Jahon tarixi


Sharq masalasining keskinlashuvi



Yüklə 3,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/137
tarix26.09.2023
ölçüsü3,83 Mb.
#148709
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   137
8-sinf Jahon tarixi [uzsmart.uz]

Sharq masalasining keskinlashuvi. 
Yevropaning taraqqiy et- 
gan mamlakatlarida kapitalistik ishlab chiqarishning rivojla- 
nishi yangi-yangi xomashyo oMkalariga bo‘lgan talabni yanada 
oshirib yubordi. Bu hodisa ularning Turkiya mustamlakalari 
uchun kurashini yanada kuchaytirdi. Imperiya xalqlarining 
milliy-ozodlik kurashidan Yevropa davlatlari Turkiya ichki 
ishlariga aralashish quroli sifatida foydalandilar. Chunonchi, 
1827-yilda Londonda Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya 
o‘rtasida Turkiyaga qaram Gretsiyaga muxtoriyat huquqi beri- 
lishini ko‘zda tutuvchi bitim imzolandi.
Fransiya esa 1830-yilda Jazoirni bosib oldi. Sulton huku- 
matining bunday ketma-ket muvaffaqiyatsizligi rasman Tur­
kiyaga qaram M isr hukm dori M uham m ad Alining bosh 
ko‘tarishiga sabab bo‘ldi.
131


U 1832-yilda sulton qo‘shinini tor-m or etgach, Istanbul 
shahriga yo‘l ochildi. Sultonni halokatdan Rossiya saqlab qoldi. 
Oxirgi maqsadi — birinchidan, Qora dengiz bo ‘g‘ozlari va 
Istanbul shahrini qo‘lga kiritish bo‘lgan Rossiya uchun kuchli 
Muhammad Alidan kuchsiz sulton hokimiyati m a’qul edi. 
Ikkinchidan, Muhammad Alining g‘alabasi uni qo‘llab-quv- 
vatlayotgan Fransiyaning ham g‘alabasiga teng edi. Bunga 
yo‘l qo‘yishni istamagan Rossiya Turkiya sultoniga o‘z yorda- 
mini taklif qildi.
Rossiya flotining tazyiqi bilan Muhammad Ali o ‘z qo‘shi- 
nini Misrga qaytarib olib ketdi. Endi Rossiya — Turkiya o‘rta- 
sida yaqinlashuv yuz bera boshladi.
Buyuk Britaniya va Fransiya tabiiyki, bunga toqat qila 
olmas edi. Endi ular M uhammad Alini qoTlab-quwatlay 
boshladilar.
M uham m ad Ali sultondan o ‘z qo‘1 ostidagi hududlarni 
boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini talab qildi.
Bu talab yangi urush boshlanishiga bahona bo‘ldi. Urush 
yakuniga ko‘ra, 1840-yilda Muhammad Ali Misr va Sudanni 
boshqarishni meros qilib qoldirish huquqini qo‘lga kiritdi.

Yüklə 3,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   137




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin