Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Ijtimoiy taraqqiyot. 
Og‘ir iqtisodiy va siyosiy inqiroz Ko­
reya hukmdorlarini mamlakatda islohotlar o‘tkazishga majbur 
qildi. Aholining ilg‘or qatlami ham hukumatni shunga un- 
dayotgan edi. Feodal m unosabatlarning to ‘siq b o ‘lishiga 
qaram asdan, m am lakatda m ahalliy bozorlar shakllandi, 
yarmarka va yirik savdo markazlari paydo bo‘ldi, Xitoy va 
Yaponiya bilan savdo aloqalari kengaydi.
Qirol Yonchjon (1725—1776) davrida mamlakatni rivoj- 
lantirish maqsadida islohot o ‘tkazildi. To‘g‘onlar, suv om- 
borlari qurildi, ocharchilik holati uchun maxsus don omborlari 
tashkil qilindi. Shuningdek, guruchdan spirtli ichimliklar 
tayyorlash man qilindi va ba’zi bir davlat soliqlari bekor qilindi
128


yoki kamaytirildi. So‘roq qilish paytida qiynoqning eng og‘ir 
turlari (oyoqlarni sindirish) ta ’qiqlandi. Qirol Yonchjon dav- 
rida dehqonlarning katta yer egalariga shaxsiy qaramligini 
bekor qilish va qul ayolning nevarasi ozod inson boMishi ha- 
qida deklaratsiya e’lon qilindi. Zaiflashayotgan feodal tuzumni 
mustahkamlashga bo ‘lgan bu urinishlar 1785-yilda tuzilgan 
«Qonunlarning buyuk to ‘plami» deb nomlangan hujjatda o‘z 
ifodasini topdi. Biroq, katta yer egalari va amaldorlar hukm- 
ronligini mustahkamlash maqsadida qilingan bu kabi qisman 
yon berishlar, mamlakatdagi butun feodal tuzumining chuqur 
inqirozini to ‘xtata olmadi. M am lakat Xitoy, Yaponiya, 
Rossiya, AQSH va Yevropa davlatlarining mustamlakachilik 
obyektiga aylanib bordi.
XIX asrning 30—60-yillarida Koreya. 
XIX asrning 30- 
yillaridan koreys jamiyatining barcha tizimlaridagi inqiroz 
yanada keskinlashdi. Ichki siyosiy ziddiyatlar tufayli zaiflashgan 
Li sulolasi tanazzulga yuz tutdi. Ana shunday paytda mam- 
lakatga Koreyani chet davlat uchun ochish va uni mustamla- 
kaga aylantirishga intilayotgan kapitalistik davlatlar xavf so- 
layotgan edi. Bu xavf dastlab yevropalik xristian missioner- 
larining faolligi oshganligi bilan ifodalandi. 1831-yili Rim 
papasi Koreya yepiskopligi tuzilganligini e’lon qildi. 1832- 
yili Koreya qirg‘oqlari yaqinida paydo bo‘lgan kema Buyuk 
Britaniya nomidan savdo munosabatlari o ‘rnatishni taklif 
qildi, lekin rad javobini oldi. Bu orada xristian cherkovi mis- 
sionerlari vakillari Koreyaga yashirin kirib kelib, o‘z faoliyat- 
larini olib borayotgan edilar. Ular, asosan, fransuz missionerlari 
edi. Bu missionerlarning xristian dinini qabul qilgan koreyslar 
bilan birga qatl etilishi Koreyaga fransuz harbiy kemalari 
yuborilishi uchun bahona bo‘ldi. Harbiy kuchlarga tayangan 
fransuzlar missionerlarning o‘limi uchun tovon sifatida Koreya 
portlarining ochilishini talab qildi. Biroq tashrif muvaffa- 
qiyatsiz bo ‘ldi — ikkita kema Koreya qirg‘oqlari yaqinida 
sayozlikka o‘tirib qoldi.
Xitoyning chet davlatlar uchun zo‘ravonlik bilan «ochilishi» 
va manchjurlarning G ‘arbning qudratli davlatlariga taslim 
b o ‘lishi Koreyaning hukmron doiralariga juda katta ta ’sir 
ko‘rsatdi. Seullik hukmdorlar mamlakatni tashqi dunyodan 
yana ham qattiqroq va yana ham toMaroq ajratib qo‘yish 
yo‘liga o‘tdilar.
9 - J a h o n t a r i x i
129


XIX asrning o ‘rtalarida Koreyadagi ichki vaziyat xalq 
g‘azabining oshib borishi bilan xarakterlanadi. Missioner- 
lardan biri o ‘z yashirin xabarida: «Kichik bir uchqun shunday 
yong‘in keltirib chiqarishi m umkinki, uning oqibatlarini 
hatto hisobga olib ham bo ‘lmaydi», deya yozgandi. 60-yillar- 
ning boshidagi ocharchilik ahvolni yanada og‘irlashtirib 
yubordi. Dehqonlarning ko‘plab 
qo‘zg‘olonlari ko‘tarildi, 
biroq ularning hammasi hukumat tom onidan shafqatsizlik 
bilan bostirildi.
Bu orada kapitalistik davlatlarning Koreyaga bosimi ham 
kuchaydi. Ayniqsa, amerikaliklar bir necha bor Koreya port- 
larini o‘zlari uchun «ochishga» va teng boMmagan shartnomalar 
tuzishga urinib ko‘rdilar. Lekin ularning barcha urinishlari 
koreyslarning qattiq qarshiligiga uchradi va amalga oshmadi.
Biroq Koreya hukmron tabaqalarining zamon talablariga 
mos iqtisodiy islohotlarni o ‘tkazmaganligi mamlakatni tashqi 
dunyodan ajratib qo‘yganligi Koreya iqtisodiyotining nochor 
ahvolda qolaverishiga sabab bo ‘ldi. Bu esa oxir-oqibat Ko- 
reyaning Yaponiya mustamlakasiga aylanib qolishiga olib 
keldi.
Buning qanday ro‘y berganligini Siz IX sinfda bilib olasiz.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin