kirib kelishi kuchaydi. Ularning faol harakatlari Xitoy hu-
kumatini xavotirga solib qo‘ydi. Chetelliklarning mamlakatga
ko‘plab kirib kelishining oldini olish maqsadida imperator
1757-yilda Xitoy bandargohlarini tashqi savdo uchun yopiq
deb e’lon qildi. Shu tariqa Xitoyni tashqi dunyodan ajratib
qo‘yish siyosati boshlandi.
Tashqi savdo imperator amaldorlari nazorati ostida faqat
Guanjou porti orqaligina olib boriladigan bo‘ldi. Xitoyning
o‘zini-o‘zi yakkalab qo‘yish siyosati feodal tartiblarining saq-
lanishiga xizmat qildi. Uning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy
rivojlanishiga katta zarar yetkazdi. Imperator ma’murlari fan
va texnika sohasida boshqa xalqlarning yutuqlarini rad etdilar.
Mamlakat qoloqlik botqog‘iga botib qoldi.
Shunday bir sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Xitoyni
o‘z savdogarlari uchun ochishga butun choralar bilan urindi.
Sin imperatorining qaysarligini sindirish uchun unga bir
bahona kerak edi.
Dostları ilə paylaş: