Koreys hukumati Kanxva oroliga ко‘chib o ‘tdi va u yerdan
turib bosqinchilar bilan muzokaralar olib bordi. Ikki tomon
o ‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasiga ko‘ra Koreya
Xitoyning yordamidan va u bilan ittifoqchilik munosabat-
laridan voz kechishi kerak edi.
Ammo 1636-yilda manchjur qo‘shinlari Koreyaga yangi
hujum boshladi. Manchjurlar Seulni egallashga muvaffaq bo ‘l-
dilar. Noiloj qolgan Koreya taslim bo‘ldi. 1637-yildagi yangi
shartnomaga ko‘ra Koreya qiroli o ‘zini manchjurlarning vas-
sali deb tan oldi. Koreys hukumati Minlar sulolasi bilan har
qanday munosabatlarni to ‘xtatish va manchjurlarga qo‘shin,
qurol-aslaha, kemalar bilan Xitoyga qarshi boMajak urushda
yordam berish, har yili oltin, kumush, guruch, ipak, matolar
va qog‘oz bilan o‘lpon to ‘lab turish majburiyatini oldi.
Chet davlatlarning hujumi qirolni Koreyani chet mam-
lakatlar uchun yopiq deb e’lon qilishga majbur etdi. Chet-
elliklar bilan har qanday aloqa uchun o‘lim jazosi belgilandi.
Bu ta ’qiqni buzgan chetellik fuqarolarni ham shunday qismat
kutardi.
Manchjurlar bosqini natijasida, hali yaponlarning bos-
qinidan o ‘ziga kela olmagan Koreya yangi qiyinchiliklarga
duchor bo‘ldi. Ko‘pgina shahar va qishloqlar talangan hamda
vayron qilingan, ularning aholisi esa qullikka haydab ketilgan
edi. Qishloq xo‘jaligi va hunarmandchilikka katta zarar yetka-
zildi. Manchjurlarga toManadigan ulkan o ‘lpon xonavayron
aholiga og‘ir yuk bo‘ldi. Bularning barchasi ishlab chiqaruvchi
kuchlarning vayron boMishiga olib keldi va Koreyaning busiz
ham og‘ir iqtisodiy holatini yanada chuqurlashtirdi.
Dostları ilə paylaş: