’ljallab qayta tuzdi. 1939- yil 15- aprelda Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy etildi. Agar Germaniya Polshaga hujum qilsa, Buyuk Britaniya unga harbiy kuch bilan ham yordam beradigan bo’ldi. Bunday kafolatlar Gretsiya, Ruminiyaga ham berildi.


Moskva esa bu orada Buyuk Britaniyaning Germaniya bilan dunyoni o’z ta’sir doiralariga bo’lib olish to’g’rida yashirin muzokaralar olib Borayotganligi haqidagi ma’lumotlarni qo’lga kiritildi. Natijasida Sovet hukumati bunga javoban Germaniya bilan yaqinlashish yo’lini tutdi. Va 1939-yil 23- avgustda Germaniya bilan Sovet davlati o’rtasida o’zaro hujum qilmaslik to’g’risida shartnoma tuzildi.
Buyuk Britaniyaning mustamlakalarida milliy-ozodlik hech vaqt to’xtagan emas. Dominionlar esa o’z huquqlarining yanada kengaytirilishi uchun kurashganlar. Shuning uchun ham Buyuk Britaniya mustamlaka va dominionlarda juda katta qo’shin saqlashga majbur bo’ldi. 1930- yil aprel oyida Hindiston Milliy Kongressi hind xalqini yana fuqaroviy bo’ysunmaslikka chaqirdi (Birinchi bosqich 1919-1922 yillar). Bu narsa kuchli ommaviy namoyishni keltirib chiqardi. Ingliz ma’murlari bu namoyish rahbarlarini juda og’ir jazolarga mubtalo etdi.
1931- yilda Buyuk Britaniya o’z dominionlarining huquqlaridagi cheklashlarni bekor qilish haqidagi hujjatni joriy etishga majbur bo’ldi. Bu hujjat Buyuk Britaniya tarixiga “Vestminster nizomi” nomi bilan kirgan. Hujjat dominionlarning ichki va tashqi siyosatda to’la mustaqilligini e’lon qildi.
Endi dominionlar (Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya) qabul qilgan qarorlar Buyuk Britaniya parlamenti tomonidan tasdiqlanmaydigan bo’ldi. Shu tariqa shu vaqtgacha davom etgan qoida, ya’ni Buyuk Britaniya parlamentining dominionlarda qabul qilingan istalgan qonunni bekor qilish huquqi barham topdi. Biroq Buyuk Britaniya hukmron doiralari Hindistonga dominion huquqi berishga shoshilmadi. Ayni paytda hukumat dominionlarni mumkin qadar o’z ta’sir doirasida saqlashga harakat qildi.“Vestminster nizomi”ga ko’ra, dominionlar Buyuk Britaniya bilan birgalikda “Britaniya Millatlar Hamdo’stligi”ga birlashdilar. Bu hamdo’stlik hozirgi kunda ham mavjud. Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiya kabi sobiq dominionlarda hamon davlat boshlig’i Buyuk Britaniya qirolichasi tomonidan tayinlanadi.30- yillarda Irlandiya masalasi yana keskinlashdi. 1937 -yilda Janubiy Irlandiya Mustaqil davlat deb e’lon qilindi. Shimoliy Irlandiya esa imperiya tarkibida qolaverdi.

2.1 1924- yildan boshlab ko‘pgina kapitalistik mamlakatlarda, shu jumladan Angliya xalq xo‘jaligida ham qisman stabillashuv davri boshlandi. Lekin Angliyadagi stabillashuv juda bo‘sh va qisqa stabillashuv edi. Uning iqtisodiyoti asosan turg‘unlik holati bilan xarakterlandi. AQSH va hatto Fransiyadan ham ancha orqada qolib ketgan edi. Turg‘unlik holati ko‘proq metallurgiya, ko‘mir, to‘qimachilik va kemasozlik sanoatlarida ro‘y berdi. Hatto 1929- yilga kelganda ham Angliyaning sanoat mahsuloti


1913-yildagi darajaning 99,1% ini tashkil etdi. Ishsizlar 1 mln. kishidan ortiq edi, tashqi savdoda ham Angliya hissasi kamaya bordi, jahon bozori uchun kurashda AQSH va Yaponiyadan tashqari, tiklanib kelayotgan Germaniya ham Angliyaga raqobatchi bo‘lib qolmoqda edi. Angliya hukmron doiralari xo‘jalikdagi turg‘unlik holatidan chiqish va iqtisodiyotda barqaror stabillashuvga erishishga barcha choralar bilan urindilar. Bolduin Buyuk Britaniya sanoatini surunkali xastalik-ishsizlik va korxonalarning to‘la quvvat bilan ishlamasligidan xolos etmoqchi bo‘ldi. Shu maqsadda erkin tijoratni bekor qildi va milliy iqtisodiyotni himoya qilish maqsadida bir qator boj soliqlari joriy etdi. Ammo bu choralar foyda bermadi va ingliz iqtisodiyotidagi turg‘unlik 1929- yilgacha davom etdi. Buning ustiga Angliya 1923- yil oxiriga kelib yana iqtisodiy jihatdan boshi berk ko‘chaga kirib qoldi. Birorta ham partiya undan chiqish yo‘lini topa olmadi. Konservatorlarning boj siyosati ham ko‘pchilik siyosiy arboblar tomonidan rad etildi. Britaniya saylovchilari ham bu siyosatni rad etdilar va 1923 -yil dekabrida bo‘lib o‘tgan saylovlarda konservatorlar parlamentdagi nisbatan ko‘pchilik mavqeini boy berdilar. Liberal partiya endilikda muxolif partiya rolini bajara olmas edi. Ikki partiyali tizimda uning o‘rnini egallaydigan yangi kuch zarur edi. Qirol Georg Beshinchi 1923- yil
23- dekabrda Leyborist partiyasi rahbari Ramzey Makdonaldga Angliya tarixida birinchi marta leyboristlar hukumatini tuzishni topshirdi.

1924- yil yanvarida leyboristlar rahbari Ramzey Makdonald boshchiligida yangi, birinchi leyboristlar hukumati “ishchilar hukumati” tuzildi. Bu hukumat “ishchilar hukumati” deb atalgan bo‘lsada, haqiqatda hukmron burjuaziya manfaatini ko‘zlab siyosat yuritdi.


Leyboristlar hukumati ochiqdan-ochiq korxona egalarini yoqlab chiqdi, mustamlakachilik tarafdori bo‘lib ish ko‘rdi. “Ishchilar hukumati”ning siyosati amalda konservatorlar hukumatining siyosatidan farq qilmadi. Ishchilarning noroziligi kuchaya bordi. O‘ziga-o‘zi isnod keltirgan “ishchilar hukumati” 1924- yil oktabr oxiridayoq iste’fo berishga majbur bo‘ldi. 1924- yil 29- oktabrda yangi parlament saylovlarini o‘tkazdi.

Konservatorlar parlamentda 413 ta leyboristlar 151 ta va liberallar 40 ta deputatlik mandatiga ega bo‘ldilar. 1924- yil noyabr boshida Bolduin boshchiligida konservatorlar hukumati tuzildi va mamlakatni


1929- yilgacha boshqardi.
Iqtisodiyotdagi turg‘unlik hamon bosh muammo bo‘lib qolmoqda edi. Ishbilarmonlar va siyosiy arboblar qachonlardir jahon bozorida Britaniya hukumronligining asosi bo‘lgan, hamda Britaniya sanoatining yuksak foyda olishini ta’minlagan tijorat erkinligini tiklashni talab eta boshladilar. Ammo buning uchun, eng avvalo, ingliz valyutasining (funt sterling) oltin asosini yaratish lozim edi. Faqat shunday tadbirgina ingliz pul tizimining oldingi barqarorligini tiklashi mumkin edi. Ammo hukumat boshqa mamlakatlarning pul birliklariga nisbatan funtning qiymatini yuksak darajada belgilaganligi tufayli ingliz mahsulotlarining narxlari keskin oshib ketdi, natijada ingliz mahsulotlari raqobatga bardosh berolmaydigan bo‘lib qoldi. Bu esa turg‘unlikni yanada kuchaytirdi va ishsizlikni keskinlashtirdi.
Ingliz sanoatchilari ko‘pgina salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan eng so‘nggi choraga qo‘l urdilar-ishchilarning usiz ham past darajada bo‘lgan ish haqini qisqartirishga qaror qildilar. Bunga javoban Tred-yunionlar Bosh kengashi (ingliz kasaba uyushmalarining rahbar organi) barcha ishchilarni yalpi ish tashlashga chaqirdi. 1926- yil 4- mayda Angliyada ishchilarning yalpi ish tashlashi boshlandi. Sanoatning ish tashlagan sohalarida faoliyat tamomila to‘xtadi.

Ishchilar o‘z harakatlarini g‘alabaga qadar davom ettirishga rozi edilar. Ammo ularning yetakchilari - Leyboristlar partiyasi ijroiya qo‘mitasi va Tred-yunionlar Bosh kengashi kurash eng qizigan paytda 1926- yil


12- mayda uni to‘xtatishga qaror qildilar.
Ishchi tashkilotlarining rahbarlari ishchilarning mag‘lub bo‘lishidan ko‘ra, ularning g‘alaba qozonishidan ko‘proq qo‘rqardilar. Chunki bunday kurashning siyosiy nizoga aylanib ketishidan nihoyatda cho‘chirdilar. Kasaba uyushmalari rahbarlari Britaniya ijtimoiy-siyosiy tizimining tarkibiy qismiga aylangan va bu tizimni saqlash, Britaniya iqtisodiyotining barqarorligini ta’minlash borasida ko‘proq tashvishlanardilar.
Bolduin hukumati tomonidan 1925 yilda moliya reformasi o‘tkazilib qadrsizlanib ketgan pul (funt sterling)ning oltin standarti (banknotni oltinga tenglashtirish va oltinga almashtira olish) tiklandi.
Konservatorlar hukumati 1925 yil oktabrida Lokarno bitimlarini tuzishda, Germaniya agressiyasini Sharqqa qaratish uchun zamin hozirlashda faol

qatnashdi. Angliya “Daues plani”ga ko‘ra, Germaniya harbiy sanoatining tiklanishiga katta yordam qilib turdi va yangi “Yung plani”ni qabul qilishda ishtirok etdi.


Jahon bozori, xom ashyo manbalari va chetga kapital chiqarish obyektlari uchun kurashda, ayniqsa Angliya-Amerika ziddiyati keskinlashdi. Iqtisodiy va siyosiy jihatdan ancha rivojlangan Buyuk Britaniya dominionlari Kanada, Avstraliya va boshqalar o‘zlariga Angliya bilan teng iqtisodiy huquqlar berilishini talab qildilar. Ingliz burjuaziyasi yon berishga majbur bo‘ldi. 1926- yili imperiya konferensiyasida dominionlar Britaniya imperiyasi tarkibida qolgani holda ichki va tashqi siyosatda mustaqillikka erishdilar va Angliya bilan yuridik jihatdan tenglashdilar.
1931- yilda parlament akti (Vestministr statuti) bilan kuchga kiritildi va Britaniya mustamlaka imperiyasi “Britaniya millatlar hamkorligi” degan nom oldi.
2.2 Inqiroz Angliya iqtisodiyotini yanada orqaga surib yubordi. 1930- yildagi sanoat mahsuloti 1929- yildagi ko‘rsatkichning 92,4% ga, 1931- yilda 83,8% ga, 1932- yilda esa 82% ga tushib qoldi.
Ko‘mir, mashinasozlik, kemasozlik va boshqa ba’zi sanoat tarmoqlarining mahsuloti 40% ga kamayib, 1897- yildagi darajaga tushib qoldi. Angliyaning jahon savdosidagi roli ham pasaydi. Tashqi savdoning hajmi ikki hissa kamaydi. Angliyani an’anaviy bozorlardan siqib chiqarish jarayoni avj oldi. Inqiroz natijasida juda ko‘p mamlakatlar kasodga uchrab, Angliya mahsulotlarini rad etdilar. Bir vaqtning o‘zida xorijiy raqiblar Angliyani hatto uning ichki bozoridan ham siqib chiqarishga urindilar. Yevropa va AQShda ro‘y bergan moliyaviy inqiroz, Markaziy Yevropadagi banklarning kasodga uchrashi Angliya pulining qadrsizlanishiga olib keldi va uning oltin bilan ta’minlanishiga barham berdi.
Angliya iqtisodiyotining eng zaif joyi ishsizlik bo‘ldi. 1929-1933- yillardagi inqiroz ishsizlikning Angliya tarixida bo‘lmagan darajada o‘sishiga olib keldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1930- yilda barcha ishchilarning 17% i ishsiz edi, 1931- yilda ishsizlik darajasi 23% ga, 1932- yilda esa 25% ga o‘sdi. 1932- yilda har to‘rtinchi ishchi ishsiz edi. Iqtisodiy inqirozning boshlanishi leyboristlar partiyasining yana hukumat tepasiga kelish vaqtiga to‘g‘ri keldi. 1929- yil mayidagi parlament saylovlarida konservatorlar hukumatining ichki va tashqi siyosatidan norozi bo‘lgan ishchilar leyboristlarga ko‘p ovoz berdilar. 1929- yil iyunida R.Makdonald (1866-1937 y) boshchiligidagi leyboristlarning ikkinchi hukumati tuzildi.
R.Makdonald realist siyosatchi bo‘lib, Angliyaning sobiq buyukligini qaytarishni xomxayol deb hisoblardi. Biroq u Angliyani bostirib kelayotgan

halokatdan qutqarishga va mamlakatning jahondagi mavqeyini eng avvalo muvaffaqiyatli diplomatik kombinatsiyalar uyushtirish hamda Millatlar Ligasidan foydalanish yo‘li bilan saqlab qolishga urindi.


Biroq R.Makdonald boshchiligidagi ikkinchi leyboristlar hukumati qiyin ahvolda qoldi. Bir tomondan, ish berish va yashash sharoitlarini yaxshilashni talab qilgan mamlakat aholisiga berilgan va’dalarni bajarish, ikkinchi tomondan esa, davlat ijroiya hokimiyati vazifalarini bajarish va mamlakatni bosib kelayotgan iqtisodiy inqirozdan saqlab qolish lozim edi. Leyboristlar o‘z majburiyatlarini qisman bajardilar. Ko‘mir konlarida 7 soatlik ish kuni joriy etildi. 1930- yilda ishsizlik bo‘yicha sug‘urta to‘g‘risidagi yangi qonun qabul qilindi, ishsizlik bo‘yicha nafaqalar olish muddati 3 oydan 12 oygacha uzaytirildi. Ishsizlikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus vazirlik hamda ishsizlar uchun ish qidirish bo‘yicha maxsus qo‘mita tashkil qilindi. Bu choralar ishsizlarning ahvolini ma’lum darajada yaxshilashga xizmat qildi.

Biroq, umuman olganda, ikkinchi leyboristlar hukumati inqiroz og‘irligining katta qismini mamlakat mehnatkashlari yelkasiga yuklashga urindi. 1930- yil bahorida Angliyani yana sinfiy kurash to‘foni larzaga soldi. Butun mamlakat ishsizlarning harakatida ishtirok etdi. 1930- yil martdan aprelgacha ishsizlar va ochlarning ommaviy yurishi bo‘lib o‘tdi va u Londonga Gayd-parkdagi ulkan namoyish bilan yakunlandi. Angliyada vaziyat kundan-kunga keskinlashib borardi. Ishlab chiqarishda ommaviy ish tashlashlar boshlandi, tadbirkorlar bunga javoban ommaviy ishdan bo‘shatishlar bilan javob berdilar. Faqat to‘qimachilik sanoatida 250 ming ishchi, temir yo‘llar, junni qayta ishlash sanoatining yuz minglab ishchilari ishdan bo‘shatildi.


Leyboristlar hukumati moliyaviy inqirozdan qutulish uchun 1931- yildan ijtimoiy extiyojlarga oid xarajatlarni yanada qisqartirish va egri soliqlarni oshirishni mo‘ljalladi. Bu esa leyboristlar partiyasining o‘zida ham norozilik tug‘dirdi, natijada partiya inqirozi, ixtilof va ajralish ro‘y berdi. Leyboristlarning ikkinchi hukumati 1931- yil avgustida iste’fo berdi. Angliya hukmron doiralari yirik siyosiy nayranglarni amalga oshirishga ahd qildilar. 1931- yil avgustida R.Makdonald hukumati iste’foga chiqdi, biroq ertasi kuniyoq qirol Georg U (1865-1936, 1910-1936 yillarda hukmronlik qilgan) unga hamkorlik asosida konservatorlar ishtirokida yangi hukumat tashkil qilish vazifasini topshirdi. Hukumatdagi ko‘pchilik o‘rin konservatorlarga tegishli edi, biroq Bosh vazir kursisida Makdonald qoldirildi. Bu yangi siyosiy xiyla-nayrang bo‘lib, unda leyboristlar rahbarlik,

konservatorlar esa hukmronlik qilardilar.Yangi hukumat mehnatkashlarning ijtimoiy imtiyozlariga qarshi yoppasiga xujum boshladi. Ishsizlik bo‘yicha nafaqa 10% ga pasaytirildi. O‘ng leyboristlar, konservatorlar va liberallar bilan birlashib, Makdonald boshchiligidagi Reaksion “milliy hukumat” 1935 -yil yozigacha hokimiyat tepasida turdi.


Milliy koalitsiya hukumati Britaniya iqtisodiyotini oyoqqa turg‘izish bo‘yicha qizg‘in ishga kirishdi. 1931-1932- yillarda parlament Angliyaga olib kiriluvchi barcha turdagi mahsulotlarga narxining kamida 10% miqdorida bojxona solig‘i belgiladi. Angliya tarixda birinchi marta erkin savdo tamoyillariga qarshi borib, milliy iqtisodiyotni himoya qilish (proteksionizm) yo‘lini tutdi.
Angliya “Milliy hukumati” tashqi siyosatida AQSH va Fransiya hukumatlari bilan birgalikda Yaponiyaning Manchjuriyani bosib olishiga, Germaniyada hokimiyatning gitlerchilar qo‘liga o‘tishiga, urush o‘choqlari va tugunlarining paydo bo‘lishiga, urush olovining kuchayib borishiga yo‘l qo‘ydi va fashist agressorlarni rag‘batlantirdi. 1933 -yilda Angliya, Fransiya, Germaniya va Italiya o‘rtasida “To‘rtlar ahdnomasi” tuzildi va fashist agressorlar bilan til biriktirildi.
Ingliz mustamlakachilari o‘z mustamlakalarini, ayniqsa, Hindistonni tobora ko‘proq talashga zo‘r e’tibor berib keldilar. Ular Hindistonga chiqariladigan ingliz sanoat tovarlarining narxini pasaytirmaslikka, Hindiston qishloq xo‘jalik mahsulotlarini arzon bahoda olib turishga intildilar 1929-1923- yillarda ingliz sanoat tovarlarining narxi faqat 20-25% pasaygan bo‘lsa, Hindiston oziq-ovqat mahsulotlarining 2-3 baravar pasayib ketdi. Inqiroz yillarida Angliya kapitalining Hindistonga chiqarilishi 3 marta ko‘paydi, og‘ir shartlar bilan zayomlar berildi. Hind aholisi haddan tashqari talanib, Angliyaga ko‘plab oltinlar keltirildi. Shu bilan birga Angliya Hindiston milliy kuchlarining jipslashuviga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida hamda qonli terror va jazo-ta’qib siyosatini kuchaytirdi. Unga ko‘ra Germaniyaga Angliya harbiy-dengiz flotining 1|3 ga teng harbiy-dengiz floti tuzishga ruxsat etildi. Bunday flotni tuzib Germaniya butun Boltiq dengizida xo‘jayinga aylanardi. Angliya-Germaniya bitimi Versal bitimini buzardi, biroq buzg‘unchi bu safar Angliya bo‘lib, u Germaniyaning bunday buzg‘unchiliklariga qarshi norozilik bildirishga ma’naviy huquqni yo‘qotardi. Fashistlar tomonidan Reyn hududining bosib olinishini Angliya jim turib kuzatdi. Bu Germaniyaga qilingan tajovuzni davom ettirish haqida qilingan taklifdan boshqa narsa emasdi. Angliya Ispaniya respublikasi taqdirida ham salbiy rol o‘ynadi. 1936- yil avgustida Londonda Angliya hukumatining tashabbusi bilan Yevropa

mamlakatlari Ispaniyaga qurol-yarog‘ni eksport va tranzit qilishni taqiqlovchi Ispaniya ishlariga aralashmaslik to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. Bu taqiqning bajarilishini kuzatish va nazorat qilish uchun ingliz lord Plimut rahbarligida Aralashmaslik qo‘mitasi tuzildi. Bu qo‘mita fashist davlatlariga Ispaniya respublikasini yo‘q qilishga ko‘maklashdi. U Ispaniyada respublika uchun kurashayotgan respublikachi va demokratlar uchun qurol-yarog‘ va hatto oziq-ovqat keltirilishining yo‘lini to‘sdi va fashist isyonchilarini ta’minlash uchun barcha yo‘llarni ochib berdi. Politsiya va qo‘shinlar bilan to‘qnashuvlar bo‘lib, ularda yuzlab namoyishchilar o‘ldirildi. Mamlakatda kasaba uyushmalari harakati faollarining ishi bo‘yicha jarayon o‘tkazildi. Ularga juda og‘ir jazolar belgilandi ayrimlari umrbod katorga ishlariga, boshqalar esa 12 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Shunday qilib Angliya hukumati o‘z mustamlakalarini tark etish niyati yo‘qligini bildirdi.


Angliya hukmron doiralari dominionlardagi aholiga nisbatan bir qancha yon berishlarga majbur bo‘ldi. 1931- yilda Angliya parlamenti uning biror-bir qonuni dominionlarga ularning rasmiy roziligisiz tadbiq etilmasligini ko‘zda tutuvchi xujjatni qabul qildi. Dominionlar qabul qilgan qarorlar endi. Angliya parlamenti tomonidan tasdiqlanmasdi. Angliya parlamentining bu xujjati Vestministr nizomi nomini oldi. U Angliya parlamentining mustamlaka va dominionlarda qabul qilingan qonunlarni bekor qilish huquqiga barham berdi. Vestministr nizomi dominionlarning mustaqilligini jilovlovchi so‘nggi huquqiy cheklovlarni yo‘q qildi (Kanada, Yangi Zelandiya, Avstraliya). Shu bilan birga, Britaniya hukumati mustamlaka va dominionlarning Angliyaga qaramligini mustahkamlashga urindi. Ular Angliyaning sanoat ustaxonasi bo‘lib qolishlari lozim edi.
2.3
Iqtisodiy va siyosiy sohalarda ko‘rilgan tadbirlar hamda sanoatning rivojlantirilishi natijasida 1934- yildan boshlab umuman Angliya sanoat ishlab chiqarishi bir muncha o‘sdi va 1929- yildagi darajaga yetib undan bir oz oshdi. Bu esa aviatsiya ximiya va boshqa bir qator sanoat tarmoqlarining yuksalishi hisobiga bo‘ldi. Tashqi savdo aylanmasi ko‘paydi. Lekin mamlakat ilgarigi vaqtlardagidek, yangi iqtisodiy yuksalish davriga kirolmadi. Urush xavfiga qarshi, tinchlik uchun bo‘lgan umumdemokratik harakat sezilarli darajada rivojlana bordi. 1935-yilda “tinchlik plebissiti” o‘tkazildi. Ovoz berishda 11,5 million kishi qatnashdi. Plebissit ishtirokchilarining mutloq ko‘pchiligi kollektiv xavfsizlik uchun, qurolsizlanish va agressiv davlatlarga qarshi ta’sirli sanksiya qo‘llanish uchun ovoz berdi. Hukmron doiralar plebissit natijalarini hisobga olib,

hukumat tarkibini qaytadan tuzdilar.“Milliy hukumat”ning bosh ministri Makdonald 1935- yil iyunida iste’fo berdi va konservatorlar lideri Bolduin bosh ministr qilib tayinlandi. 1935 yil noyabrida navbatdagi parlament saylovida Bolduin boshliq konservatorlar xalq xo‘jaligini tiklash va rivojlantirish, kollektiv xavfsizlik siyosatini yuritish kabi va’dalar berish yo‘li bilan g‘alaba qildilar. Konservatorlar keng jamoatchilik oldida o‘z pozitsiyalarini mustahkamlash uchun 1937- yilga qadar milliy leyboristlar va milliy liberallar bilan bir blokda bo‘ldilar va Bolduin boshchiligida ikkinchi konservativ “Milliy hukumat” tuzdilar. 1937-1940- yillarda Nevil Chemberlen ushbu konservativ hukumat tepasida turdilar.


Bolduin va Chemberlen boshliq konservativ xukumatlari tashqi siyosatda leyboristlar partiyasining qo‘llab-quvvatlashi bilan Angliya-Germaniya, Angliya-Yaponiya ziddiyatlarini SSSR hisobiga bartaraf qilishga intildi. Boltiq dengizida Germaniyaning pozitsiyasini kuchaytirish maqsadida
1935- yil 18 iyunda Angliya Germaniya bilan dengiz bitimini tuzdi.
Angliya AQSH va Fransiya bilan birgalikda “aralashmaslik” siyosati niqobi ostida ish ko‘rib, fashist davlatlarning agressiyasini rag‘batlantirdi, 1935-1936- yillarda Italiyaning Xabashistonga qarshi, 1936-1939 -yillarda Germaniya va Italiyaning Ispaniyaga qarshi intervensiya qilishlariga va 1937- yilda Yaponiyaning Uzoq Sharqda Xitoyga qarshi urush ochishi uchun keng imkoniyat berdi. Angliya, AQSH va Fransiya g‘arbda mavjud holatni saqlab qolish. Fashizm agressiyasini Sharqqa-SSSRga qarshi qaratish uchun zo‘r berib urindilar. 1937- yil noyabrida Angliya hukumati lord Ralifaksni Germaniyaga yuborib, SSSRga qarshi Angliya, Germaniya Italiya va Fransiyadan iborat ittifoq tuzishni Gitlerga taklif qildi. Shu bilan birga Gitlerga Germaniyaning Dansigni, Avstriya va Chexoslovakiyani bosib olishga Angliyaning rozi ekanligini bildirdi. Angliyaning roziligi bilan Germaniya 1938- yil 12 -martida Avstriyani bosib oldi.
N.Chemberlen fashist agressor davlatlari bilan juda yaqinlashish natijasida konservatorlar partiyasida va hukumatda oppozitsiya vujudga keldi. Oppozitsiya tashqi siyosatda fashist agressorlariga qarshi, mamlakatning mudofaa qobiliyatini oshirish, ehtiyoj choralari ko‘rishni talab qildi. Oppozitsiya tashqi siyosat masalalari munosabatlari bilan vujudga kelgan edi. SSSRga qarshi kurash masalasida esa ularning hammasi bir maslakda edi. Oppozitsiya munosabati bilan hukumat tarkibida o‘zgarishlar bo‘lib turdi. 1937- yil mayida bosh ministr Bolduin o‘rniga Chemberlenning kelishi, 1938- yil fevralida tashqi ishlar ministri Iden o‘rniga Ralifaksning kelishi va hokazo.
Uch yil davomida N.Chemberlen Gitlerni ko‘p sonli yon berishlar yo‘li bilan

“tinchlantirish” siyosatining tashabbuskori va ijrochisi bo‘ldi. N.Chemberlenning siyosiy maqsadi to‘rt davlat-Angliya, Germaniya, Italiya va Fransiya o‘rtasida bitim tuzishdan iborat edi. Uning fikricha, bunday bitim Yevropaning qolgan qismiga hukmini o‘tkazuvchi ittifoqning tuzilishiga olib kelardi. Shu sababli N.Chemberlen hukumatining tashqi siyosati Germaniya bilan murosa yo‘llarini izlashdan iborat bo‘ldi. N.Chemberlen sharmandali Myunxen kelishuvining bosh mualliflaridan biri edi. Gitler o‘zining Chexoslovakiyani to‘liq yo‘q qilish rejalarini yashirmas va bu bilan Sudet viloyati faqat boshlanishi ekanini uqtirar edi. N.Chemberlen bunga qarshilik bildirmadi va Chexoslovakiya hukumatidan Gitlerning Sudet viloyatini berish to‘g‘risidagi talabini qondirishni talab qildi.Angliya hukumati, Chexoslovakiya hukumati bilan nemis fashistlari o‘rtasida vositachilik qilish uchun maxsus missiyani Rensimenni Pragaga yubordi. Chemberlenning o‘zi esa ikki marta 1938- yil 15 va 22- sentabrda) Germaniyada Gitler huzurida bo‘ldi.


1938- yil 29-30- sentabrda Germaniyaning Myunxen shahrida AQShning qo‘llab-quvvatlashi bilan to‘rt davlat-Germaniya, Angliya, Italiya va Fransiya hukumatlari rahbarlarining kengashi bo‘lib, sharmandali bitim tuzildi. Myunxen bitimi Chexoslovakiya xalqiga nisbatan o‘ta ketgan xoinlik va katta jinoyat edi.
Ko‘p o‘tmay Angliya hukumati Germaniya Sharqda Sovet Ittifoqiga qarshi emas, G‘arbda Angliya va Fransiyaga qarshi urush boshlashi mumkinligi to‘g‘risidagi ma’lumotni qo‘lga kiritdi. Bu ma’lumot 1937- yildayoq Gitlerning G‘arbda urush boshlash, avval Versal bitimi mualliflari va yirik mustamlakalar egalarini bir yoqli qilib, so‘ng Sharqqa yuz burish niyatida ekanidan dalolat berardi.Shuning uchun Angliya armiyasini qurollantirishga xarajatlar 1938- yildagiga nisbatan ikki baravar oshirildi. 1939- yil iyunida xarajatlar miqdori yana oshirildi. 1939- yil 15- aprelda Angliya tarixida birinchi marta tinch davrda umumiy harbiy majburiyat joriy qilindi. 1938- yil oxiriga kelib Angliya aviatsiyasi son jihatidan o‘sdi va sifat jihatidan Germaniya aviatsiyasidan ustun yangi samolyotlar bilan ta’minlandi.
1939- yil martida N.Chemberlen Polshaga harbiy kafolatlar berilishini ma’lum qildi. Xuddi shunday kafolatni Polshaga Fransiya ham berdi. Bu Germaniya Polshaga xujum qilgan taqdirda Angliya va Fransiya unga barcha, shu jumladan, harbiy vositalar bilan ham yordam ko‘rsatishini anglatardi. Shunday kafolatlar Gretsiya va Ruminiyaga ham berildi. Biroq, bu “kafolat”larga juda kam odam ishonardi. N.Chemberlen hanuz Germaniya bilan dunyoni bo‘lib olish va Sovet Ittifoqiga qarshi salib yurishiuyushtirish to‘g‘risida yaxshilikcha kelishish mumkinligiga ishonardi.
1939- yil martida Gitler Germaniyasi Chexoslovakiyaning hamma qismini bosib olgandan keyin Chemberlen hukumati tashqi siyosat va harbiy sohalarda ba’zi tadbirlarni ko‘rishga bir qancha mamlakatlarning ittifoqchisi bo‘lishga tayyor ekanligini bildirishga, harbiy xarajatlarni oshirishga, majburiy harbiy ta’limni joriy qilishga majbur bo‘ldi.
1939- yil bahorida Sovet hukumati kollektiv xavfsizlik sistemasi tuzishni hamda bu haqda muzokaralar boshlashni Angliya va Fransiya hukumatlariga taklif qildi. Mazkur hukumatlar bu taklifning xalqaro ta’sir kuchini va fashizmga yon berish siyosatidan mehnatkashlar ommasining noroziligi kuchayib borayotganligini hisobga olishga majbur bo‘ldilar. Oldin mart-iyulda diplomatik yo‘l bilan siyosiy muzokaralar so‘ngra avgustda Moskvada harbiy muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Ayni bir vaqtda Angliya va Fransiyaning ig‘vosi natijasida Polshaning o‘sha paytdagi reaksion hukumati SSSR bilan hech qanday bitim tuzmasligini va fashist agressiyasiga qarshi kurashda sovet qo‘shinlarining boshqa mamlakatlarga yordam qilishi uchun Polsha xududlaridan o‘tkazmasligini bildirdi. Muzokaralar natijasiz tugadi. Shundan so‘ng 1939-yil avgustida Germaniyaning taklifiga muvofiq Sovet Ittifoqi Germaniya bilan xujum qilishmaslik to‘g‘risida shartnoma tuzdi.
Keskinlashib borayotgan xalqaro ahvol Angliya, Fransiya va AQSH hukmron doiralari umid qilganidek rivojlanmadi. 1939- yil 1- sentabrda Fashistlar Germaniyasi Polshaga xujum qildi. Shundan keyin Angliya va Fransiya hukumatlari xalq ommasi oldida uzil-kesil sharmanda bo‘lmaslik uchun va Germaniya dunyoni qaytadan ta’sir doiralariga bo‘lish to‘g‘risida Angliya bilan kelishmay, Yevropa va jahonda o‘z hukmronligini o‘rnatish yo‘liga butunlay o‘tib ketganligi uchun 1939- yil 3- sentabrda Angliya va Fransiya, Germaniyaga urush e’lon qildilar.
Xulosa. Xulosa qilib aytganda Angiliya ikkinchi jahon urushi arafasida
Iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy muamollar girdobida edi.Hukumatdan
xalq ham rozi emas edi. Ikkinchi jahon urushini oldini olishi mumkun bo’lgan davlatlardan edi. Lekin bunday qilmadi uning o’rniga o’z manfatlarini ustun qo’ydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati :

  1. Kabirov. A. Jahon tarixi eng qadimgi davrlardan milodning

Asrigacha T.. ‘’O’qituvchi ‘’ 2001.
2.Salimov. T.U. Mahkamov. S. Jahon tarixi T..’’Sharq’’ 1999.
3.Farmonov.R. Sodiqov. O. Jahon tarixi T.. ‘’O’qituvchi’’2001.
4.Lafasov . M. Xoliqov. E. Qodirova. D. Jahon tarixi.
T.’’O’qituvchi’’ 2001.
5. Xidoyatov. G. Jahon tarixi. T..’’Sharq’’ 1999.
6. Xidoyatov. G. Jahon tarixi. T..’’Sharq’’ 2001.
7.Lafasov. M. Jahon tarixi. T .. ‘’Turon-Iqbol’’ 2005. 139-156 bet

-21-



Yüklə 37,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin