Jahon tarixi


—1598-yillardagi Yaponiya tajovuzi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə109/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

1592—1598-yillardagi Yaponiya tajovuzi. 
XVI asrda mar- 
kazlashgan mamlakatning asta-sekin zaiflashib borayotganligi 
shimoliy va janubiy chegaralardagi qo‘shnilarning tajovuzlariga 
sabab b o ‘ldi. Ayniqsa, janubda Yaponiya tom onidan xavf 
kuchaydi.
1592-yilda Yaponiya qo‘shini Koreya hududiga bostirib 
kirdi va koreys qo‘shinlari qarshiligini yengib, dastlab Seulni, 
keyinroq esa Pxenyanni egalladi. Mamlakatning katta qismi 
yapon qo‘shinlari tomonidan bosib olindi. Ular tinch aholiga 
nisbatan shafqatsiz munosabatda boMdilar. Bu vahshiyliklarga 
Yaponiyaning Kioto shahridagi «quloqlar qabristoni» isbot 
bo‘la oladi. Unga oddirilgan koreyslardan kesib olingan 30 
mingta quloq va burun ko‘milgan.
M am lakatda yapon bosqinchilariga qarshi xalq urushi 
boshlandi. Bosib olingan hududlarda «Haq ish uchun» xalq 
partizan guruhlari tuzildi. Xalq qo‘shinlarining harakatlariga 
Li Sun Sin qo‘mondonligi ostidagi koreys flotining g‘alabalari 
dalda bo‘ldi. 1592-yilning yozida Li Sun Sin floti yapon flotini 
tor-m or qildi.
Shu yilning oxirida 50 minglik Xitoy qo‘shinining yor- 
damga kelganligi koreyslarning yaponlarga qarshi kurashini 
yengillashtirdi. 1593-yilda Xitoy va Koreyaning birlashgan 
qo‘shinlari Pxenyan va Seulni ozod qildilar.
Biroq, 1597-yilning boshlarida yaponlarning yangi hujumi 
boshlandi. Koreya endi urushga ancha yaxshi tayyorlangandi. 
Koreyslar quruqlikda ham, dengizda ham g‘alabalarga erishdi.
Yaponlar bosqini mamlakatda ulkan ma’naviy va moddiy 
yo‘qotishlarga olib keldi. Ko‘pgina hududlarda faqat vayron 
qilingan shahar va qishloqlarning qoldiqlarigina qolgandi, 
xolos. Urush yillarida Koreya poytaxtining aholisi ikki barobar 
kamaydi. Vayron qilingan saroylarni qayta qurish uchun 
poytaxtga ko‘p minglab dehqonlar quvib kelindi. Haydaladigan 
yer maydonlari keskin qisqarib ketdi. Amaldorlar orasida 
poraxo‘rlik va jinoyatchilik, xalq orasida esa ocharchilik va 
vabo avjiga chiqdi. Mamlakat o‘zini tiklayotgan bir paytda 
unga manchjurlarning hujumi boshlandi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin