Jahon tarixi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

0 ‘zingizni sinang:
♦ 1757-yilda ... . 
♦ Afyun urushlari — b u ..........
♦ 1850-yilda ... . 
♦ Samoviy m o'l-ko'lchilik davlati — ... .
Afyun (yunoncha abiyun) — mudratuvchi, uxlatuvchi
s o ‘zidan kelib chiqqan b o ‘lib, kuchli giyohvand moddaga
aytiladi.
Savol va topshiriqlar 1
 2
 3
 4
1. Xitoy qay tariqa buyuk davlatlar asoratiga tushib bordi?
2. «Yopiq eshiklar» siyosatidan k o ‘zlangan maqsad nima edi va и
qanday oqibatlatga olib keldi?
3. Xitoyni chetel kapitali uchun ochishda afyun urushlari qanday rol
o ‘ynadi?
4. Taypinlar q o ‘z g ‘oloni va uning m a g ‘lubiyati sabablari haqida
nimalarni bilib oldingiz?
Mustaqil ish
«XIX asming 70-yillarigacha bo‘lgan davrdagi H indiston va Xitoy 
tarixidagi o'xshash va o ‘ziga xos jihatlar» jadvalini tuzing.
33-§. XIX asrning 70-yillarigacha bo‘lgan
davrda Yaponiya
Yaponiyaning kuch bilan «ochilishi». 
XVI asrdayoq 
Yaponiyada xristian dinining tarqalishi taqiqlangan edi. 
Hukmdorlar xristian dini yapon xalqi milliy an’analarini
1 2 2


buzuvchi, xristian missionerlarini bosqinchilarning dastlabki 
gurahi deb hisoblaganlar. Shu tufayli XVII asrda Yaponiya 
hukmdorlari mamlakatni chetelliklar uchun yopib qo‘ydilar 
va mamlakatdagi barcha yevropaliklarni quvib yubordilar.
Syogun farmonida bunday deyilgan edi: «Shu davrdan 
boshlab Yaponiyaga chetellardan hech kim, hatto elchilar ham 
kiritilmaydi. Hatto o‘lim xavfi ham bu farmonni bekor qila 
olmasligi lozim».
Syogun deb kimga aytilganligi va lining hokimiyati qay
tariqa о ‘matilganligini eslang.
Shu tariqa yillar ketidan yillar o‘taverdi. Va nihoyat, 1854- 
yilda AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur 
etdi. Shu yili AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida «Tinchlik va 
do‘stlik to ‘g‘risida» shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Yapo­
niya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini qabul 
qildi. AQSHdan so‘ng Yaponiyada Yevropa davlatlari ham 
birin-ketin kirib kela boshladilar. Ularning maqsadlari Yapo­
niya bozorlarini egallash edi.
1858-yilda amerikaliklarga yana bir nechta port ochib 
qo‘yildi. Yaponiyadagi AQSH fuqarolariga eksterritoriallik 
huquqi berildi. Ayni paytda AQSH tovarlariga juda past boj 
to ‘lovlari belgilandi. Tez orada xuddi shu mazmundagi shart- 
nomalar Yevropa davlatlari bilan ham imzolandi. Aslida bu 
shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi teng bolmagan shart- 
nomalar edi. Harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon bermas- 
likning iloji yo‘q edi. Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va 
iqtisodiy yopiqlik davri tugadi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin